Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 5 sinf “Vatan tuyg’usi ” darsligi
2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo’r, daftar , ruchka
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II .O’tilgan mavzuni takrorlash
III. Yangi mavzuning bayoni
Aziz o'quvchi, keling, endi ona diyorimiz — O'zbekiston haqida suhbat quraylik. Bu o'ta maroqli suhbat-sayohatdir. Chunki Vatangasayohat odamning o'z tarixi, o'zligiga sayohat kabi juda qiziqarlidir.O'zbekiston dunyodagi eng qadimiy va betakror o'lkalardan biridir.Uni umrida bir bor ko'rish orzusida yurganlar qancha. Biz esa bu betakror zamin bag'rida yashaymiz, uning musaflfo havosidan, zilol
suvidan, beqiyos ne'matlaridan bahramand bo'lamiz. Bunday baxt hammaga ham nasib etmaydi.
O'zbekistonimizning qaysi mintaqada joylashganini bilasizmi? Mintaqa arabcha so'z bo'Ub, yo'nalish, chegara, hudud degan ma'nolarni anglatadi. Bu so'zni keng va tor ma'nolarda ishlatish mumkin.
U keng ma'noda bir necha mamlakatni qamrab oladigan hududni anglatadi. Masalan, Markaziy Osiyo mintaqasi deganda so'zning keng ma'nosi tushuniladi. Chunki Markaziy Osiyo hududi bir qancha dav-
latlarni o'z ichiga oladi. Tor ma'noda esa bu so'z ma'lum bir mamlakat ichidagi bir necha viloyatlarni anglatadi. Masalan, «Mamlakatimizning janubiy mintaqalaridabahorgiish^arboshlabyuborildi»degan mazmundagi gaplarni televizor va rSciiodan ko'p eshitgan bo'lsangiz kerak. Qani, ayting-chi, mamlakatimizning janubiy mintaqalari deganda qaysi viloyatlarni tushunamiz?Kimdir bizdan Vatanimiz haqida so'rab qolgudek bo'lsa, dastlab mana bu ma'lumotlarni tilga oUshimiz zarur.O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rta va shimoliy qismida joylashgan mamlakat. U shimoli-sharqda Qirg'iziston,shimolvashimoU-g'arbdaQozog'istonbilan,janubi-g'arbdaTurkmaniston,janubi-sharqda Tojikiston bilan, janubda qisman Afg'oniston biIan chegaradosh. Umumiy maydoni 447 ming 400 kvadrat kilometr. Maydonining beshdan to'rt qismi tekislik, oz qismi tog',adir, tog' yonbag'irlaridan iborat. O'zbekiston hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari — Amudaryo va Sirdaryo oqibo'tadi. Mamlakatiinizning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tiyon-shon, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog'lari bor. Bu tog'lar orasida Farg'ona, Zarafshon, Kitob — Shahrisabz, Surxon
— Sherobod, Chirchiq — Ohangaron kabi katta vodiylar joylashgan. Aholining asosiy qismi ana shu vodiylarda yashaydi.Siz yurtimiz tasviri tushirilgan xaritaga diqqat bilan qarab ko'rganmisiz? Keling, unga birgalikda nazar tashlaylik. Mana, unda har bir viloyat alohida ajralib turibdi. Har bir mintaqa va viloyat o'zining betakror tabiati, odamlari, shahar va qishloqlariga ega. Prezident Islom Karimovning «Vatanimizdagi har bir viloyat, tuman, har qaysi shahar-qishloq — barchasining o'ziga xos qiyofasi, fayz-u tarovati bor»1 degan so'zlari ana shu haqiqatni nazarda tutib aytilgan.Chindan ham, bizning diyorimiz shunchalar rang-barang, shunchalar betakrorki, O'zbekiston deganda, ko'z o'ngimizda Farg'onavodiysining so'lim shahar va qishloqlari, Samarqand, Buxoro va Xivaning ko'hna. me'moriy obidalari, Qoraqalpog'iston zaminidagi qadimiy qal'a-qo'rg'onlar, Ustyurt kengliklari, Toshkentning go'zal va azim qiyofasi, Qashqadaryoning bepoyon qirlari, Surxon tog'lari, har bir mintaqa va viloyat xalqining o'ziga xos fe'1-atvori va udumlari namoyon bo'ladi. O'zbekistonni bir ko'rgan odam, hech shubhasiz, uni sevib qoladi. Yurtimizga ming-minglab sayyohlar tashrif buyuradi va ularning ar-
chasi bu tarovatli, serquypsh zamin ularni o'ziga maftun etgani haqida to'lqinlanib, hayajonlanib so'zlashadi. Hassos shoirimiz Hamid Olimjon «O'zbekiston» she'rida o'lkamizning beqiyos go'zalhgini, uning tabiatini shunday tasvirlab bergan:
Chiroylidir — go'yo yosh kelin,
Ikki daryo yuvar kokilin.
Qorli tog'lar turar boshida,
Gul vodiylar yashnar qoshida.
Chor atrofga yoyganda gilam,
Aslo yo'qdir bundayin ko'klam.
Tog'lardagi qip-qizil lola
Bo'lib go'yo yoqut piyola
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko'zidan qochadi uyqu...
Siz «O'zbekiston — boy mamlakat», «O'zbekiston — ulkan imkoniyatlar mamlakati», «O'zbekiston — kelajagi buyuk davlat» degan ta'riflarni ko'p eshitgansiz. Bu so'zlar bejiz aytilmagan. O'zbekiston,
haqiqatan ham, har tomonlama boy, obod va turli noz-u ne'matlargakon o'lka.Avvalgi suhbatlarimizdan yaxshi bilasizki, har qanday mamlakatning milliy boyligi ikki xil bo'ladi. Birinchisi — moddiy boyliklar,
ikkinchisi — ma'naviy boyliklar. Moddiy boyliklar o'z navbatida yana ikki xilga — yer osti va yer usti boyliklariga bo'linadi. Yer osti boyliklariga zamin qa'rida yotgan turli foydali qazilmalar kiradi. Yer usti boyliklariga esa inshootlar, korxonalar, tog'lar va o'rmonlar, daryolar,yaylovlar, shahar va qishloqlar kabi moddiy qadriyatlar kiradi. Bularni bilib oling. O'zbekistonda foydali qazilmalar va mineral xomashyo zaxiralari juda serob. U oltin zaxirasi bo'yicha dunyoda to'rtinchi, uni qazib olish bo'yicha esa yettinchi o'rinda turadi. Shuningdek, mamlakatimiz uran zaxiralarining miqdori bo'yicha ham yetakchi o'rinni egallaydi. Bu yerda neft va gaz resurslari ham ko'p. Yurtimizda, shuningdek, mis, ku-
mush, litiy, fosfor, kaliy kabi mineral qazilmalarning ham boy zaxirasi mavjud. Bundan tashqari, Vatanimiz hududi ko'mir zaxiralariga ham boy. Mamlakatimizda 20 ta marmar koni, 15 ta granit va qimmatbaho toshlar koni aniqlangan.Ulardagi toshlar rang-barang va noyobdir
Dostları ilə paylaş: |