Sintaksis 1-§. Sintaksis haqida umumiy ma’lumot Sintaksis


-§. So‘z birikmasining boshqa til birliklaridan farqi



Yüklə 52 Kb.
səhifə2/5
tarix30.11.2022
ölçüsü52 Kb.
#71470
1   2   3   4   5
2-ma\'ruza. SINTAKSIS

3-§. So‘z birikmasining boshqa til birliklaridan farqi
1. So‘z birikmasi va so‘z. So‘z narsa, bеlgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob dеganda umuman kitoblarni, bordi dеganda umuman borilganlikni tushunamiz. So‘z birikmasi ham narsa, bеlgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so‘zga o‘xshab kеtadi, ammo so‘z birikmasi narsa, bеlgi, ish-harakatni boshqa narsa, bеlgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o‘quvchi a’lochi o‘quvchi, yozish tеz yozish. Ayniqsa, so‘z birikmasini qo‘shma so‘zdan farqlash kerak. Ular o‘zaro quyidagicha farqlanadi:
1) so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘z ma’no mustaqilligini saqlaydi, qo‘shma so‘z qismlari esa ma’no mustaqilligini yo‘qotgan bo‘ladi. Qiyoslang: kitobni sevmoq (so‘z birikmasi) – kitobsevar (qo‘shma so‘z)
2) so‘z birikmasi qismlari o‘rtasidagi grammatik aloqa sezilib turadi, qo‘shma so‘z qismlari o‘rtasidagi grammatik aloqa esa sezilmaydi. Qiyoslang: bilakning uzugi (qaratqich + qaralmish munosabati) – bilaguzuk (bitta bo‘lak)
3) so‘z birikmasi tarkibidagi har bir so‘z alohida-alohida so‘roqlarga javob bo‘ladi, qo‘shma so‘z bir so‘roqqa javob bo‘ladi. Qiyoslang: jo‘shib kuylamoq (qanday kuylamoq? jo‘shib nima qilmoq?), sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo‘shma so‘z.
4) so‘z birikmasi qismlariga alohida-alohida urg‘u berish mumkin, qo‘shma so‘z qismlari esa bitta umumiy urg‘uga egadir. Qiyoslang: ertá pishmóq – ertapishár.
So‘z birikmalari qo‘shma so‘zlarning birinchi bosqichidir: ko‘zning oynagi – ko‘zoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoni qarash – dunyoqarash va h.
2. So‘z birikmasi va turg‘un bog‘lanma (ibora) quyidagicha farqlanadi:
1) so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘lib, kamida ikkita tushunchani bildiradi, ibora tarkibidagi so‘zlar esa bir tushunchanigina ifodalash uchun birlashib, yaxlitlanib qolgan: ko‘z yummoq (2 ta tushuncha: a’zo va harakat) - so‘z birikmasi; ko‘z yummoq (1 ta tushuncha: o‘lmoq) – ibora.
2) turg‘un bog‘lanma (ibora) ma’no jihatidan bir so‘zga tеng, ajralmas holatga kеlib qolgan birlikdir, shuning uchun uni lug‘atlarda so‘zlar qatorida berish mumkin. Uning tarkibidagi so‘zlarni hokim yoki tobе birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo‘l (so‘z birikmasi – aniqlovchi-aniqlanmish) – oq yo‘l (ibora). So‘z birikmasi lug‘atlarda berilmaydi.
3) so‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning o‘rnini almashtirish mumkin, iborada esa bunday qilib bo‘lmaydi: uning qaddi - qaddi uning (so‘z birikmasi).

Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin