ANIQLOVCHI VA UNING IFODALANISHI. Ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasida kelgan predmetni bildiruvchi so‘zlarga bog‘lanib, uning belgisini bildirgan bo‘lak aniqlovchi hisoblanadi. Masalan, Shakar qovunlarning mayin hidlari sabo bilan tarqalar sekin gapida nima tarqaladi? so‘rog‘iga shakar qovunlarning mayin hidlari birikmasi javob bo‘ladi. Demak, bu birikmaning hammasi yaxlit holda birikmali ega vazifasida keladi. Birikmali ega, o‘z nav-batida, aniqlovchi va aniqlanmish qismlariga bo‘linadi: shakar qovunlarning (qaratqich aniqlovchi) mayin hidlari (aniqlanmish). Qaratqich aniqlovchi ham, aniqlanmish ham birikmali bo‘lib, ular sifatlovchi va sifatlanmishlardan tashkil topgan. Shakar (sifatlovchi) qovunlarning (sifatlanmish), mayin (sifatlovchi) hidlari (sifat-lanmish).
Aniqlovchilar sifat, olmosh va sifatdoshlar bilan ifodalanadi. Aniqlovchilar predmetning qanday belgisini ifodalashiga ko‘ra uch turli bo‘ladi: a) sifatlovchi aniqlovchilar; b) qaratqich aniqlovchilar; d) izohlovchi aniqlovchilar. Sifatlovchi aniqlovchi Predmetning belgisini (ta’m-maza, xil-xususiyat, miqdor, tartib, o‘rin-paytga munosabat) bildirgan aniqlovchilarga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi.
Sifatlovchi aniqlovchilar qanday? qanaqa? qancha? nechta? qaysi? qanaqa? qayerdagi? nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan, qizil (qanday?) olma, uchta (nechta?) olma, ana bu (qaysi?) olma, adirdagi (qayerdagi?) olma, kechagi (qachongi?) olma, uchinchi (nechanchi) sinf kabi. Sifatlovchi aniqlovchi sifatlovchi, aniqlanayotgan predmet esa sifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va sifatlanmish munosabati sifatlovchili birikma sanaladi.
Qaratqich aniqlovchi Bir predmetning boshqa predmetga qarashlilik belgisini bildirgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Mirzacho‘lning shamoli. O‘rik guli kabi.Qaratqich aniqlovchi qaratqich, qaratqich aniqlovchi bog‘langan bo‘lak esa qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish munosabati qaratqichli birikma hisoblanadi.
Qaratqich bilan qaralmish o‘zaro shaxs-sonda moslashadi. Masa-lan: Mening daftarim, sening daftaring, uning daftari.