Sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalarning turlari va xususiyalari:
1) So'z shakl. Bir so'zning boshqa so'zga bog'lanishini ko'rsatadi, grammatik ma'noni bildiradi. Bu esa shakliy-grammatik vosita sanaladi, qo'shimchalar orqali yuzaga keladi:
a) kelishik qo'shimchalari :-ga. -ning, -ni. da. dan. kabi. Masalan, dalaga bormoq, Sanobarning kitobi, uyni supurmoq: b) egalik qo'shimchalari, -im. ing,i. ingiz: Mening uyim ;sening kitobing; ularning ishi; c) tuslovchi shakl- son qo'shimchalari; - m, -k, -ing, -ingiz; men oldim; biz o'qidik; siz keldingiz va boshqalar.
2. Yordamchi so'zlar. Kelishik qo'shimchalarida o'xshashvazifani bajaradi, otni fe'lga bog'laydi, leksik- grammatik vositasanaladi:
ko'makchilar - bilan. uchun, kabi, singari, sevinch bilankutmoq bolalar uchun atamoq, tong kabi musaffo;
bog'lovchilar uyushiq bo'laklar va gaplarni bog'lavdi:
3. So'z tartibi: So'zning sintaktik vazifasi maxsus ko'rsatkichlarbilan ifodalaganda tartib bosh rolni o'ynaydi; masalan, qizil olma(birikma) olma qizil (gap), yaxslii odam (birikma), odam yaxslii (gap).
4.Ohang. To'xtamning o'zgarishi birikmaning bog'lanishini o'zgartiradi. Masalan: Besh bolali (yigitcha Besh). Bolali yigitcha. Otabek akam, muhandis bo'ldi. Otabek, akam muhandis bo'ldi. Otabek akam muhandis bo'ldi va boshqalar.
So'z birikmasining aloqa turlari
So'zlar o'zaro ikki xil usul bilan aloqaga kiradi: a) teng bog'lanish; b) tobe bog'lanish.
Teng bog'lanishda so'zlar bir xil gap bo'lagi bo'lib, sanash ohangi yoki bog'lovchilar yordami bilan birikadi. Masalan: Bu yil - onalar va bolalar yili. Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas, ko'zlarni yashnatib kiyibsiz atlas (qo'shiq), kabi gaplardagi onalar va bolalar hamda 2-gapdagi Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas so'zlari teng bog'langan.
Ular kesimga nisbatan teng huquqli bo'lib, bir xil gap bo'lagi vazifasini bajaradi. Bunday bo'laklarning o'rni almashtirilgani bilan, ma'no va grammatik holati o'zgarmaydi. Tobe bog'lanishda esa biri hokim, biri tobe so'zlar aloqaga kirishadi.
Ularning bin ikkinchisini to'ldirib, aniqlab izohlab keladi. Shuning uchun aniqlab, to'ldirib kelgan so'z tobe, u bilan bog'lanib kelgan so'r hokim so'z bo'ladi va gapda boshqa-boshqa sintaktik vazifa bajaradi. Shunga ko'ra tobelanish turlari quyidagicha bo'ladi:
Moslashuv. Bunday tobelanishning asosiy xususiyati tobelanish bir qismining boshqasini aniqlashga xizmat qildirishidir. Tobe so'z bilan hokim so'z bir-biriga moslashadi, harakat, belgi va predmetning qaysi predmetga tegishliligi ko'rsatiladi. Masalan, mening vatanim, gullarning guli, talabalarning o'qishi. Gullarning guli - Nargis. Bunda guli (hokim) so'z talabi bilan gullarning (tobe so'z) qaratqich kelishik qo'shimchalarini olib kelgan. Dutorimning torlari qo'sh bulbuldek sayraydi kabi.
Boshqaruv. Bu bog'lanishda tobe so'z hokim so'zning talabi bilan o'z shaklini o'zgartiradi. Masalan: maktabga bormoq, ishdan kelmoq, ko'chani tozalamoq.
Fe'l boshqaruv va ot boshqaruvi. Masalan: ochilgan gul, sayragan bulbul. Asal qanddan shirin.Sifatli boshqaruv. Masalan: Uyat o'limdan yomon. Kelishikli va ko'makchili boshqaruv. Masalan: Kundan kun sovuq. Yaxshidan ot. yomondan dog' qolar. Baliqning tirikligi suv bilan.
Bitishuv._Bunday bog'lanishda so'zlarning o'zaro aloqasi tartib va ohang orqali beriladi: a) sifatlovchi+sifatlanmish; sifatlovchi vazifasida sifat, son, olmosh, ravish keladi. Masalan: Ko'm-ko'k dala, katta bino, bu uy, beshta talaba, oqar suv, oltin fasl; b) hol+hollanmish: hol vazifasida ravish va ravishdoshlar keladi. Masalan: samolyot tez uchdi. Rangi oqarib ketdi va boshqalar.
Tobe bo'lak vazifasiga ko'ra:
aniqlovchi +aniqlanmish munosabati (tobe bo'lak ot, sifat,son, olmosh, ravish, sifatdosh kabi so'zlar, hokim bo'lak esa ot vaotlashgan so'zlardan iborat bo'ladi). Masalan: tutning bargi, qizilgullar, bitta kitob, o'sha joy, pishiq g'isht;
to'ldiruvchi+kesim munosabati (tobe bo'lak otning kelishiklishaklida, hokim bo'lak fe'l. sifat bo'ladi). Masalan: Mardni mehnatyengolmas. Qo'rqoqqa qo'sh ko'rinar. Yaxshidan ot qoladi;
hol-kesim munosabati (tobe bo'lak ravish, ravishdosh vaba'zan otdan, hokim bo'lak esa fe'ldan) bo'ladi. Masalan: To'y kecha o'tdi. Eshik taraqlab yopildi. Olov gurillab yondi. Oftob sekin-asta bota boshladi.
So'z birikmalari tuzilish jihatidan ikki turga bo'linadi: 1) sodda birikmalar. 2) murakkab birikmalar.