gap (Osmon ko‘m- ko‘k.); 2) so‘z birikmasi
( tiniq osmon)
Tilning asosiy funksiyasi jamiyatda aloqa, informatsiya - axborot vositasi bo‘lish. Fikr ifodalash vazifasini gap bajaradi. So‘z birikmasi esa fikr ifoda etmaydi. Demak, sintaksisning bosh birligi gap bo‘lib, so‘z birikmasi gapning tarkibiga kiradigan komponent - yordamchi birlikdir.O‘zaro grammatik va mazmuniy jihatdan bog‘lanib, obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiruvchi sintaktik birlik-nopredikativ birlik so‘z birikmasidir. Nopredikativ aloqa so‘z birikmasini tashkil qiladi. Lekin so‘zlarning har qanday nopredikativ bog‘lanishi so‘z birikmasini hosil qilmaydi. Shuning uchun ham so‘zlarning nopredikativ bog‘lanishi ikkiga bo‘linadi:1) erkin bog‘lanish; 2) turg‘un bog‘lanish.
Erkin bog‘lanish so‘z birikmasini, turg‘un bog‘lanish esa frazeologizmlarni o‘z ichiga oladi.
Sintaksisning markazi gap haqidagi ta'limotdir.
Tilning sintaktik birliklari - gap va so‘z birikmalari - so‘zlarning qo‘shilishidan hosil bo‘lishi, bu qo‘shilishning esa turli vositalar orqali yuzaga kelishi sintaktik birliklarning tildagi boshqa birliklar bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. So‘z qo‘shilmasi hosil qilish uchun ma'lum shakldagi so‘zlar va ularni bir-biri bilan bog‘lovchi vositalar zarur.
So‘zlarni biriktirish vazifasini bajaruvchi elementlar (so‘z formalari-sintaktik affikslar; ko‘makchi, bog‘lovchi kabi yordamchi so‘zlar, sintaktik leksika) tilning sintaktik vositalari sanaladi. (Biz bordik; daladan kelmoq; sifat uchun kurashmoq kabi). Intonatsiya va so‘zlar tartibi ham sintaktik vosita sanaladi. Intonatsion xususiyat (masalan, pauza) so‘zlar orasidagi mazmuniy va sintaktik munosabatning ko‘rsatkichi bo‘lib, ularning har xilligi semantik va grammatik boshqalikni ko‘rsatadi.
Yuqoridagilardan anglashiladiki, nutqda:
1. So‘z boshqa so‘z bilan birikkan bo‘ladi: unga tobe bo‘ladi yoki uni o‘ziga tobe qiladi va shunga muvofiq holda turli grammatik formada bo‘ladi (uydan kelmoq, yashil vodiy).
2. So‘zlar o‘zaro sintaktik bog‘lanib, tushuncha ifodalovchi birlik – so‘z birikmasi yuzaga keladi va u gapning tarkibida uni hosil qiluvchi element bo‘lib xizmat qiladi. Bularni o‘rganuvchi soha – so‘z birikmasi sintaksisi.
3. So‘zlar sintaktik bog‘lanib, informatsiya bildiruvchi, fikr ifodalovchi birlik yuzaga keladi. Bu – gap sintaksisi.
Sintaktik konstruksiya hosil qilishda:
1. Material element – so‘zlar ishtirok qiladi. So‘zlarning bir-biri bilan qo‘shilib birikma hosil qilishi uchun dastlab ularning semantik-grammatik tomonlari bir-biriga mos kelishi shart.
2. So‘zlarni biriktiruvchi vosita – sintaktik vosita sifatida affikslar (sintaktik xarakterdagi affikslar), yordamchi so‘zlar (ko‘makchilar va bog‘lovchilar), intonatsiya va so‘z tartibi ishtirok qiladi.
Leksema-leksik birlik, lekin ma'lum grammatik formada kelib, sintaktik vazifa bajaradi-sintaktik birlik bo‘ladi.
Sintaktik birliklar bir necha komponentli bo‘ladi. So‘zlarning tobe aloqasini ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: predikativ aloqa va nopredikativ aloqa. Predikativ aloqa ega va kesim aloqasidan iborat. Bahor keldi. O‘rik gulladi. Nopredikativ aloqa ikkinchi darajali bo‘laklarning hokim bo‘lak bilan aloqasidan iborat: bahorning kelishi, o‘rikning gullashi.
Sintaktik aloqalar ikki turga ajraladi: teng aloqa va tobe aloqa.
Tenglashishda sintaktik jihatdan teng, biri ikkinchisiga bo‘ysunmaydigan so‘zlar sanash ohangi yoki teng bog‘lovchilar yordamida sintaktik aloqaga kirishadi. Teng aloqa gap tarkibidagi elementlar orasida uchraydi. So‘z birikmasi tarkibidagi elementlar orasida teng aloqa bo‘lishi mumkin emas.
Teng aloqa orqali uyushiq bo‘laklar hosil bo‘ladi. Tobe aloqa sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo‘ysunuvchi, biri ikkinchisini aniqlovchi birliklar munosabatini ifoda qiladi. Shuningdek, ba'zi manbalarda biri ikkinchisini taqozo etadigan so‘zlarning sintaktik aloqaga kirishishining turi sifatida munosabatdorlashish ham ko‘rsatiladi : Singlimning hovlisi. Bu tur konstruksiyalarda birinchi komponent belgisiz qo‘llanishi ham mumkin: maktab bog‘i.
Nutqda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi har bir tilning so‘z qo‘shish qoidalari asosida bo‘ladi; har bir tilda so‘zlarning munosabatini ko‘rsatadigan, sintaktik konstruksiya hosil qiladigan turli vositalar bor. So‘zlarning bu vositalar orqali sintaktik bog‘lanishi har doim so‘z birikmasi hosil qilavermaydi.
So‘zlarning atributiv (aniqlovchi) munosabati, obyektiv munosabati va relyativ munosabati turli tipdagi so‘z birikmalarini hosil qiladi, lekin so‘zlarning predikativ munosabati (lotincha predikat - kesim) gapni hosil qiladi.
So‘zlarning atributiv munosabatida komponentlar aniqlovchi + aniqlanmish tipida birikadi. Moslashuv-hokim so‘z tobe so‘z biln shaxs va sonda mos bo‘lishi. Moslashuvning so‘z birikmasi va ega-kesim munosabatidagi ko‘rinishlari bor. Moslashuvda ba’zan moslikning buzilishi kuzatiladi. Masalan, "Navoiy" ko‘chasi kabi birliklar bo‘laklarga ajralmaydi .
So‘zlarning obyektiv munosabatida komponentlar boshqaruv yo‘li bilan birikadi: ot + fe’l (xatni yozmoq), ot+ sifat (temirdan qattiq )
So‘zlarning relyativ munosabatida komponentlar, odatda, bitishuv yo‘li bilan birikadi. Relyativ birikma: ravish + fe’l ( tez ishlamoq ), ravishdosh+fe’l (iljayib gapirmoq). Bu birikma harakatning belgi bilan bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi.
So‘zlarning boshqaruv munosabatida hokim bo‘lak tobe bo‘lakning ma'lum formada kelishini talab qiladi. Bunda bog‘lanish ham semantik, ham grammatik jihatdan yuz beradi. Boshqaruv kelishikli va ko‘makchili turlarga bo‘linadi:uyga keldi, maktab tomon ketdi.
Bitishuvda tobe va hokim bo‘lak grammatik ko‘rsatkichlarsiz aloqaga kirishib, semantik jihatdan bog‘langan bo‘ladi.
Bitishuvda aloqa tartib va intonatsiyadan bilinib turadi: mevali daraxt, o‘sha voqea, ikki o‘g‘il, tez kelmoq ,kulib gapirmoq, yuvilgan ko‘ylak kabi.
Tobelanish - hokim va tobe qismlar orasida, teng bo‘lmagan qismlar orasida bo‘ladi. Tobe aloqaning ko‘rinishlari: moslashuv , boshqaruv, bitishuv.
Gapda so‘zlarni biriktirish vazifasini bajaruvchi vositalar so‘z shakli affikslari, yordamchi so‘zlar (sintaktik-leksik vosita), tartib va ohangdir.
So‘z shakli - so‘zlarning o‘zgarish paradigmasidagi so‘z o‘zgartiruvchi vositalar (kelishik va egalik shakllari) bog‘li nutqda mustaqil so‘zlarni o‘zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar sanaladi.
Sintaktik aloqalarni ifodalashda tuslovchilar (shaxs-son qo‘shimchalari) ham xizmat qiladi.
Egalik qo‘shimchalari qarashlilikni bildiradigan birikmalar hosil etishda xizmat qiladi: Bizning maktabimiz, sizning fikringiz.
Kelishiklar otning ikkinchi so‘z (asosan fe’l) bilan bo‘lgan munosabatni ifodalashdir: Toshkentdan kelmoq, sayohatga bormoq.
Tuslovchilar - shaxs-son qo‘shimchalari shaxs va uning soniga ishora qiladi, o‘zi birikib kelgan komponentning hokim so‘zga bog‘lanishiga yordam beradi: Biz talabamiz, tirishib o‘qiyapmiz .
Yordamchi so‘zlar sintaktik aloqalarni ifodalashda qo‘llanadigan yordamchilar- ko‘makchi, bog‘lovchi va bog‘lamalardir.
Ko‘makchi otning ikkinchi so‘zga (asosan fe’lga) bog‘lanishini ko‘rsatadi. Bog‘lovchilar, odatda, so‘z tizmalarining, gaplarning komponentlarini bog‘laydi. Bog‘lama ega va kesimning birikishida shaxs-son, zamon ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladigan yordamchilardir. Bog‘lama bu ma’niolarni o‘zicha ko‘rsata olmaydi, shu ma’nolarni ifodalovchi shakllariga ega bo‘lmagan so‘zlar bilan birga keladi: Biz talaba bo‘ldik. Kechagina o‘quvchi edik.
Bog‘lama kesimi ot bilan ifodalangan gaplarda ega va kesimning birikishini ko‘rsatadi.
Hozirgi o‘zbek tilida so‘zlar tartibi grammatik holatga, asosan, ta’sir qilmaydi. Gapdagi bo‘laklarning o‘rni o‘zgarsa ham, ularning sintaktik vazifasi maxsus ko‘rsatkichlar bilan ifodalanmaganda, tartib asosiy vazifani bajaradi. Bunda so‘zning gapdagi vazifasi, asosan, tartib orqali belgilanadi, tartib o‘zgarsa, mazmun bilan birga sintaktik holat ham o‘zgaradi. Bu hodisa (tartibning grammatik ro‘li) o‘zbek tilida sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishida aniq ko‘rinadi. Ohang (intonatsiya) ham turli sintaktik aloqalarni, grammatik fikriy holatlarni ifodalashda xizmat qiladigan vositadir. U nutqdagi bo‘laklarning bir butun, yaxlit holatini ko‘rsatadi.
So‘z birikmasi sintaktik ta’limotning tarkibiy qismi bo‘lib, bunda so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirituvchi vositalar, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish usullari, so‘z birikmalari va ularning tillari o‘rganiladi. So‘zlarning munosabatga kirishi uchun ichki (ma’no) moslik, tashki (grammatik) moslik va ularning uyg‘unligi talab qilinadi: chiroyli uy, qorning sovug‘i, qalam ushlamoq, vatanni sevmoq kabi.
Bir so‘z ikkinchi so‘z bilan birikib so‘z birikmasi hosil qilishda faqat o‘sha birikayotgan so‘zlarning qanday so‘z turkumiga munosibligigina emas, balki ularning leksik ma’nolariga ham ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Har bir so‘z ma’lum semantik guruh bilan bog‘langan bo‘lib, o‘sha guruh so‘zlar bilangina birikib so‘z birikmasi hosil qiladi. Masalan, o‘qimoq fe’li quyidagi semantik guruh so‘zlar bilan birikishi mumkin: kitob, gazeta, jurnal.. o‘qimoq, maktabda, universitetda.. o‘qimoq, qunt Bilan o‘qimoq, qishda, yozda.. o‘qimoq,tez, sekin.. o‘qimoq, ko‘p, oz.. o‘qimoq, yoddan o‘qimoq kabilar.
So‘z birikmasi hosil qilish uchun kamida ikkita mustaqil ma’noli so‘z bo‘lishi, shu so‘zlarga grammatik-semantik jihatdan erkin munosabatga kira olish, hosil bo‘lgan birikma ochiq qurilmanitashkil etishini, nominativ vazifa ifodalashi kerak.
Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlarning grammatik-semantik munosabatlardan tashkil topib, bir murakkab tushuncha anglatadigan nominativ xarakterdagi ochiq qurilmalar so‘z birikmasi deyiladi.
So‘z birikmasi bir so‘zning boshqa so‘zga qilinishi imkoniyatiga valentligiga tayanadi. So‘zni uch xil valentligini ajratish mumkin: sintaktik valentlik, leksik valentlik.
Xokim so‘zning grammatik shakli talab etgan valentlik sintaktik valentlik hisoblanadi.
Semantik valentlik so‘zlarning so‘zlarning bog‘lanish imkoniyatidir.
Leksik valentlik bir xil nominativ ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarning boshqa so‘zga bog‘lanishida tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishdir.
So‘z birikmasi nutq formasi sanaladi. So‘z birikmasi gap tarkibiga kiradi. U gapdan tashqarida yashamaydi. So‘z birikmalari nominativ xarakterga ega bo‘lib, gap tarkibiga ma’lum nominativ vazifani bajarish uchun xizmat qiladi.
So‘z birikmasi so‘z, qo‘shma so‘z, sintagma birikma (frazeologizm) va gaplardan farq qiladi.
So‘z birikmasi va so‘z. So‘z va so‘z tilda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan birikmalardir. So‘z va so‘z birikmalari o‘rtasida ko‘p jihatdan o‘xshashlik mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
So‘z va so‘z birikmasi xam ga ichidagina yashaydilar va shundagina ta ahamiyatiga mlik bo‘ladilar.
So‘z va so‘z birikmasi tilida nominativ vosita sanaladi.
So‘zlar kabi so‘z birikmalarida ham predikativlik xususiyati yo‘q.
So‘zlar turnaladilar, tuslanadilar-o‘z shakllarini o‘zgartiradilar. So‘zlarga xos bu xususiyat so‘z birikmalarida ham saqlanadi. Qiyoslang: kitobim, kitobing, kitobi. Mening kitobim, sening kitobing, uning kitobi.
So‘z birikmalari so‘zlar kabi gap tarkibida ajratilgan bo‘lak, undalma, kirish bo‘lak bo‘lib kela oladilar. Masalan: Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudxish motam (Oybek). Sizga bag‘ishlanur, o‘quvchim, ijodimning eng asl bobi. (Uyg‘un). Otaxon, deyman, -uyinga usta ekansizku, -dedi O‘rmonjon kulib (A.Qaxxor).
So‘z birikmasi va so‘z bir-biridan farqli tomonlarga ham egadir. So‘z hamma vaqt bir tushuncha bilan bog‘langani xolda tilda doim tayyor xolatda mavjud bo‘ladi. Chunki so‘z til taraqqiyotining muayyan davrida paydo bo‘ladi, ma’lum ma’no bilan bog‘lanadi vash u tilda ana shu ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. So‘z birikmalari bunday xususiyatga ega emas, ular tilda tayyor xolatda yashamaydi, hamma vaqt ma’lum bir tushuncha bilan bog‘langan bo‘lmaydi. So‘z birikmasi nutq jarayonida fikr talabiga ko‘ra tuziladi. So‘z ma’lum til tizimidagi nisbiy mustahkam tovushlar kompleksidan, ayrim xolatlarda yolg‘iz bir tovushdan tashkil topadi. So‘z birikmalari birdan ortiq so‘zlarning birikuvidan tashkil topadi. So‘z ma’lum tilda ma’no butunligiga ega bo‘lganligi uchun o‘sha tilda so‘zlovchi v tinglovchilarning hammasi tomonidan bir xilda qabul qilinadi. Shuning uchun ham so‘zda bir xillik mavjud.
So‘z birikmalarida so‘zlardagi kasb emantik butunlik yo‘q. So‘zlar hamma vaqt ikki ma’no ifodalaydi: leksik ma’no, grammatik ma’no. So‘z birikmalarida esa faqat bir ma’no-leksik ma’no mavjud. Ular so‘zlar kabi grammatik ma’no ifodalash xususiyatiga ega emas.
So‘z morfologik elementlardan (o‘zak va affikslardan) tashkil topuvchi il birligidir. So‘z birikmalari morfologik elementlardan emas, balki sintaktik elementlardan tashkil topgan.
So‘zlar polisemantiklik, omonimlik, xususiyatiga ega. So‘z birikmalarida bu xususiyat yo‘q, faqat bir aniq ma’nodagina ifodalaydi.
So‘z leksik xodisa, so‘z birikmasi grammatik xodisa. So‘z, so‘z birikmasi kabi nominativ vazifa yuajarib, predmet, belgi, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi. So‘z birikmasi esa predmet, belgi, ish-harakatni shu xoldagi boshqa predmet, belgi ish-harakatdan ajratib ifodalaydi. Kislang: ko‘m-ko‘k, ko‘m-ko‘k dala.
So‘z mavhum ma’noli bo‘lib birikmaga kirgach, uning ma’nosi konkretlik tomon siljiydi. So‘z tarixiy kategoriya bo‘lib til birligi hisoblanadi, so‘z birikmasi va nutq jarayonidagina hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham u nutq birligi hisoblanadi.
So‘z birikmalari va qo‘shma so‘zlar. Qo‘shma so‘zlar tilda sodda so‘zlar kabi vazifalarni bajaradilar, biror tushunchani reallashtirish uchun xizmat qiladilar. lekin tilda qo‘shma so‘zlarning paydo bo‘lishini soda so‘zlarning paydo bo‘lishi bilan tnglashtirib bo‘lmaydi. Qo‘shma so‘zlarning ko‘pchilik va asosiy qismi so‘z birikmadaridan yoki so‘z birikmalari modeli asosida kelib chiqqan: qo‘lqop, belbog‘, oqsoqol, karnaygul, gavquvur kabilar.
Qo‘shma so‘z va so‘z birikmalarini quyidagi belgilariga ko‘ra fikrlash lozim: 1) so‘z birikmalari komponentlari o‘rtasida barcha shakliy chegaralar saqlanadi, qo‘shma so‘z komponentlari o‘rtasida esa bu chegaralar yo‘qolit ketadi. 2) qo‘shma so‘zlar bir butunligicha leksik ma’noni ifodalaydilar. So‘z birikmalari butunligicha bir yaxlit ma’no bildirsalar ham, lekin uning komponentlari-so‘zlarning har biri o‘z leksik ma’nolarini saqlaydi. 3) qo‘shma so‘zlar ham, so‘z birikmasi ham tilda nominativ vosita sanaladi. Lekin qo‘shma so‘z bir soda tushunchani reallashtirsa, so‘z birikmasi tarkibiga qiruvchi har bir so‘z ma’lum bir tushuncha bilingan tushunchalarni ifodalaydi. 4) qo‘shma so‘z butunligicha bir so‘z turkumiga kiradi. So‘z birikmalari butunligicha bir so‘z turkumiga qachon munosib bo‘lmaydi. 5) qo‘shma so‘z butunligicha ifodalangan ma’noga ko‘ra tasnif qilinadi: qo‘shma ot, qo‘shma son kabi. So‘z birikmalari esa uning asosini, yadrosini tashkil etuvchi bosh so‘zning qanday so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra tasnif qilinadi: otli so‘z birikmalari. 6) qo‘shma so‘zlar butunligicha bir mantiqiy urg‘uga ega. So‘z birikmalari komponentlarining har biri mantiqiy urg‘u olishi mumkin. 7) qo‘shma so‘z komponentlarining tarkibi qat’iy bo‘lib, ular o‘rnini almashtirish, boshqa so‘z kiritish mumkin emas. So‘z birikmalari erkin sintaktik birikmalar bo‘lganligi uchun komponenilari o‘z o‘rnini istagancha o‘zgatirishi, ular orasida boshqa so‘zlarni kiritish mumkin. 8) qo‘shma so‘zlar bir tushunchali riallashtiruvchi bir so‘z bo‘lganligi uchun gapning bir bo‘lagi bo‘lib kelgan. 9) qo‘shma so‘zlar bir necha komponetlardan tashkil topishi va ularning ma’nolaridan qat’iy nazar bir ma’no butugnligiga ega. So‘z birikmalarida bunday leksik-semantik butunlik yo‘q. 10) qo‘shma so‘zlar barcha so‘zlar kabi ikki ma’noga – leksik va grammatik ma’noga ega. So‘z birikmalarida bu xususiyat yo‘q.
Qo‘shma so‘zlarning komponetlari o‘rtasida grammatik munobabbat yo‘q, ular o‘z leksik-semantik mustaqilligini yo‘qotib, bir bosh urg‘u olib, gapda bir semantik vazifani bajaradi. So‘z birikmalarining komponentlari o‘rtasida grammatik munosabat mavjud, ular leksik-semantik mustaqilligini saqlab, o‘z urg‘usiga ega bo‘ladi, gapda boshqa-boshqa semantik vazifasini bajaradilar.
So‘z birikmasi va frazeologizmlar. So‘zlarning har qanday nopredikativ bog‘lanishi so‘z birikmasini hosil qila bermaydi. So‘zlarning bog‘lanishi erkin bilishi, betakror bo‘lishi, ya’ni nutqda tayyor holda olib kirilishi mumkin. Shuning uchun ham so‘zlarning bog‘lanishi erkin va turg‘un bo‘ladi.
erkin bog‘lanish so‘z birikmasini, turgun bog‘lanish frazeologmlarni o‘z ichiga oladi.
So‘z birikmasi nutq nutq jarayonida hosil bo‘lib, u nutq birligi, frazeologizmlar yaxlit xolda ko‘llanib, til birligi hisoblanadi. Shunday ekan, bog‘lanish sintaksisning, turgun bog‘lanish frazeologizmning tekshirish ob’ekti sanaladi: oq olma, qizil, daftarni kuymoq; qshl kuymoq, og‘zi ochilmoq, yuragini olmoq.
So‘z birikmasidagi so‘zlar u ma’nosini saqlaydi, turgun birikmasidagi so‘zlar esa ko‘chgan ma’noda qo‘laniladi: ko‘p kuymoq-daftarni kuymoq.
So‘z birikmalari frazeologizmlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. So‘z birikmalari nutq jarayonida ma’lum so‘z birikmasi modeli asosida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham ular nutq birliklari sanaladi. Frazeologizmlar esa nutq birikmalari sanaladi. Frazeologizmlar esa nutq jarayonigacha tayyor xolda mavjud bo‘ladi. U tayyor lug‘aviy birlik sifatida nutqqa olib kiriladi.
2. So‘z birkmalarida qismlarning semantik aloqa erkin, frazeologizm qismlari o‘rtasida aloqa turgun bo‘ladi.
3. So‘z birikmalari qismlari gap ichida alohida gap bo‘laklari bo‘lib keladi. Frazeologizm qismlarining grammatik munosabati faqat shu birikma ichida amal qildi. Frazeologizmlar gap ichida bir gap bo‘lagi o‘rniga keladi.
So‘z birikmasi va gap. Gap tuzish modellari, so‘z birikmasi modellari kabi, til birligi bo‘lib, aniq gap ham nutq kommnikativ kategoriyadir.
So‘z birkmasi so‘zni, gap esa so‘z birkmasini tayyor holda, gapdan tashqaridagi dastlabkixolatda birlashtirmaydi, balki o‘zining sintaktik qurilishiga buyisndiradi. Masalan: erta bilan Navoiyning chodiridan boshqa hamma chodirlar yig‘ishtirilgan edi. (Oybek) gapi erta bilan yig‘ishtirilgan edi; hamma chodirlar; boshqa chodirlar; Navoiyning chodiri; Navoiyning chodirlaridan boshqa kabi so‘z birikmalaridan tarkib topgan.
Gap va so‘z birikmasi quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
1.Gap- predikativ sintaktik birlik; so‘z birikmasi-predikativ bo‘lmagan sintaktik birlik.
2.Gap bir komponentli, bir so‘zli ham bo‘la oladi, so‘z birikmasi esa kamida ikki komponentli, ikki so‘zli bo‘ladi.
Tilda sintaktik birliklarning -gap va so‘z birikmalarining abstrakt, umumlashgan modellari bo‘ladi.Shu modellar asosida nutqda sintaktik konstruksiyalar hosil qilinadi.
:
O‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalari va gap qoliplari tadqiq etilgan maxsus tadqiqotlar bir talay. (Sayfullayeva R., Abuzalova M. Gapning eng kichik qurilish qoliplari haqida // O‘zbek tili va adabiyoti. 1991, 5-son, 42-47-b.; Nazarova S. Birikmalarda so‘zlarning erkin bog‘lanish omillari: Filol. fan.nom.diss. avtoref.- Toshkent, 1997, -21 b.; Abuzalova M . O‘zbek tilida soda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning nutqda voqelanishi: Filol. fan. nom.diss. avtoref.- Toshkent, 1994, -25 b.)
Gapning ayrim qoliplari: 1)ega+kesim; 2)sifatlovchi (sifatlanmish)+ega+kesim; 3)hol+sifatlovchi+qaratuvchi+sifatlovchi+ega+to‘ldiruvchi+hol+kesim: Tunda kichik sharsharaning mayin tovushi bizni ham sekin allalamoqda edi.
Bundan tashqari, har bir gap fikr va his-tuyg‘uni ifodalash, muayyan struktura va modelga ega bo‘lish, ma'no va grammatik butunlik, predikativlik va nisbiy intonatsion tugallik kabi o‘ziga xos xarakterli belgilarga ega.
Dostları ilə paylaş: |