Sintaktik uslubiyat Reja


Gaplar orasidagi sinonimiya



Yüklə 24,36 Kb.
səhifə4/4
tarix21.12.2023
ölçüsü24,36 Kb.
#188597
1   2   3   4
Sintaktik uslubiyat

Gaplar orasidagi sinonimiya. Gaplar fikr ifodalash bilan birga turli his-tuygʻularni bildirish uchun ham xizmat qiladi. Jumladan, suv keldi gapi “sof darak” yoki “darak-sevinch” ma’nolarini ifodalashi mumkin. Demak, “Kommunikatsiya (aloqa” intellektual (aqliy) holatni ham, his-hayajonli holatini ham oʻz ichiga oladi” (Ayyub Gʻulomov).
Nutqimizdagi gaplar emotsional boʻyogʻi yoki ma’lum nutq uslubiga tegishliligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ana shu farq sinonim gaplarda koʻzga tashlanadi.
Mazmunan bir-biriga yaqin boʻlgan fikrni turli gap shakllarida bayon qilish gaplar sinonimiyasini yuzaga keltiradi: Bolaning egniga biror narsa kiyiting – Bolaga biror narsa kiyitsangiz boʻlmaydimi egniga (M.Haydarova). Bu gapning birinchisi betaraf boʻlsa, ikkinchisi soʻzlashuv nutqi uslubiga tegishliligi bilan ajralib turadi. Bunda soʻzlovchining oʻz nutqiga biror boʻlakni qoʻshimcha qilish maqsadi yoʻq, balki bu gap soʻzlashuv nutqiga xos boʻlib, uning nutqi tayyor emasligi bilan farqlanadi.
Quyidagi bir sinonimik qatorni tashkil qilgan gaplar ham bir-biridan uslubiy boʻyogʻi bilan farqlanib turibdi: Rejani bajardikRejani ado etdik; El oldida vafo qildikVa’daning ustidan chiqdik; El oldida uyatga qolmadikXalq oldida yuzimiz yorugʻ boʻldi kabi. Sinonimlik sodda gaplar orasida ham, sodda va qoʻshma gaplar orasida ham uchraydi.
Sinonim sodda gaplardan takrorning oldini olish, nutq ta’sirchanligini oshirish uchun uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Qiyoslang: Men bormayman, ... qayerga boraman, ... hech qayerga bormayman, ... borishga-ku bormayman, ... nega borishim kerak, borib boʻpman va h.k. Yana misol: Ba’zan odamda qandaydir ogʻir ruhiy holat paydo boʻladi, yurak siqiladi, nimadan siqilayotganligini bilmaysan, koʻzingga dunyo tor boʻlib ketadi. (I.R.)
Savol va topshiriqlar:

  1. Sintaksis nima?

  2. Sintaksisning uslubiy imkoniyatlarini izohlang.

  3. Sintaktik omonimiya nima?

  4. Sintaktik omonimiyaga xos uslubiy xususiyatlar nimalarda ko‘rinadi?

  5. Sintaktik sinonim nima?

  6. Sintaktik sinonimlikka xos uslubiy xususiyatlarni sharhlang.

  7. Soʻz birikmasi nima?

  8. Soʻz birikmasi doirasida sinonimiyani tushuntiring.

  9. Gap nima?

  10. Gaplar orasidagi sinonimiyani izohlang.

Yüklə 24,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin