SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
204
Za’faron
ichish rangni chiroyli, ko‘zni ravshan, yurakni quvvatli qiladi. Balg‘am ko‘chishini
osonlashtiradi va nafas a’zolarini kuchli qiladi».
Kundalik ovqat tarkibiga o’simlik ziravoridan solish orqali aqliy faoliyatni faollashtirish,
terlashni pasayishiga erishish, ishtahani yaxshilash, ovqat
hazm qilishni yaxshilash va
metabolizmni jadallashtirishga erishish mumkin. Muntazam ravishda za’faronli choydan ichib
borish jigar va buyrakni tozalanishiga va ish faoliyatini yaxshilanishiga,
jigar sohasidagi
shishlarni qaytishiga ko’mak beradi. Hatto za’faron suvini asal bilan qo’shib tayyorlangan
darmon yordamida buyrak va o’t qopidagi toshlarni erishiga ham guvoh bo’lishimiz mumkin.
Za’faron o’simligidan tayyorlangan damlamani doimiy qabul qilish bosh og’riqlari, yurak
va jigar sanchiqlarini kamayishiga va qolib ketishiga olib keladi. Organizmda serotonin garmoni
ishlab chiqarilishini jadallashtirganligi sababli xursandchilik kayfiyatini hosil qiladi va yurak
siqilishi, g’ashlikni ketkazadi. Stress holatidan chiqishga yordam beradi, miyadagi turli hayollar
va qo’rquv, vasvasa holatlarini bosilishiga sabab bo’ladi. Za’faron tarkibida eng muhim biologik
faol moddalardan krosetin va glikozid krosein mavjudligi sababli tezda so’riladi va miya, qon-
tomirlar
tiqinlarini ochadi, qotib qolgan qonlarni eritadi, natijada qon bosimi mo’tadillashadi,
umumiy tana qon aylanishi yaxshilanadi, miyaga toza qon va
kislorodning yetib borishi
qulaylashadi.
Dostları ilə paylaş: