Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish



Yüklə 172,15 Kb.
səhifə51/52
tarix07.09.2023
ölçüsü172,15 Kb.
#141878
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Kuzatishlar kundaligi va tabiat hamda mehnat kalendari. Birinchi sinfda kuzatishlar ikkinchi yarim yildan boshlab olib boriladi. Ob-havoning o’zgarishlarini kuzatish g’oyat muhimdir. Osmonning holatlarini kuzatish jarayonida «ochiq», «bulutli», «kam bulutli» tushunchalari; «quyoshni kuzatishda – «sovuq», «juda sovuq» («ayoz»), «iliq», «issiq»; Shamolni kuzatganda – «kuchli», «kuchsiz» tushunchalari shakllanadi. Shu vaqtning o’zida bolalar yog’inning har xil turlari – yomg’ir, qor, do’l, tuman, qirov, buldurug’ to’g’risida tasavvurlar oladilar.
Bolalar asta-sekin ob-havoni kuzatish natijalarini kundaliklari va sinf tabiat kalendarida har kuni belgilab borishga o’rganadilar. Ob-havo va shamolning kuchi darslikda keltirilgan shartli belgilar bilan belgilanadi. Ob-havoni kuzatishdan tashqari o’quvchilar o’simlik va hayvonlar hayotidagi mavsumiy hodisalarni payg’ashga o’rganib boradilar. Bolalar o’simliklar faqat tabiatni bezatib qolmasdan, balki odamlar va hayvonlar uchun zarur ekanligini bilib oladilar. Ular oziq beradi, havoni hayot uchun zararli gaz va changlardan tozalaydi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari turg’un, ixtiyoriy diqqatga ega emaslar, kuzatishga birdaniga bir necha obyektni qamrab ololmaydilar. O’quvchilarni kuzatuvchanlikka o’rgatish uchun ularda turg’un diqqatni rivojlantirish kerak. Shu maqsadda kuzatishlar kundaligini yuritish g’oyat foydalidir. Kundaliklarni muntazam tekshirib va baholab bormoq lozim. Ayniqsa, o’tkir kuzatuvchanlik namoyon qilgan bolalarni rag’batlantirish zarur.
Bolalarda turg’un e’tibor va mustaqil kuzatishlar olib borish xohishi rivojlanishi uchun ularni tabiatdagi qiziqarli narsalarni ko’ra olishga o’rgatish kerak. Buning uchun kuzatishlarning aniq maqsadlarini qo’yish, ularni o’tkazish planini belgilash va qilinadigan ishning ahamiyatini o’quvchilar ongiga yetkazish zarur. Ekskursiyada faqat u yoki bu narsani topish, u yoki bu hodisani qarab chiqish topshiribgina emas, balki to’plangan eksponatlarni maktabga olib kelish, ulardan ko’rgazmali qurol, tarqatma material tayyorlash topshirig’i ham berilishi kerak.
3-4-sinflarda o’z joyi tabiati va odamlar mehnatini sistemali kuzatish davom ettiriladi. Ularning natijalari tabiat va mehnat kundaligida qayd qilib boriladi. Kalendarni jonli, hujjatli xarakterga ega bo’lishi uchun unga sarg’aygan yoki endi ochilgan bargchalarni, shuningdek yilning hozirgi vaqtini va odamlar mehnatini xarakterlovchi chizilgan yoki o’quvchilar topgan suratlarni yopishtirish lozim.
O’qitish jarayonida tabiat va mehnat Kalendarining roli agar o’qituvchi u bilan ishni har kuni to’g’ri tashkil qilib borganda ancha ortadi. Kalendarga maxsus ajratilgan vaqtda (3-5 minut) har kuni kuzatishlarning natijalarini kiritib borish ishning bu turiga turg’un qiziqishni tug’diradi. Doskaga chaqirilgan o’quvchi ob-havoni batafsil ta’riflaydi, tabiat va odamlar mehnatida qanaqa qiziqarli narsalarni payqaganligi haqida gapirib beradi. Uning javobini o’rtoqlari to’ldiradi va aniqlashtiradi (javob albatta jurnalda baholanadi), keyin bu axborotning asosiylari kalendarda qayd qilinadi.
Umumlashtirilgan, tabiat va mehnat kalendarida qayd qilingan kuzatishlar faqat tabiatshunoslik darslaridagina emas, balki matematika (hisoblashlar, masalalar tuzish, diagrammalar chizish), ona tili (insho, tabiatni yoki yil faslini ko’rsatish uchun proza (nasr)lardan qiziqarli she’rlar va parchalar tanlash), mehnat ta’limi (o’quv-tajriba uchastkasida o’simliklarni parvarish qilish, tajribalarni umumlashtirish) darslarida ham foydalanishi mumkin.
O’quvchilar bilimini tekshirishga umum metodik talablar. Darsga tayyorlana turib o’qituvchi o’quvchilar bilimlarini hisobga olishning mazmuni, metod va shakllarini yaxshi o’ylab olishi kerak. O’qituvchi payqagan bilimlardagi xato va kamchiliklar individual topshiriqlarning bajarilishida bartaraf etilishi lozim. Katta bo’lmagan kontrol (nazorat) ishlar o’quvchilarni ortiqcha band qilmasin (orfografik xatolar tekshirishda tuzatilib boriladi va ona tili darslarida ishlab chiqiladi). O’quv materialini o’zlashtirilishini tekshirishda bolalar bilimlarini faqat o’tgan dars topshirig’i bo’yicha emas, balki butun mavzu materiali bo’yicha aniqlash lozim. O’qituvchi qo’ygan savolar ayrim tabiat obyektlarga va hodisalari o’rtasidagi sababiy aloqa va o’zaro bog’lanishlarni ochib bermog’i zarur.
Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Individual, frontal, ommaviy so’rovda qiziqarli bilim materialidan foydalanish xususiyatlarini izohlab bering.
2. Mavzuni o’rganish, chorak, yil oxirida o’tilgan materialni takrorlashning metodik asoslarini yoritib bering.
3. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan amaliy vazifalarni yechish o’quvchilar bilimlarini tekshirishga qo’yilgan metodik talablar haqida ma’lumotlar yig’ing.
4. 1-4 sinflar uchun «Kuzatish kundaligi daftari»ni tahlil qiling va berilgan topshiriqlarni taqqoslang.
5. 1-4 sinflar uchun shahar va qishloq sharoitlarida «Kuzatishlar kundaligi daftarlari»da tabiat kalendari yuritishning yo’llarini (variantlarini) ishlab chiqing.
6. 2-3 sinf mavzularidan biri bo’yicha savol va topshiriqlar tuzing.
7. 4-sinf «Kuzatish kundaligi» daftaridan tabiat va mehnat kalendarining sxemasini tuzing.
8. 3-sinf «Tabiatshunoslik» darsligining mavzularidan biri bo’yicha muammoli mazmundagi savollar tuzing.
9. 1-2 sinf o’quvchilarining malaka va ko’nikmalarini tekshirish uchun sxemalar va rasmlar tuzing.
10. 3-4 sinf o’quvchilarining bilim va ko’nikmalarini tekshirish uchun jadvallar, didaktik kartochkalar, tezis tipidagi kartochkalar tuzing.
Bilimni tekshirish uchun savollar:
1. O’tilgan materialni tekshirish va hisobga olish o’qitish jarayonida qanday ahamiyatga ega?
2. Bilimlarni og’zaki so’rash qanday maqsadlarni ko’zda tutadi?
3. Bilimlarni og’zaki tekshirishda qanday vazifalar hal qilinadi?
4. So’rash metodikasini izohlab bering?
5. Frontal so’rashning ahamiyati nimada.
6. Individual so’rashning ahamiyatini ko’rsating.
7. Takrorlashning ahamiyati va turlarini izohlab bering.
8. Bilimlarni yozma tekshirishning ahamiyatini ko’rsating.
9. Yozma ishlar o’tkazishda qanday vazifalar hal qilinadi?
10. Bilimlarni yozma tekshirishda savol-topshiriqlarning qanaqa turlaridan foydalaniladi?
11. 1-sinfda o’quvchilarning bilim, o’quv va ko’nikmalari qanday baholanadi?
12. 2-sinfda o’quvchilarning bilim, o’quv va ko’nikmalari qanday baholanadi?
13. 3-sinfda o’quvchilarning bilim, o’quv va ko’nikmalari qanday baholanadi?
14. 4-sinfda o’quvchilarning bilim, o’quv va ko’nikmalari qanday baholanadi?
15. Tabiatshunoslik daftarlariga qanday talablar qo’yiladi?
16. 1-2-sinflarda tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish va bajaradigan ishlar haqida ma’lumot bering.
17. 3 va 4 sinflarda tabiatshunoslik bo’yicha daftar tutish va bajaradigan ishlar haqida ma’lumot bering.
18. «Kuzatish kundaliklari» nima uchun yuritiladi?
19. Tabiat va mehnat kalendari nima uchun yuritiladi?
20. O’quvchilar bilimni tekshirishga qo’yiladigan umum metodik talablar.


Yüklə 172,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin