Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish



Yüklə 172,15 Kb.
səhifə18/52
tarix07.09.2023
ölçüsü172,15 Kb.
#141878
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
ABU ALI IBN SINO. Markaziy Osiyo ning mashhur olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037)ham Beruniy kabi tabiyot fanining turli sohalarida ijod qilgan. U faqat dalillarga asoslangan fanni tan oladi. Abu Ali ibn sino dunyoga mashhur «Tib qonunlari» asarining muallifidir. Mazkur asar 5 ta kitobdan iborat. Unda odam tanasidagi organlarning tuzilishi, funksiyasi, turli kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, oddiy va murakkab dorilar, ularni tayyorlash va bu dorilarning organlarga ko’rsatadigan ta’siri haqida ma’lumotlar keltiradi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko’zga ko’rinmas organizmlar orqali paydo bo’lishini e’tirof qiladi. Kishi salomatligini yaxshilashda to’g’ri ovqatlanish, organlarni chiniqtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytadi. Uning fikricha Yer asta-sekin o’zgaradi, dengiz daryolar vaqti kelib o’z o’rnini quruqlikka beradi. Shu tufayli ko’pgina kishilar suvda yashaydigan hayvonlarni, chunonchi chig’anoq qoldiqlarini quruqlikda uchratadilar. U o’simlik, hayvon va odamda o’xshashliklar mavjudligi, ularning oziqlanishi, ko’payishi, o’sishi haqida to’xtalib o’tadi.
Shunday qilib, O’rta Osiyoda tabiat fanlarini rivojlanishida buyuk ensiklopedist olamlarning qilgan ishlari va bizgacha yetib kelgan asarlari tabiyot tarixini o’rganishda beqiyosdir.
Tabiat o’qitish metodikasini tarixi ko’rsatadiki muayyan darajadagi hal qiladigan asosiy muammolar ta’limning mazmuni, o’qitish metodlari va ularni tarbiyalovchi ta’siri har doim bo’lgan metodikaga oid masalalar o’qituvchilar va metodistlar tomonidan hal qilinadi. Bu narsa ko’pincha ularning ijodiy tashabbusiga bog’liq edi. Vatanimiz tabiyot metodikasi qariyib ikki yuz yillik tarixga ega. Uni vujudga keltirishda ko’plab biolog-olimlar, metodistlar va o’qituvchilar qatnashishgan.
Turli ijtimoiy sharoitlarda yaratilgan ko’p sonli metodik qo’llanmalar va darsliklar ularga mansubdir.
O’zbekistonning boshlang’ich maktablarida tabiatshunoslikning o’qitilishi:
O’zbek tilida tabiatshunoslik bo’yicha birinchi tarjima adabiyoti 1919 yilda vujudga keldi. Bular «Boshlang’ich jug’rofiya» (A.A.Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), «Turkiston» (A.A.Kruberning «Rossiya jug’rofiyasidan ocherklar» kitobining ruschadan tarjimasi), T.N.Qori Niyoziyning o’qituvchilar uchun qo’llanma hisoblangan «Tabiatning parchasi» va boshqalar edi.
1927-12929 yillarda birinchi bosqich maktablar uchun o’lkashunoslik darsliklari – «Kichik turkistonlik» va «Bizning o’lka», «Tabiiyot bo’yicha o’qish kitobi» va boshqa darsliklar nashr qilindi.
1948 yildan e’tiboran boshlang’ich sinflarda tabiiyotni o’qitish sistemasi o’zgardi. 1-3 sinflarda tabiatshunoslik materiali izohli o’qish darslarida o’rganila boshlandi. Tabiiyot esa o’quv predmeti sifatida 4-sinfga kiritildi va o’zbek tiliga tarjima qilingan sobiq RSFSR dasturlari bo’yicha mahalliy materiallardan foydalanib o’rganildi.
1948 yili Ye.M.Belskaya shu dasturga asoslanib, «Rus tilida o’qish olib boriladigan O’zbekiston maktablarining 1-4 sinflari uchun dastur-metodik yo’l-yo’riqlar yaratdi, unda 1-3 sinf o’quvchilari bilan darslar va darsdan tashqari vaqtlarda (o’qituvchi rahbarligida) kuzatish va tajribalar o’tkazilishiga alohida e’tibor berildi.
1960 yildan barcha sinflarda o’qitish politexnizasiyalashtirilishi munosabati bilan yangi dasturlar joriy qilindi. Bunda 3-4 sinflardagi tabiatshunoslik darslari mehnat darslari bilan almashtirildi. Tabiatshunoslik faqat 4-sinfda qoldirildi, buning uchun 1961 yili O’zbekistonning tabiiy sharoitlari, o’simlik va hayvonot dunyosining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi «Tabiatshunoslik» darsligi (Ye.M.Belskaya va boshqalar) yaratildi.
70-yillarda O’zbekiston maktablarining yangi o’quv rejasi va dasturlariga o’tilishi munosabati bilan 2-3 sinflarda «Tabiatshunoslik» predmeti kiritildi, uni o’rganishga rus tilida o’qish olib boriladigan sinflarda 35 va 70 soatdan, o’qish o’zbek tilida olib boriladigan sinflarda 35 soatdan vaqt ajratildi.
1972 yili Ye.M.Belskaya tahriri ostida rus va o’zbek tillarida 2-sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi nashr qilindi. Bu darslik uch yillik boshlang’ich maktab dasturi bo’yicha qo’llaniladi. U qiziqarli mazmuni bilan farq qiladi, ikkinchi sinf o’quvchilarining yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzilgan va O’zbekiston o’simliklari va hayvonot dunyosining tipik xususiyatlarini aks ettiradi.
1974 yili 3-sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi nashr qilindi. Unda «O’lkamizning tabiati» mavzusiga katta e’tibor berildi. Uni o’rganish 2-sinfda o’tkazilgan kuzatishlarni umumlashtirish bilan boshlanar va tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda olib borilar edi. Topshiriqlar O’zbekistonning jonsiz tabiati obyektlari, o’simliklari va hayvonlarini kuzatishlardan maksimal foydalanishni nazarda tutgan.
O’qituvchilar uchun metodik qo’llanmalar nashr qilingan bo’lib, ularda tabiatshunoslik kursi metodikasi 2-3 sinflardagi shu fanni o’rganish xususiyatlari hisobga olingan holda bayon qilingan.
1986 yildan boshlab to’rt yillik boshlang’ich ta’limga o’tish munosabati bilan boshlang’ich maktab uchun, atrof olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo’yicha dasturlar hamda «Atrof olam bilan tanishtirish» va «Tabiatshunoslik» kurslari bo’yicha o’quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo’llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslik sikli bo’yicha o’quv kompleksi sistemaliligi, mazmunini rivojlantirilishi, sinfdan –sinfga o’tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib va kengaytirib borilishi, tuzilishga yagona yondashish, strukturaning vorisligi bilan ta’minlangan.
Ushbu qabul qilingan dasturlar hamda darsliklar Respublikmizning Mustaqilligiga erishganligidan so’ng uning dastlabki yillariga qadar amal qildi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’liga ega bo’ldi. Mustaqillik omili ta’lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablari asosida ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida» gi 1998 yil 5 yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan «Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda boshlang’ich ta’lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1-2 sinflarda «Atrofimizdagi olam» va 3-4 sinflarda «Tabiatshunoslik» fanini o’qitilishi ko’rsatib o’tildi.
Hozirgacha Respublikamiz miqyosida ushbu hujjatlarga muvofiq va «Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi nizom» ga amal qilgan holda ta’lim jarayoni olib borilmoqda.



Yüklə 172,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin