Muammoli masalalar va topshiriqlar: 1. Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi faniga atab katak daftar tuting. Bu daftarga tabiat to’g’risidagi har xil ma’lumotlarni yozib oling, gazeta hamda jurnallardan tabiat haqidagi maqola va rasmlarni kesib yopishtiring.
2. Daftaringizga jonsiz va jonli tabiatga oid bir necha jism nomlarini alohida yozing. Tabiatdagi qattiq, suyuq va gazsimon holda bo’lgan jismlar nomini ustunchalarga alohida-alohida ajratib yozing.
«U kim, bu nima» degan kitob (Bolalar ensiklopediyasi)ning birinchi jildidan Abu Rayhon Beruniy haqidagi maqolani o’qib chiqing va uning fanga qo’shgan hissasini gapirib bering.
Al-Xorazmiy, A.Beruniy va M.Ulug’bek haqida gazeta va jurnallarda berilgan ma’lumot va rasmlardan albom tuzing.
Abu Ali ibn sino haqidagi ilmiy maqolalarni o’qib chiqing va uning boshlang’ich sinflar tabimatshunoslik faniga qo’shgan hissasini izohlab bering.
Farobiyning odamning kelib chiqishi, inson organizmining funksiyalari haqidagi fikrlarini izohlab hozirgi tabiatshunoslik fanlariga uning uning qo’llanish usullarini ko’rsating.
O’rta Osiyoda tabiatni rivojlanishida hissa qo’shgan yana qaysi mutafakkirlarni bilasiz? Ular haqida ma’lumotlar yig’ib, daftaroaringizga rasmlar yopishtirib, qisqa ma’lumotlar bering.
B.M.Belskayaning O’zbekistonda tabiatshunoslikni o’qitilishida bajarilgan ishlari haqida ma’lumot bering va uning yozilgan ishlarining xronologik jadvalini tuzing.
A.G.Grigoryansning O’zbekistonda tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanini rivojlanishida tutgan o’rni haqida axborotlar tayyorlang.
Quyidagi jadvalni to’ldiring:
№
Mualliflar
Darslik
O’quv-metodik qo’llanma
Ilmiy maqolalar.
1
B.M.Belskaya:
2
A.G. Grigoryans:
3
4
O’zbekistonda tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanining rivojlanishida o’z hissalarini qo’shgan Goroщyenko V.P va Malkina P.G. lar haqida ma’lumotlar yig’ib, ularni izohlab bering.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda tabiatshunoslik o’qitish metodikasi fanining rivojlanishida ishlayotgan metodist – olimlar haqida axborotlar tayyorlang
Bilimni tekshirish uchun topshiriqlar: 1. Tabiat nima uchun o’rganiladi?
2. Tabiat qanday o’rganiladi?
3. Tabiat haqidag tasamvvurlar dastlab qaysi mamlakatlarda shakllangan?
4. O’rta Osiyoda tabiatni rivojlanshida hissa qo’shgan qaysi mutafakkilarni bilasiz?
5. Al-Xorazminyning tabiatshunoslik fanida qo’shgan hissasi haqida ma’lumot bering.
Bobur qanday tadqiqotlar olib borgan?
Jayhoniyning tabiatshunoslik fanida qo’shgan hissasi haqida ma’lumot bering.
Abu Nasr Farobiyning tabiatshunoslik fanida qo’shgan hissasini izohlab bering.
Farobiyning tabiat to’g’risidagi fikrlarini gapiring.
Abu Rayhon Beruniy Yerning shakli va Quyosh sistemasi haqida qanday fikrlar bildirgan?
Boburning tabiatshunoslik fanida qo’shgan hissasi ni izohlab bering.
Globusni birinchi marta kim yaratgan?
Zahiriddin Muhammad Bobur qanday o’simlik va hayvonlarni tasvirlagan? Ular qaysi mamlakatlarda uchraydi?
Bobur hayvonlarni necha guruhga bo’lgan?
Mirzo Ulug’bekning tabiatshunoslik faniga oid qilgan ishlarini tavsiflab bering.
Mirzo Ulug’bek rasadxonasida qanday tadqiqotlar olib borilgan?
Abu Ali ibn Sinoning tabiatshunoslikga oid bajargan ishlarini aytib bering.
Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fanining rivojlanishiga qo’shgan hissasi nimalardan iborat?
Beruniy tabiatshunoslikda qanday kashfiyotlar qilgan?
20.O’zbekistonning boshlang’ich maktablarida tabiatshunoslikning o’qitilish haqida ma’lumot bering.
21. Ye.M.Belskayaning O’zbekistonda tabiatshunoslik fanini o’qitilishida tutgan o’rni haqida ma’lumot bering.
22. Ye.M.Belskayaning tabiatshunoslik faniga oid yozilgan ishlarini ko’rsating.
23.A.G.Grigoryansning tabiatshunoslik faniga oid yozilgan ishlarini izohlab bering.
24. «Ta’lim to’g’risidagi Qonun» ning nechanchi moddalari boshlang’ich sinf muammolariga bag’ishlangan.
25. Davlat ta’lim standartlari va tabiatshunoslik faniga oid ko’rsatkichlarining asosiy mazmunini izohlab bering.
26. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi faniga oid mavjud adabiyotlarni aytib bering.
27.Hozirgi vaqtda O’zbekiston maktablarida tabiatshunoslikni o’qitish qanday yo’lga qo’yilgan, bu haqda fikrlaringizni bayon eting?
28.Hozirgi zamon O’zbekistonning tabiatshunoslik fanini rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlarning ishlari haqida ma’lumotlar yig’ib, ularni tavsiflab bering.
29.O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so’ng, tabiatshunoslikni o’qitishda qanday o’zgarishlar bo’ldi?