Sirtqi va maxsus sirtqi talabalari uchun O`slubiv qo`llanma Samarqand – 2019 kirish



Yüklə 172,15 Kb.
səhifə23/52
tarix07.09.2023
ölçüsü172,15 Kb.
#141878
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
-birinchidan, darslik va o’quv qo’llanmalarda fan erishgan yakuniy natijalar yaxlit holda aks etadi, bu esa bizga uning amaliyotga ta’sirining xarakterini tashhis qilishimizga imkon beradi;
-ikkinchidan, darslik va o’quv qo’llanmalari ona tili (terminologiya)ning yuksak darajadagi namunasini ko’rsata olish mahoratiga ega bo’lgan olimlar tomonidan yaratiladi. Darslik va o’quv qo’llanmalari tili ularni o’qiydigan kitobxonlar (o’quvchilardan tashqari talabalar, o’qituvchilar, metodistlar, olimlar, ota-onalar) savodxonligiga bevosita ta’sir etadi;
-uchinchidan, darslik va o’quv qo’llanmalardagi terminologik kamchiliklar ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqa tadqiqotchilar tushunishlarini qiyinlashtiradi.
Bir so’z bilan aytganda, darsliklarimiz tili ravon, sodda, ixcham matnlardan tashkil topgandagina, u bolalarning sevimli kitobi bo’ladi, o’quvchilar mustaqil holda o’rganishi mumkin bo’lgan «ikkinchi o’qituvchi» vazifasini bajaradi, bilim manbaiga aylanadi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, hozirgi zamon ta’limida didaktikaning semantik jihatlarini aniqlash kam o’rganilgan sohalarga kiradi. Hanuzgacha tushunish muammosi (mohiyati) har xil odamlar tomonidan har xil talqin qilinadi, didaktlar semantik jihatdan murakkab matnlar va g’oyalarni bayon qilish usullari ustida kam bosh qotirmoqdalar. Ilmiy konsepsiyalar murakkablashib, chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda semantik muammolar o’quv materialani bayon qilish, o’quvchilarni fan rivojining yangi davrini tashkil qiluvchi nazariyaga ertaroq olib kirish, ta’limda dalillar bilan nazariyalar munosabatlarini hal qilish muhim ahamiyatga ega. Bu masala ham tezroq o’z yechimini topishi kerak.
Yana bir muammo ustida to’xtalishni lozim topdik. Gap shundaki, biz ko’pincha «ta’lim mazmuni» bilan «o’quv fani mazmuni» tushunchalarini bir xil deb qaraymiz. Aslida unday emas. Oldingi tushuncha kengroq, ya’ni o’quv fani mazmuni faqat shu fanga oid bilimlarni – tushuncha, hukm, xulosalarni o’z ichiga oladi. Ta’lim mazmuni esa bulardan tashqari, ilmiy bilish metodlari, usullari va amallari, ya’ni o’quvchilarda mustaqil bilish malakalarini hosil qiluvchi metodologik bilimlarni (ta’rif, isbot, tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va hokazo) ham o’z ichiga oladi, bu borada ham darsliklarimizda anchagina kamchiliklar mavjud.
Lekin dasrliklarimiz qanchalik pishiq bo’lmasin, ulardagi ilm durdonalarini o’quvchining «kalla»siga quyuvchi o’tkazgich – o’qituvchi tayyor bo’lmasa, eski qolipdan chiqmay dars o’tsa, muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi.
Axir aytganlar, nima uchun o’quvchi erta bilan turib maktabga, darsga borishga shoshilmaydi? Nima uchun u dars o’tilmasligini ma’qul ko’radi? Nima uchun aksariyat darsliklarimiz zerikarli?
Darsda o’qituvchi bosh figura. U axborot berish,, tezroq-tezroq o’qitish bilan ovora. Lekin o’quvchilarnig yangiliklarni qabul qilish darajalari har xil, hohish-istaklari turlicha, ular passiv eshituvchi, quloq soluvchi, bu ularning o’quv jarayonidagi mas’uliyatini, javobgarlik hissini susaytiradi. Demak, ular mustaqil fikr yuritish, mushohada qilish, xulosa chiqarishdan yiroqda.
Unda nima qilmoq kerak? Dars jarayonida, ta’lim-tarbiyada o’quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta’lim jarayoni subyekti bo’lishi kerak, ya’ni o’qish, o’rganish, mutolaa qilish o’quvchi zimmasiga o’tishi kerak.
Har bir dars uchun ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, ya’ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan uchyoqlama maqsadlar qo’yiladi. Darsni tashkil qilish shakli uning qatnashchilarining o’zaro aloqalariga bog’liq bo’lib, u maqsadlarga, o’quv materiali xususiyatlariga, ta’lim metodlariga va o’quv imkoniyatlariga bog’liq. Bunga erishish uchun o’qituvchi rahnamoligida o’qituvchi bilan o’quvchilar birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni didaktikada o’quv jarayoni deyiladi. O’quv jarayoni uch komponentdan iborat deb qaraladi.
O’quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati shundan iboratki, o’qitishda ichki motivasiyadan (diqqatni tortish, ichki tuyg’u, istak, zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak. O’quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch – o’quvchi uchun ham, o’qituvchi uchun ham ichki motivasiya bo’lishi kerak. Bunda o’quvchilar bilim olishga intilish (xuddi benzini bo’lmasa, avtomashina o’rnidan qo’zg’ala olmagani kabi, bilim olmasang, sening hayotda o’rning yo’q, jamiyatga qo’shila olmaysan ...) va bilim olishga ehtiyoj bo’lishi kerak, o’qish maqsadlari ichki ehtiyojga aylanishi kerak. O’quvchi real hayotga kirib borish uchun, unda faol ishtirok etish uchun bilim, ko’nikma va malakalar bilan birga ilmiy bilish metodlariga ega bo’lishi kerakligini ongli ravishda tushunib yetishi lozim. Chunki ochiq jamiyatning asosiy belgisi – bu dunyoni anglab yetish va unda o’zining munosib o’rnini topish uchun erkin izlanishdir.
O’qituvchidan o’quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o’zlashtirishni, zarur malaka va ko’nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni tafakkur va bog’lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik tamoil bu ta’limdagi faollikdir. Faollik tamoili onglilik tamoili bilan bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bor.Bunday tizimda o’quvchi ham, o’qituvchi ham ta’lim-tarbiya jarayoniga birgalikda mas’uldirlar. Ular birgalikda harbir o’quvining bilim va qobiliyatini, individual ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holatda o’qituvchi faqat «baholovchi» emas, balki yangi bilimlar yetkazuvchi manbaga aylanadi.
Jahon pedagogik leksikoni qatoridan allaqachonlar «innovasiya» tushunchasi keng o’rin olgan. Bu tushuncha «yangilik», «isloh» tushunchalari bilan ayniylashtiriladi. Keng ma’noda qaraganda ta’lim tizimidagi harqanday o’zgarish – bu pedagogik innovasiyadir. Dastlab bu tushunchalarni ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarga nisbatan qo’llashgan, so’ngra ta’lim tizimidagi har qanday yangiliklarga nisbatan qo’llandi. Pedagogik texnologiya deb atalishining boisi ham shunda. Hozirga kelib pedagogik innovatika fani shakllandi. Pedagogik innovatika – pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o’zlashtirish, nihoyat, uni amaliyotda qo’llash haqidagi ta’limot sifatida qaraladi. Bu ta’limot uch yo’nalishni o’z ichiga oladi:
birinchisi- pedagogik neologiya (yunoncha neo – yangi va logos-ta’lim; yangilik haqidagi ta’limot) deyilib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o’rganiladi, umumlashtiriladi;

Yüklə 172,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin