69
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
oqsil tarkibida juda ko‘p aminokislotalarning bo‘lishidir. Aminokis-
lotalarning o‘rtacha molekular og‘irligi taxminan 138 ga teng bo‘la-
di. ular o‘zaro peptid bog‘ hosil qilib
birikkanda bir molekula suv
ajralib chiqqanligi sababli ularning molekular og‘irligini 120 deb
qabul qilinsa bo‘ladi. o‘rtacha 300 ta aminokislotadan iborat oqsil
molekulasining molekular og‘irligi 300x120=36000 ga teng bo‘la-
di. oqsillarning xossalari xilma-xildir. Misol uchun,
suvda mutlaqo
erimaydigan oqsillar, suvda oson eriydigan oqsillar ham mav-
jud. Turli xil ta’sirlarga
chidamli yoki chidamsiz, masalan, kuchsiz
yorug‘lik yoki biror bir arzimagan mexanik ta’sirdan o‘zgaradigan
oqsillar ham mavjud. Lekin barcha hollarda oqsillarning xossa lari
bilan strukturasi uning bajaradigan
funksiyasiga mos keladigan
bo‘ladi.
Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar ikki xil: tolasi-
mon va yumaloq yoki tuxumsimon shaklga ega. Tolasimon oqsil-
larga
hayvonlaning junidagi, odam sochi, muskuli va ipak qurti-
ning ipagidagi oqsillar kiradi. Muskullar
tarkibidagi oqsillar qisqa-
rish va cho‘zilish xossasiga ega bo‘lib, harakatni ta’minlaydi. Yu-
maloq oqsillarga esa hujayradagi eruvchan oqsillar misol bo‘ladi.
Bularga ko‘pincha katalizatorlik vazifasini bajaruvchi oqsillar va
qondagi gemoglobin oqsillari kiradi. Yuksak darajada faol, tuzilishi
oson o‘zgaradigan oqsillar katalizatorlik
vazifasini bajaradi, shu bi-
lan birga tashqi muhitdan keladigan signallarni qabul qilib oladi va
hujayraga o‘tkazadi.
oqsil molekulasi suvda mayda zarrachalarga bo‘linib, kol-
loid eritma hosil qiladi. uning tabiiy holati
turli tuzlar eritmasi
ta’sirida o‘zgaradi. oqsil holatining bunday o‘zgarishiga
Dostları ilə paylaş: