27 §. Oqsillarning funksiyasi hujayrada oqsillar turli xil funksiyalarni bajaradi.
qurilish funksiyasi — oqsillar hujayra va uning organoidlari
membranasini hamda membranasiz organoidlarni hosil qilishda
ishtirok etadi. oqsil membraning ajralmas qismidir.
oqsillarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri
katali zatorlik funksiyasidir. hujayra katalizatorlari odatda
fermentlar deb ataladi. hujayrada kechadigan moddalar almashinuvi jarayo-
nini fermentlar ta’minlab beradi. Barcha fermentlar oqsil tabiat-
ga ega bo‘lib hujayraning o‘zida sintezlanadi. hujayra ichida fer-
mentlar bir vaqtning o‘zida yuzlab minglab reaksiyalarni tezlata-
di. hujayradagi har bir reaksiyaning ketishi uchun ayrim ferment
ke rak bo‘ladi. Ya’ni har bir ferment alohida birikmaga tanlab ta’sir
ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Signal funksiyasi — hujayra membranasining yuza qismi-
da o‘zi ning uchlamchi strukturasini tashqi muhit omillari ta’sirida
o‘zgartira oladigan oqsil (radopsin) molekulalari joylashgan. Tash-
qi muhitdan signallar qabul qilish va hujayraga axborot berib tu-
rish oqsil strukturalarni o‘zgarishi orqali amalga oshadi.
Harakat funksiyasi — yuksak hayvonlarning hujayralari
uchun zarur bo‘lgan harakatlarining hamma turlari, sodda hayvon-
larda kipriklarning tebranishi, xivchinlar ning harakatlanishi maxsus
qisqaruvchi oqsillar faoliyati tufayli amalga oshadi.
Transport funksiyasi — bu oqsillarning o‘ziga kimyoviy ele-
mentlar yoki biologik faol moddalarni biriktirib olishi va xilma-xil
to‘qima hamda organlarga yetkazib berishidir. eritrotsit tarkibidagi
gemoglobin oqsili kislorodni biriktirib olib barcha to‘qima va organ-
larga tashib beradi, organlar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan kar-
bonat angidrid gazini o‘pkaga olib keladi.