87
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
15–16 g organik moddani hosil qiladi. o‘simliklarni
issiqxonalarda
sun’iy yoritish, suv bilan ta’minlanishi va boshqa sharoitlarni yax-
shilash orqali fotosintez mahsuldorligini oshirish mumkin.
o‘simlik hujayralari ham kecha-kunduz
nafas olib, tashqi mu-
hitga karbonat angidrid gazini ajratib turadi. Lekin fotosintez nati-
jasida o‘simlik hujayrasidan ajralib
chiqadigan kislorod miqdori
bir vaqtda davom etadigan nafas olish jarayonida olinadigan kis-
loroddan 20–30 baravar ko‘p bo‘ladi. Bu esa atmosfera havosi
tarkibidagi kislorodning doimo muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi.
1. Tirik organizmlar oziqlanish xiliga qarab qanday guruh-
larga ajratiladi?
2. Fotosintez deb nimaga aytiladi?
3. Fotosintezning yorug‘lik
bosqichida qanday jarayonlar
amalga oshadi?
4. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichida qanday jarayonlar
amalga oshadi?
masalani yeching
1. No‘xat o‘simligi hujayralarida yorug‘lik energiyasi hisobiga gluko-
zaning to‘liq parchalanishidan 2356 molekula ATF sintezlanadi. Gyu koza
parchalanishining ikkinchi bosqichida o‘simlik
hujayrasida sintez langan
ATFda to‘plangan energiya miqdorini (kJ) aniqlang.
34- §. Xemosintez
Tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lmagan ayrim bakteriyalar ham
organik birikmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. ular anorga-
nik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan ener-
giyadan organik moddalarni sintez qilish uchun foydalanadi.
kimyoviy reaksiyalar energiyasini hosil bo‘layotgan organik birik-
malarning kimyoviy
ener giyasiga aylantirish
xemosintez
deb ata-
ladi. Bakteriyalar asosan anorganik moddalar oksidlanish reak-
siyalardan hosil bo‘lgan energiyani organik moddalarni sintezlash-
ga sarf qiladi. Bularga bir qator mikroorganizmlar: ammiakni azot
http:eduportal.uz
88
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
kislotaga aylantiruvchi
nitrifikator bakteriyalar, ikki valentli temirni
uch valentli temirga aylantiruvchi temir bakteriyalari, oltingugurt
vodo rodini sulfat kislotaga aylantiruvchi oltingugurt bakteriyalarini
misol qilib ko‘rsatish mumkin. Atmosferadagi azotni o‘zlashtiradi-
gan ayrim erimaydigan minerallarni o‘simlik tomonidan o‘zlashtira-
digan shakllariga aylantiradigan xemosintetik bakteriyalar tabiatda
moddalarning davriy aylanishida muhim aha miyatga ega.
Xemosintezni amalga oshiradigan mikroorganizmlardan azot
to‘p lovchi va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar
eng muhimi hisoblana
-
di. ular uchun ammiakni nitrat kislotagacha oksidlanish reaksiyasi
energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa guruhi nitrit kislotani
oksidlab nitrat kislotaga aylanish reaksiyasidan ajralib chiqadigan
energiyadan foydalanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan
mikroorganizm-
lar, ayniqsa, azot to‘plovchi bakteriyalarning roli juda katta. ular
hosildorlikni oshirish uchun muhim ahamiyatga ega, chunki havoda
bo‘ladigan va o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan azot ana shu bak-
teriyalarning hayot faoliyati natijasida o‘simliklar tomonidan yaxshi
o‘zlashtiriladigan azot birikmalariga aylantirib beriladi.
1. Xemosintez deb nimaga aytiladi?
2. Xemosintezlovchi organizmlarga misollar keltiring.
3. Xemosintezlovchi organizmlarning
tabiatdagi roli nimadan
iborat?
Dostları ilə paylaş: