Reninning anchagina qismi olib keluvchi arteriolaning atrof to’qimasiga - interstitciyga ham
o’tib, limfaga quyiladi. Re-nin moddasining ta’siri natijasida qon bosimi ortadi. Bun-day ta’sir
asosida qondagi angiotenzinogen moddasining renin ta’sirida angiotenzin I ga aylanishi va
nihoyat u moddaning qon bilan o’pka orqali o’tishi natijasida tomirlarga kuchli ta’sir etish
xususiyatiga ega bo’lgan angiotenzin I ga aylanishi yotadi. Renin - angiotenzin sistemasi tana
qon tomirlarigagina emas, balki buyrak qon tomirlariga ham ta’sir qilib, buyrak-da fil’tratciya
jarayonini va qon aylanish tezligini o’zgartira-Di. Renin va angiotenzin buyrak usti bezining
gormoni - al’-desteron sintezi va sekretciyaga ta’sir etadi. Distal naylardagi siydik tarkibidagi
natriy kontcentratciyasining kamayishi o’z238-r.asm. Olib keluvchi arteriyaning elektrom
mikrofotografiyasi. xYU. 000.
YUkstaglomerulyar kompleksning
«zich dog’» hujayralaridan iborat tarkibiy qismiga nefron
distal nayining buyrak tanacha-si arteriolalari orasida Gurmagtig hujayralariga qaragan yuzasida
yotuvchi qism kiradi. Nefron distal nayi devoridagi hu-jayralarning ul’trastrukturasi
solishtirilganda «zich dog’» hujayralarining o’ziga xos tomonlari yaqqol namoyon bo’ladi. Bunda
macula densa hujayralari bo’ychan tcilindrsimon bo’lib, tcitoplazmasining matriksi zich,
yadrolari hujayraning o’rtasi-da yotadi, Gol’ji kompleksining inversiyasi kuzatiladi. Distal nayning
odatdagi hujayralarida bu organella hujayralarning apikal qismida yotsa, «zich dog’»
hujayralarida yadro ostida hujayra bazal qismida joylashadi. «Zich dog’» hujayralarining yana bir
muhim farqlaridan biri - hujayraning tubida bazal plazmolemmaning ko’p sonli burmalarining
yo’qligidir. Macula densa ning bazal membranasi nihoyatda yupqadir, shuning uchun boshqa
hujayralar bilan uning kontakti ancha engil bo’lsa ke-rak. Ko’pnncha, Gurmagtig hujaGfalari
orasida yotuvchi bazaltcitoplazmatik o’simtalar ham uchrab turadi. Bazal membrana bu
o’simtalarni o’rab turadi.SHunday qilib, «zich dog’» hujayralari distal nayning odat-dagi
hujayralaridan o’ziga xos bir qator muhim tomonlari bilan ajralib turadi.
Gurmagtig (lacis
polkissen)
hujayralari glomerulyar arterio-lalar va macula densa orasida hosil bo’luvchi
konussimon may-donda yotadi. Bu hujayralar mezangial hujayralarga tegib yotadi. SHunday
qilib, Gurmagtig hujayralari bir vaqtning o’zida yukstaglomerulyar kompleksning barcha
hujayralari bilan kontaktda bo’luvchi, ularni o’zaro birlashtiruvchi yagona kompo-
nentdir.Gurmagtig hujayralari uzunchoq bo’lib, yadrosi yirik va cho’-ziqdir. Kam sonli
organellalari tcitoplazmasida tekis tarqal-gan. Hujayralar orasida bazal membrana strukturasiga
ega bo’lgan modda qatlamlari yotadi. Bu hujayralarning ul’trast-rukturasini o’rganish ularning
topografik, genetik va funktcio-nal jihatdan mezangial hujayralarga yaqinligini ko’rsa-tadi.
Dostları ilə paylaş: