qonda ba’zi bir moddalarning miqdori haddan tashqari ko’paysa ham (masa-lan, mochevina) u
moddalar kanal hujayralaridan sekretciya bo’la boshlaydi. Bu esa nefron nayi sekretciyasining
siydik ho-sil bo’lishida rezerv omillardan biri sifatida xizmat qili-shini ko’rsatadi.Buyrakning
yoshga qarab o’zgarishi. Tekshirishlar postembrio-nal davrda buyrakda ancha o’zgarishlar bo’lib
o’tishini ko’rsatadi. Po’stloq moddaning qalinligi yangi tug’ilgan buyrakning 20-25% ini tashkil
etsa, voyaga etgan vaqtda 1/2, va 1/3 qismini tashkil etadi. Ammo bu davrda buyrak
massasining ko’payishi yangi nefron-lar hosil bo’lishi bilan bormay, balki mavjud neyronlarning
o’sishi va differentciallanish hisobiga bo’ladi. YAngi tug’ilganlar-da proksimal naychaning
qalinligi 18-36 mkm bo’lsa, voyaga etgan organizmda 40-60 mkm dir.
YOSH
oshib borgan sari
neyronning uzunligi o’zgarib boradi, ya’ni uzayadi. Qarilarning buyrakla-rida sklerozga uchragan
neyronlar ham bo’ladi. Bu davrda buy-rak hujayralarining proliferativ aktivligi susayib, mitotik
bo’linish deyarli bo’lmaydi.Innervatciyasi. Buyrak simpatik va parasimpatik nervlar bilan va orqa
miyaning orqa ildizchasi - afferent nerv tolala-ri bilan ta’minlanadi. Nervlar buyrakka, asosan,
tomirlar bilan kirib, nerv oxirlari barcha katta-kichik arteriya, vena, arteriola va venulalarning
hamma qavatlarida joylashadi. Ham simpatik, ham parasimpatik nerv oxirlari endoteliy ostidagi
bazal membrana ostida tarmoqlanadi.
Dostları ilə paylaş: