Siydik ajratuv sistemasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix09.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68110
1   2   3   4   5   6
Айириш сис.маьруза матни

SIYDIK CHIQARUV YO’LLARI 
Siydik chiqaruv yo’llari buyraklarda uzluksiz hosil bo’lib^ turadigan siydikni tashqi muhitga 
chiqarib turadi. Siydik chi-qaruv yo’llariga buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi, siydik 
pufagi (qovuq) va tashqi siydik chiqaruv yo’li kiradi.Buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi 
va qovuqning umumiy tuzilishi o’xshash bo’lib, ularda 4 pardani farq qilnsh. mumkin: shilliq, 
shilliq osti, mushak va adventitciya. Buyrak kosachalarida bir qavatli epiteliy asta-sekin ko’p 
qavatli: o’zgaruvchan epiteliyga almashadi. Buyrak jomlarini siydik nayining buyrak ichida 
joylashgan qismi deb qarash mumkin. U ham boshqa siydik yo’llari kabi ko’p qavatli 
o’zgaruvchan epite-liy bilan qoplangan. Epiteliy ostida siyrak tolali birikti-ruvchi to’qimadan 
iborat shilliq pardaning xususiy qavati yotib, u shilliq osti pardada davom etadi. SHuni qayd 
qilish kerakki, "siydik chiqaruv yo’llarining hamma qismlarida shilliq parda-ning mushak 
plastinkasi bo’lmagani uchun shilliq pardaning xu-susiy qavati va shilliq osti pardasi orasida aniq 
chegara yo’q. Mushak parda jomlarda 2 qavat: ichki - bo’ylama, tashqi - aylana bo’lib joylashgan 
silliq mushak hujayralaridan iborat... Buyrak so’rg’ichlari sohasida faqat aylana joylashgan 
mushak. tutamlari bo’lib, ularning qisqarishi siydikni piramidadan-ajralib chiqishiga yordam 
beradi. 
SIIDIK NAYLARI 
Siydik naylarida shilliq, shilliq osti, mushak va adventi-tciya pardalari aniq ajraladi (239-rasm). 
SHilliq pardada o’z-garuvchan epiteliy bilan qoplangan bo’lib, unda bo’ylama joy-lashgan 
burmalar bo’ladi. Burmalar siydik nayi kengaygan-vaqtda tekislanadi. Siydik nayining pastki 
qismida, siyrak, biriktiruvchi to’qimadan iborat shilliq osti pardasida prostata beziga o’xshash 
tarmoqlangan bezchalar bo’ladi. Siydik nayishshg mushak parda.si yuqorida ikki, pastki qismida 
esa uchta qatlam joylashgan silliq mushak tolalaridan iborat. Mushak tutamla-ri ichki va tashqi 
qatlami bo’ylama, o’rtada esa aylanma yo’na-lishga ega. Siydik nayining siydik pufagi devorida 
joylashgan qismida mushak parda faqat bo’ylama mushaklardan iborat. Bu mushaklarning 


qisqarishi qovuq mushaklarining holatidan qat’-iy nazar, siydik nayining teshigini ochib, 
siydikning pufakka o’tishini ta’minlaydi. Siydik nayining adventitciya pardasi; atrofdagi 
to’qimalar bilan qo’shilib ketadi. 
QOVUQ 
Qovuqning shilliq pardasi o’zgaruvchan epiteliy va siyrak-tolali shakllanmagan biriktiruvchi 
to’qimali xususiy qatlam-dan iborat (240-rasm). Biriktiruvchi to’qimali qatlam qon va 
limfa tomirlariga boy. Mayda qon tomirlar epiteliyga juda yaqin yotadi. Qovuq shilliq pardasi 
siydik yo’q vaqtda burmalar hosil qilib, bu burmalar qovuq siydikka to’lganda tekislanadi. 
Qovuqning uchburchak sohasining shilliq pardasida burmalar bo’lmaydi. Bu sohada shilliq osti 
pardasi yo’q bo’lib shilliq pardaning xususiy qavati mushak parda bilan birlashib ketadi. Bu 
sohada siydik nayining pastki qismidagi bezlarga o’xshash bezlar joylashgan. Qovuqning boshqa 
qismlarida shilliq parda 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin