Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

YO'LIM  BOSHQA
Bolarining  ko'nglin  ko'ring  -  gul tanlaydi, 
Ko'kragimda  qizil  gul  bor -  gulim  boshqa.
Ko'z yoshi  ham  yuzga  tushsa  yo'l tanlaydi, 
Hamma  boshqa  yo'lda,  mening  yo'lim  boshqa.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Sizlar uchun  unutilgan  eski  tushman, 
Daftarlarda  ismim  uzra  chiziq  tushgan. 
Aqligamas,  savqiga  bo'ysungan  qushman, 
Ko'zlagan  manzilim  boshqa,  elim  boshqa.
Qulog'imdan  yurakka  bir sas o'tadi, 
Shitir-shitir xazon  ila  xas o'tadi,
Hayot qanday yashamoqdan  dars o'tadi, 
Ammo  hayot boshqa  ekan,  ilm  boshqa.
Bahorgi soy  kabi jo'shib, to'lib olsam, 
Guldurakdek samolarda  kulib olsam,
Bir munosib  ajal  topib,  o'lib olsam,
Keyin  meni yo'qlamasa  o'lim  boshqa.
1998
MEROS
Yomg'ir loyga  yoqqan  zamonda, 
Suvlar soyga  oqqan  zamonda, 
Boylar boyga  boqqan  zamonda, 
Menga  qarab  kulgan  yo'qchilik.
Iligini  so'rib  ilkimning, 
Sarg'aytirgan  guldek singlimni, 
Erta  ulg'aytirgan  o'g'limni, 
Jigarimni tilgan  yo'qchilik.
Dada,  balki  sizni  o'limdan 
Asrash  kelarmidi qo'limdan... 
Siltab tortib  eski to'nimdan,
Meni  etim  qilgan  yo'qchilik.
Minnatli  osh,  bu  -  sochma  o'qdek, 
Ich-ichingni  kuydirar cho'g'dek. 
Qorin  ochu  nazarim to'qdek,
Meni  aziz  bilgan  yo'qchilik.
To'g'ri,  nima  kelsa  -  Xudodan, 
Da'voyim  yo'q  eski  dunyodan. 
Taskin  shuki,  Odam  Atodan 
Menga  meros qolgan  yo'qchilik.
2001


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
YULDUZ
Yulduz,  kechir meni,  kechir,  yulduzim, 
Iqboling  kulsa  ham  baxting  kulmadi. 
O'zimga  mahliyo  bo'ldim-u  o'zim 
Ko'nglingni olishga  vaqtim  bo'lmadi.
Men  senga  muhtojman,  intiqman,  zorman, 
Bilmayman,  bormanmi-yo'qmi,  yodingda. 
Agar aybdor bo'lsam,  yolg'iz aybdorman  - 
Xudoning  oldida,  sening  oldingda.
Kechalar yodimga tushganda  ko'zing, 
Somon  yo'llarida  changidi  kulim.
Osmonim  muattar aylagan  o'zing, 
Hamishabahorim,  hamishagulim!
O'zimdan,  ehtimol,  seni  asradim,
Bildimki,  men  bilan  baxting  kulmaydi. 
Yig'lasam, yig'iga  sig'mas  hasratim, 
She'rda  hamma  gapni  aytib  bo'lmaydi.
Yulduzni  etaklab  Shoshga  kech  kirsa, 
Farg'onajonimga  oqadi  dilim.
Meni  unutmagin,  meni  kechirma, 
Hamishabahorim,  hamishagulim!
2003

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin