Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

SIYOM  EGIZAKLARI
Ism  boshqa  xolos, jismu jon  bitta, 
Bir-biriga  zimdan  qarashar ekan, 
Ba'zisida  yurak,  oshqozon  bitta, 
Shular ham  goh  ovqat talashar ekan.
2003
ВАХТ
Tashvish tashlamasin  yuzingga  soya, 
Quvonching  topmasin  aslo  nihoya. 
Men  baxtiyor bo'lay  baxtingni  ko'rib, 
Menga  shunisi  bas,  menga  kifoya.
2004


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
SHE'RIM
Eng  go'zal  mamlakat -  Qo'shtegirmonda 
Mensiz oqarar tong,  oqadi  suvlar... 
Tushlarini  suvga  sochadi tongda 
Onhazratning
qizlaridek
suluvlar...
Meni  unutolmay qiynalar qishloq, 
Turnalar yig'laydi  osmonlarida. 
Tovonimni  qo'msab,  qabarar tuproq, 
Qolarman tuproqning tovonlariga!
Og'ilda  o'roqni  sarg'aytirar zang,
Dalalar kuzatar zarrin  mezonni.
Daydi  epkinlarning  topgani  nayrang:
Nay qilib  puflaydi siniq  somonni...
Eng  go'zal  mamlakat -  Qo'shtegirmonda 
Qon  yig'lab  gulbargin  to'kadi  gullar. 
Ma'yus  ketib  borar mag'rib tomonga 
Mendan  arazlagan  farishta  kunlar...
1988

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin