Sizni kuylayman


KUYGANYORDA YOZILGAN  SHE'R



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

KUYGANYORDA YOZILGAN  SHE'R
Meni  yomon  ranjitding,
Sendan  qattiq  xafaman.
Lekin  sendek  kuydirgi 
Qizni  qaydan topaman.
Sevgi,  sevgi,  der ekan,
Sevgi  dilni  er ekan.
Qizga  mehring  berguncha 
Muzga  bag'ring  berekan.
Buloqdek qaynab yotsam, 
Sochingni  o'ynab yotsam,
Hech  kim  xalal  bermasa, 
Ko'zingni  o'ylab yotsam.
Yuragingni  kuydirgan 
Sevgi  -  qizilcho'g'  ekan. 
Yashnar ekan  uftortsang.
Puf deganda yo'q  ekan.
Azob  chekkin,  ataylab 
Qo'lingdan  suv  ichmayman. 
Ko'ylagimning  tugmasi 
Botmasin,  deb quchmayman.
1998


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
HUZUR
Qalampirga  qo'shib  eyman  holvani,
Ajrata  bilmayman  misni tilladan.
Qo'limga  uraman  doim  bolg'ani,
Jonimni og'ritib  huzur qilaman.
Suv  ichsam  ko'zimdan  toshadi darrov, 
Yig'lasam,  holimga  o'zim  kulaman.
Yo'q joydan yo'limda  yarataman  g'ov, 
Jonimni og'ritib  huzur qilaman.
Yayrayman  tepkilab,  toptab dilimni,
Siz  bog'dan  kelsangiz,  chohdan  kelaman. 
Eng  zarur pallada tishlab tilimni,
Jonimni og'ritib  huzur qilaman.
Yaramni  ko'chirib  sepaman tuzni,
Eng  ko'rimli joyga  surat ilaman.
Kun  bo'yi  ataylab o'ylayman  sizni, 
Jonimni og'ritib  huzur qilaman.
Bir so'zning  quliman,  bir kalomga  zor,
Siz  menga  achinmang,  shafqat tilamang. 
Menga  ozor bering,  azizim,  ozor,
Jonimni og'ritib  huzur qilaman.
1998

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin