Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

ENTIKARDI...
Entikardi  adirlaru  dalalar,
Qizil  kiygan  qizdek qirmiz  lolalar. 
Qizil  kiygan  qizni  yaxshi  ko'rardim, 
Bilar edi  tog'alaru  xolalar.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Dirillardi  mendan  qochib varraklar, 
Varragimdan  cho'chib  uchgan  laylaklar. 
Hurkak-hurkak titrab tunda  yuraklar, 
To'lqin-to'lqin tortar edi  nolalar.
Bola  edim  bo'shanggina,  ko'ngilchan, 
To'shak bo'ldi  go'shanggaga  ko'ngilchang. 
Mana,  bugun  bo'yga  etib  o'g'ilchang 
Senga yozgan  she'rlarimni  yod  olar.
Mening  esa  qonim  qaynab jo'sh  urar, 
To'lqin-to'lqin tortib,  gup-gup  musht urar. 
Qaytib-qaytib yuragimga  bosh  urar,
Sen  tug'ishing  kerak  bo'lgan  bolalar.
2002
BIR KUN
Bir kun  kelib,  qabog'ing  qirg'oq  bo'ladi,
Ikki  chashming  -  ikkita  irmoq  bo'ladi, 
Kiprigingdan  dilda  mavj  - titroq  bo'ladi, 
O'shanda  ham  bitta  man  dengiz  bo'laman.
Bir kun  kelib,  barmoqlaring  shox  bo'ladi, 
Tirnoqlaring  bittadan  yaproq  bo'ladi,
Besamar bosh  qo'yganim  - tuproq  bo'ladi, 
O'shanda  ham  bitta  man  ildiz  bo'laman.
Bir kun  kelib,  chor atrof chorbog'  bo'ladi, 
Oyday to'lib,  olmalaring  oq  bo'ladi, 
Devoringga  epkin  urgan  -  oh  bo'ladi, 
O'shanda  ham  bitta  man  olis  bo'laman.
Bir kun  kelib,  ayriliq  adog'  bo'ladi,
Tog'ni  quchib,  ko'zyosh to'kkan  - tog'  bo'ladi. 
Sening  umring  dunyodan  uzoq  bo'ladi, 
O'shanda  ham  bitta  man  yolg'iz bo'laman.
1995
TILLO ZANJIR
Bo'yningizga  tillo zanjir solgan  kim? 
Tillo zanjir solib  bog'lab olgan  kim? 
Qaysi  baland  qo'rg'onlarning  gulisiz? 
Kulsangiz  ham  bunchalar qayg'ulisiz?


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Mohitobonmisiz  bulutga tutqun?
Yoki jayronmisiz  burgutga tutqun?
Yoki soyning  ermagi  -  sumbulisiz? 
Kulsangiz  ham  bunchalar qayg'ulisiz?
Yo jilg'asiz o'zanidan  adashgan,
Yo yulduzsi  nogoh  erlarga  tushgan,
Yoki  qora  qismatning  bir qulisiz? 
Kulsangiz  ham  bunchalar qayg'ulisiz.
Men-ku  hasrat,  qayg'ularga  ko'nganman, 
Hammasini  she'rlarimga  ko'mganman. 
Qaysi  shoirning  ezilgan  dilisiz?
Kulsangiz  ham  bunchalar qayg'ulisiz?
1998

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin