Sizni kuylayman


Ehtirom  bilan  Iqbol  Mirzo



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

Ehtirom  bilan  Iqbol  Mirzo, 
15.01.2007.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
BUNCHALAR SEVDIRDING  MENI,  BUNCHALAR?
Oy - к о 'kka  tavakkal chertilgan  tanga,
Holbuki,  har ikki olam bir menga.
Ayt,  nima yomonlik qilovdim senga?
Bunchalar sevdirding meni,  bunchalar?
ISTAYSIZMI-YO'QMI
Istaysizmi-yo'qmi,  gardun  aylana, 
Istaysizmi-yo'qmi,  qaytib  kelaman. 
Sog'inmagan  ko'zingizdan  aylanay, 
Istaysizmi-yo'qmi,  sizni  sevaman.
Oy  botadi  -  yulduzlarning  habibi,
Tong  otadi,  ta'nasi yo'q  samimiy. 
Tabiatning  qonunidek tabiiy - 
Istaysizmi-yo'qmi,  sizni  sevaman.
Quchog'iga  yashirmaydi  xiyobon, 
O'rtamizda  udum  otlig'  biyobon.
Sizga  nima,  kuysam  o'zim  kuyaman, 
Istaysizmi-yo'qmi,  sizni  sevaman.
Chaqmoq  kalit bo'ldi  qulfi  dilimga, 
Tegmagan  bir qizning  zulfi  dilimga. 
Sizdan  o'zga  xon  yo'q  mulki  dilimga, 
Istaysizmi-yo'qmi,  sizni  sevaman
Boshingizda  yaproq  bo'lib aytaman, 
Poyingizda  tuproq  bo'lib aytaman. 
Tuproqdayam  mushtoq  bo'lib aytaman, 
Istaysizmi-yo'qmi,  sizni  sevaman.
1998

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin