Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 433
w www.oriens.uz March 2022 Demokratiyaning mezonlari ko‘p qirrali bo‘lib, unda siyosiy erkinlik, fuqarolik
huquqlari, davlat tomonidan va adolatli jamiyat qurilishida, boshqaruv jarayonlarida
ishtirok etishga intilgan, ijtimoiy bahslarga qatnashgan, o‘z xatti-harakatlari,
mas’ullik faoliyati bo‘yicha murosa lozimligini tushungan fuqarolar tomonidan
qadrlangan taqdirda u doimo rivojlanib keladi.
Bundan tashqari, “demokratiya” qanchalik tarixiy-siyosiy mazmunga ega
bo‘lmasin, uning o‘ziga xos mas’uliyat yuki mavjud. Jamiyatni demokratiyalashtirish
har qanday demokratiyaga “yashil yo‘l” ochib berishni maqsad qilibqo‘ymaydi.
Haqiqiy demokratiya inson shaxsiga eng oliy qadriyat sifatida qaraydiva ularni
hokimiyatini boshqarish ishlarida faol ishtirok etishlari uchun zarur bo‘lgan tizimni
yaratadi. Unda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov tizimi asosiy o‘rin
tutadi.O‘zbekistonda mahalla tizimini isloh etilib, bir tizimga o‘tilishi fuqarolarga
siyosiy erkinliklarini, huquqlaridan atroflicha foydalanish imkoniyatini berdi. Jamiyat
hayotini isloh etishga, shakllangan quyi tizim o‘rnida tamomila yangi siyosiy
jarayonlar qaror topishga shart-sharoitni vujudga keltirmoqda.
Bu insonlar ongi, tafakkurida jamiyat siyosiy hayotiga qarashda yangicha
yondashuvga “totalitar ong va tafakkurni” barham topib borishiga muhim turtki
bo‘ldi. Fuqarolarning davlat hokimiyatida ishtiroki jarayon sifatida yangicha mazmun
bilan boyib bormoqda. Bu jamiyatda vujudga kelgan xilma xil demokratik institutlar
bilan bevosita bog‘liq. Shu nuqtai nazardan yondashganda davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarining vazifalari o‘zgarayotganligini va isloh etilayotganligini
kuzatmoqdamiz.Ayniqsa, eski shakllangan xalq mentaliteti va dunyoqarashida yangi
jamiyatga xos o‘zgarishlarni amalga oshirish, fuqarolik jamiyatiga xos mezonlar va
qadriyatlarnifuqarolar ongiga snngdirish bu sohadagi eng sermehnat va mashaqqatli
jarayonlar sirasiga kiradi. O‘tish davridagi islohotlarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlarini zamonaviylashtirish va erkinlashtirishga qaratilgan jarayonlari ham milliy
o‘zlikni anglash, ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish, o‘ziga xos yo‘llarni kashf
etish kabi qator izlanishlar samarasi o‘laroq tobora kengroq turmush tarzimizga
singib bormoqda. Bu sohadagi islohotlarni chuqurlashtirishdadavlatning bosh
islohotchi sifatida amalga oshirgan chora-tadbirlari tufayli o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, ya’ni mahalla institutlari fuqarolik jamiyatini shakllantirishning milliy
asosi bo‘lib qoladi.