Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 432
w www.oriens.uz March 2022 ravnaq topadi, natijada har bir oila farog‘atda hayot kechiradi. Bunday tajriba
Yaponiya uchun ham g‘oyat zarur, deb hisoblayman.”
Yaponiyalik Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarini o‘rganish instituti ijrochi
direktori T.Tanaka: “Mahalla nafaqat fuqarolik jamiyatining asosi, balki
demokratiyaning katta maktabidir. U, albatta, xalqning ma’naviy hamda madaniy
qadriyatlarini
saqlash
va
rivojlantirish,
shuningdek,
mamlakatni
modernizatsiyalashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi” –deya ta’kidlaydi.
Fransiya Milliy assambleyasi deputati, “Fransiya -O‘zbekiston” do‘stlik guruhi
rahbari o‘rinbosari T.Mariani:
“Mahallaning borligi —xalqingizning baxti. Biror masala bo‘lsa, shu maskanda
sizga yordam berishadi. Buni yoshlar tarbiyasi yo‘nalishidagi ishlar misolida aniq
tasavvur qilish mumkin. Bola maktabdan kelgach, hududdagi fan va sport
to‘garaklarida vaqtini mazmunli o‘tkazadi. Muhimi, yomon illatlar ta’siriga tushib
qolmaydi. Shu bois, mahallani har tomonlama o‘rganish, uning ilg‘or tajribasini
dunyoga yoyish zarur, deb o‘ylayman.”
O‘tgan yili Janubiy Koreya, AQSh, Germaniya, Xitoy, Belgiya, Buyuk Britaniya,
Fransiya kabi davlatlarda “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” nomli
kitob hamda “O‘zbekistonda mahalla instituti: tarixiy tajriba va hozirgi kun” hujjatli
filmi taqdimotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan davra suhbatlari hamda uchrashuvlarda ham
xorijlik ekspertlar tomonidan qimmatli fikr-mulohazalar bildirildi. Bu esa, shubhasiz,
o‘zbek mahallasi haqiqiy ma’noda xalqchil demokratiya maktabi sifatida shakllanib
borayotganining xalqaroe ‘tirofidir.
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga
xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli
ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar
(davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV) hamda faqat demokratik
jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson
huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish
mumkin.[3]
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos jihatlari shundan
iboratki, demokratik tamoyillar asosida jamiyatimizni rivojlanishida fuqarolik
institutlari faoliyatiga keng o‘rin berilmoqda, fuqarolarda jamiyatni yanada
rivojlantirishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mexanizmlari davlatning
e’tiboridan chetda qolmaganligi ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda davlat
institutlari bilan hamkorlik qilish yanada mustahkamlanmoqda.