Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1421
w www.oriens.uz March 2022 O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama aqliy, ahloqiy va jismoniy
jihatdan rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sport muhim ahamiyat kasb etadi va
ularda mardlik, vatanparvarlik, sadoqat va halollik tuyg‘ularini shakllantirishda
yordam beradi. Davlatimiz raxbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sahalardagi ishlarni
yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi.
Bunda ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini
nomoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Shunday yaratib
berilgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘quvchi yoshlarimizni qiziqishiga qarab
sportning turli xil yo‘nalshlariga jalb qilib, ulardan yangi chempionlarni
tayorlashimiz zarur.
Shu o‘rinda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini
misol qilib keltirmoqchiman “Dunyoda qobilyatsiz bola bo‘lmaydi, biz ana shu
qobiliyatni ko‘ra olishimiz, taxlil qilib yuksaltirishimiz va shu qatorda
o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqqan holda biror bir kasbga yoki hunarga
yo‘naltira olishimiz bizning eng asosiy vazifamizdir”.
MUHOKAMA VA NATIJALAR. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari orqali olinadigan foyda juda ko’p, bu yoshlarda
sog’lom turmush tarzi muhimligini biladigan mas’uliyatli kattalar bo’lib yetishishiga
yordam beradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat jarayonini boshqaradigan,
inson vujudiga, jismoniy o‘sishga ta`sir qiladigan tabiat qonunlari jismoniy tarbiya
nazariyasi va uslubiyotida printsip-tamoyil nomini olgan.
Organizm rivojlanishining umumiy tamoyillarini bilish va ularni amaliyotda
qo‘llash, o‘quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonini yanada samarali darajaga olib
keladi. Jismoniy tarbiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda tamoyillar har xil
ta`riflangan, lekin manbalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, har xil nomlar bilan
ta`riflangan bir printsip quyidagi mazmunlarni bildiradi:
-jismoniy tarbiya darslari jarayonida o‘quvchilarning har tomonlama
rivojlanishlari uchun jismoniy mashqlarni ongli, tushungan holda tashkil etish;
-o‘rgatayotgan mashqlarni yaxshi o‘zlashtirilishi uchun ko‘rgazmalilikning turli
xil shakllaridan foydalanish;
-har bir o‘quvchiga taklif qilinadigan muayyan maqsadga yo‘naltirilgan va
psixologik og‘irliklarning soddaligini, tushunarliligini ta`minlash;
Shug‘ullanuvchi o‘quvchilar avvalgi mashg‘ulotlarda o‘zlashtirib olganlarini
mustahkamlashlarida talabni kuchaytirish va keyingi mashg‘ulotlar uchun zamin