Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1423
w www.oriens.uz March 2022 amalga oshirish mumkin emas, faoliyatning maqsadi esa ongli ravishda tushunib
etilgandagina inson faol bo‘ladi.
Faollashtirish jarayoni deganda o‘qituvchi tomonidan shug‘ullanuvchilarning
intellektual, axloqiy, irodaviy va jismoniy kuchlarini o‘rganib, tarbiya sifatini
oshirish tushuniladi. Ammo mavjud tabiiy va ma`naviy qonuniyatlarni bilishning o‘zi
o‘quvchilarni ongli va faol qila olmaydi. Bu vazifani o‘qituvchi bajarishi kerak.
Qulaylik va individuallik tamoyili. Bu tamoiyllar yosh va jinsiy farqlanish
bolalarga xos. Bunday tashqari bir xil yoshdagi va jinsdagi bolalar, har xil qobiliyatga
ega, shuning uchun o‘rgatish va tarbiya jarayonida shu tomonlarni albatta hisobga
olish zarur. Bunda qulaylik va individuallik tamoyiliga amal qilinadi. Bu yerda so‘z,
o‘qituvchining har bir bola yuragiga yo‘l topa olishi, vaqtincha qiyinchiliklarni
anglay olishi va uni tuzatishga yo‘l topa olishi, ularning qobiliyati va
qiziquvchanligini rivojlantirishda hamkorlik qilishi ustida boradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘llarini shunday tashkil qilish kerakki,
ular har doim rivojlanishda bo‘lmog‘i zarur. Shuni ham unutmaslik kerakki,
o‘qituvchi dars jarayonida faqat alohida yaxshi tayyorgarligi bor yoki faqat qoloq
o‘quvchilar bilan ishlamaydi, albatta.
U sinfdagi barcha o‘quvchilar bilan ishonchli muammolarda va bir-birini to‘liq
tushungan holda ishlamog‘i zarur. Xo‘sh, buning uchun o‘quvchilarning qaysi
xususiyatlarini hisobga olish kerak va bularga muvofiq tarzda nimalarga amal qilish
kerak ? Hammadan oldin bolaning o‘qishga va uning natijasiga bo‘lgan munosabatini
farqlash, o‘qishga va uning natijasiga salbiy munosabatda bo‘lgan o‘quvchilar
pedagogning muntazam diqqat markazida bo‘lmog‘i kerak.
Ularga metodik ta`sir etishning xilma-xil usullaridan foydalanishi kerak. O‘quv
materialini o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun, mashqlarga bo‘lgan ehtiyojda
katta farq mavjud. Har bir o‘quvchida zaruriy mashqlarning soni va hajmi har xil:
alohida shug‘ullanuvchilarning o‘rgatish tempi har xil. Alohida harakat faoliyatining
texnikasini o‘zlashtirib olishda o‘quvchilarning xususiyatlarini hisobga olib,
yordamchi mashqlarning xarakterini va hajmini o‘zgartirib berish zarur.
REFERENCES 1.
Tolipov O‘Q va boshq. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. T.,
“Fan”2006y 130-b
2.
Usmonxo‘jayev T. va boshq. Jismoniy tarniya nazariyasi va uslubiyoti. T
“Oqituvshi”2004y