Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1422
w www.oriens.uz March 2022 yaratishni ta`minlash. Pedagogika fanida bu printsiplarni o‘rgatishda taalluqligini
hisobga olib, didaktik tamoyillar deb ataymiz.
Jismoniy tarbiya, jismoniy mashqlarga o‘rgatish va shug‘ullanuvchilarni
bilimlar bilan qurollantirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalashni o‘z ichiga qamrab
olganligi uchun tamoyillarni didaktik emas, metodik - uslubiy deb atash
qonuniyroqdir. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan asosiy
uslubiy tamoyillar o‘quvchilarning yoshlari qanday bo‘lishidan qat`iy nazar, barcha
uchun bir xil va zarurdir. Har bir tamoyilning mohiyatini va o‘quvchilar jismoniy
tarbiyasi jarayonida uni amalga oshirish yo‘llarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiqdir. Onglilik va faollik tamoyili.
“Didaktik adabiyotlarda onglilik deganda, o‘rganilayotgan temaga oid
qonuniyat, ta`rif va faktlarni asosli egallash, xulosa va umumlashlarni chuqur,
atroflicha fahmlash, tema yuzasidan bilimlarni izchil va to‘g‘ri bayon qila olish,
bilimlarning ishonch va e`tiqodga aylanishi, o‘rgatilgan bilimlardan turmushda
mustaqil foydalana bilish kabilar tushuniladi. Onglilik bilimlarni ongli o‘zlashtirishga
yo‘nalgan printsipdir.
Bilim malakalarni ongli o‘zlashtirish quyidagicha xususiyatlarga ega: ta`limning
maqsadi, hayot uchun zarurligini anglash; faktik materiallarni ongli egallash va ularni
o‘zaro farqlay bilish; bilimlarni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlash jarayonlarini
sezish; tema yuzasidan o‘zi erishgan natijalarni baholay bilish.
Faollik esa, o‘z navbatida bolalarda mustahkamlikni tarbiyalash uchun asos
bo‘ladi. Bu printsiplar bir-birini to‘ldiradigan hodisalar bo‘lib, ularning mohiyatini
tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo‘nalgan jarayonlar sifatida tasavvur
qilingandagina anglash mumkin. Faollik tashqaridan ichkariga yo‘nalgan jarayon
sifatida tasavvur etilsa, unda bolalarda mustahkamlikni shaxsiy sifat shaklida
tarbiyalashni anglaymiz. Agar faollik ichkaridan tashqariga yo‘nalgan jarayon
sifatida qaralsa, unda insonning ichki intilishlari, emotsiyalari, qiziqishlari
mustaqillikni shakllantirish vositasi ekanligini tan olishga to‘g‘ri keladi”.
Jismoniy tarbiya jarayoni-bu ikki tomonlama jarayondir. Bir tomondan
o‘rgatishga intilayotgan o‘qituvchi, ikkinchi tomondan o‘rganishga xohishi bo‘lgan
o‘quvchi qatnashadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, agar o‘quvchi oldiga qo‘yilgan
vazifaning mohiyatini tushunib etsa va uning hal etilishiga qiziqsa, o‘rgatishning
muddati tezlashadi va sifati yaxshilanadi.
Uslubiy adabiyotlarda onglilik va faollik alohida mustaqil tamoyillar
hisoblanadi. Amaliyotda esa onglilik va faollik jarayoni o‘zaro bog‘liqdir, ularni bir-
biridan ajratish mumkin emas. Sababi shuki o‘quvchining faolligisiz onglilikni