Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 443,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix27.02.2023
ölçüsü443,58 Kb.
#85738
1   2   3   4   5   6
sotsial-intellekt-va-uning-inson-hayotidagi-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
611 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
о‘rnida “formal” tafakkur asosini tashkil qiluvchi va “akademik” intellekt testlari 
bilan tekshiriluvchi qobiliyatlardan tubdan farq qiladi. 
R.Shternberg (1981) tadqiqotlar о‘tkazib, ijtimoiy intellekt tushunchasiga 
quyidagilar kirishini kо‘rsatib о‘tgan: 
1. 
Amaliy masalalarni hal qilish qobiliyati. Odam mantiqiy fikr yuritadi,
muammoning barcha tomonlarini kо‘ra biladi, tо‘g‘ri yechimga kela oladi, zarur 
axborotlarning original manbalariga murojaat etadi, barcha dalillarni eshitadi. 
2. 
Verbal qobiliyat. Aniq va ravon tilda gapiradi, о‘qiganini yaxshi 
tushunish, lug‘at boyligi kuchli va yaxshi, yozma nutqida muammolarga duch 
kelmaydi; odamlar bilan oson va samimiy muomalaga kirishadi va hokazo. 
3. 
Ijtimoiy kompetentlik. Boshqa odamlar qanday bо‘lsalar, shundayligicha 
qabul qiladi; uchrashuvlarga kechikmaydi; tо‘g‘ri xulosa va qarorlarga kela oladi; 
boshqalarning xohish va extiyojlarini seza biladi; qiziquvchan va hokazo. Ijtimoiy 
intellektni juda kо‘p hollarda donolik deb biladilar.
E.Torndayk ijtimoiy intellektni oddiy intellektdan farqli deya ta’kidlagan. 
Kо‘plab mualliflar ijtimoiy intellektni akademik va formal intellekt qobiliyatlaridan 
farq qiluvchi mental qobiliyatlarning mustaqil guruhi sifatida tavsiflaydilar. 
Ijtimoiy intellektning funksiyalari quyidagilardan iborat: 
1) О‘zgaruvchan sharoitlarda adekvatlikni va moslashuvchanlikni taminlashi; 
2) Taktik va strategik yo’nalishlarda о‘zaro muvaffaqiyatli mutanosiblik 
dasturlari va rejalarini shakllanishi, joriy masalalarni hal qilish; 
3) 
Shaxslararo 
munosabatlardagi 
voqealarni 
rejalashtirish 
va 
ularni
rivojlanishini prognoz qilish; 
4) Motivasion funksiya; 
5) Ijtimoiy raqobatbardoshlikni kengaytirish; 
6) О‘z-о‘zini shakllantirish, о‘z-о‘zini anglash, о‘z-о‘ziga saboq berish. 
Ijtimoiy intellektning asosiy vazifalaridan biri uzoq muddatli о‘zaro 
munosabatlarni shakllantirishdir. О‘zaro munosabatlarning darajasi va xarakterini 
tushungan holda kelajakda bir-biriga ijobiy ta’sir о‘tkazish va munosabatlarni 
mustahkamlashdan iboratdir. 
Sotsial intellekt muayyan vaqt uchun asab-psixik holatni, ijtimoiy muhit 
omillarini va ijtimoiy munosabatlarning qanchalar muvaffaqiyatliligini aniqlaydi
shuningdek, uni energiya konsunerasiyasini talab qiluvchi, emosional zо‘riqish, stress 
noqulayliklari, favqulodda holatlarda hamda shaxs inqirozi holatlarida saqlash 
imkoniyatini beradi. 



Yüklə 443,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin