Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 443,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix27.02.2023
ölçüsü443,58 Kb.
#85738
1   2   3   4   5   6
sotsial-intellekt-va-uning-inson-hayotidagi-o-rni

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
609 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
insonning masalalar yecha olish qobiliyati, degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham 
intellekti bor kishi qiyin va murakkab vaziyatlardan yengil va silliq chiqib keta oladi. 
Hayot kishilar oldiga kо‘plab tо‘siqlar qо‘yadi. Ular madaniy, ma’naviy, ijtimoiy
ilmiy va boshqa turda bо‘lishi mumkin. Har kim bu tо‘siqlarni, har xil darajada, past-
balandligiga qarab, har xil «kuch» sarflab yengadi. Yutib chiqqan, muvaffaq inson, 
shubhasiz aqlliroq, fahm-farosati balandroq kishidir. Boshqacha qilib aytsak intellekt 
bu insonning umumiy aqliy zakovati. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
О‘zbekchada aql deb, aynan tushunchalar hosil qila olish yoki masalalar yecha 
olish qobiliyatiga aytiladi. Murakkab hayotiy yoki ilmiy masalani kо‘p kuch 
sarflamay, yengil, qisqa usulda yecha olgan, muvafaqqiyatga erishgan kishiga biz 
aqlli deymiz. Bu odam hayotda kо‘proq yutadi, yuqori saviyada hayot tarzini kechira 
oladi [1]. 
Bugungi kunda jamiyatda insonning ma’naviyat bilan sug‘orilgan intelektual 
xususiyatlari har qachongidanda kо‘proq qadrlana boshlandi. Bu xususiyat о‘z 
navbatida insondan jamiyat rivojiga hissa qо‘shadigan yaratuvchanlik hamda
tarbiyaviylikka asoslangan shaxs sifatlarining qadri ortib borayotganligi bilan 
izohlash mumkin. Ijtimoiy persepsiya (Dj.Bruner,1947), ya’ni insonning-inson 
tomonidan idrok etilishi kо‘p jihatdan sotsial intellekti darajasiga bog‘liqdir.Ijtimoiy 
munosabatlarning tarkibiy qismida shaxsning guruhga, jamiyatga ijtimoiy 
adaptatsiyasi uning sotsial intellektiga bog‘liq bо‘lib qolmoqda[5]. 
Individual intellekt ijod etadi, yaratadi, sotsial intellekt yaratilgan ma’naviy 
qadriyatni kо‘paytiradi, tarqatadi, ishlab chiqaradi va hayotga tatbiq etadi, ijtimoiy
boshqarish va nazorat qilish ishlarini amalga oshiradi. Bularni intellektni о‘zi 
qilmaydi, balki intellekga ega bо‘lgan inson va guruhlar amalga oshiradi. Ijtimoiy 
intellekt aslida ijtimoiy subyektni hislatidir.
Intellektlar majmuasi ma’lum ijtimoiy tabaqalardan hosil bо‘ladi: olimlar, 
ijodkorlar, muxandislar, boshqaruvchilar va hakozolar. Bular noosferani ijodkor 
qatlamini tashkil qiladi. Sotsial intellektni ifoda qilish uchun oxirgi vaqtlarda 
«ijtimoiy 
kognitiologiya» 
tushunchasidan 
keng 
foydalanmoqdalar.
sotsial intellekt – bu insonning kechinmalari, niyati va emosional holatlarini sо‘zlari 
va xatti-harakatlari orqali tushunish qobiliyati. Sotsial intellekt – shuningdek, 
insonning shaxslararo munosabat natijalarini oldinda kо‘ra olish xususiyati hamdir. 
Ijtimoiy intellekt insonlar haqida tez mulohazalab, ularning xatti-harakatlari 
yuzasidan tezkor munosabat bildira olish qobiliyati bilan ham bog‘liq. Bu «ijtimoiy 



Yüklə 443,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin