SMART muhit
- innovatsion texnologiyalarga asoslangan
intellektual virtual o‘quv muhiti;
2)
innovatsion metodologiya bilan qurollangan
SMART pedagogika;
3)
Ilg‘or ta’limiy maqsadni ko‘zlagan
SMART qobiliyatlar
. (1.3.2.-
rasm.)
SMART pedagogika
- shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik va konteksli
ta’limni moslashtirilgan o‘quv xonalarida tashkil etish jarayonidir.
SMART qobiliyatlar
bu maqsad va mohiyatni aniqlash, o‘rganish va
tadbiq qilish, hamkorlik, yaratuvchanlik hamda murakkab muammolarni hal
etish kabi faoliyatni o‘z ichiga oladi. Aqlli pedagogika aqlli qobiliyat bilan
uzviy aloqada, jumladan, intellektual virtual o‘quv muhiti aqlli pedagogikani
shakllantirsa, u esa o‘z navbatida motivatsiyani oshirish maqsadida aqlli
qobiliyatlar faoliyatiga murojaat qiladi.
AQSH da 2015 yilda Discovery Education kompaniyasi tomonidan
qator fanlardan “Smart education” ta’lim muhitida ishlashga mo‘ljallangan
texnologik darsliklar yaratilgan. Mazkur texnologik darslik o‘zining
tuzilmasi, o‘quv materiallarining rang-barangligi, interfaol muloqot va
o‘quvchilarning individual ta’lim olish traektoriyalarini tanlash imkoniyatlari
nazorat va tarqatma materiallar, o‘qituvchilar uchun uslubiy ta’minotning
mavjudligi hamda uning
mazmuni takomillashtirish uchun ochiqligi bilan ajralib turadi. Darslikda har
bir mavzu bo‘yicha nazariy materialni o‘rganish, o‘zlashtirilgan bilimlar
asosida ko‘nikmalarni shakllantirish uchun mashqlar va nostandart
vaziyatlarda bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash va tadbiq qilishga doir
turli xil interfaol mashq va topshiriqlar o‘rin olgan [150].
Yuqorida sanab o‘tilgan ilmiy ishlarda, ko‘pgina hollarda tasnif
ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish, ularning xossalari va joriy
qilish muammolariga asoslangan bo‘lsada, ularni o‘qitish metodikasiga
qo‘yiladigan talablar va joriy qilish muammolari, ulardan foydalanish
metodikasi yetarlicha o‘rganilmagan.
“Tarmoq texnologiyalari” fani bo‘yicha integrativ elektron o‘quv
qo‘llanmani ishlab chiqishda quyidagi talablar bajarilishi zarur deb
hisoblaymiz [102]:
1.
Umumiy pedagogik talablar: elektron o‘quv materiallar tarkibiy
tuzilmasiga ko‘ra o‘quv fanining mazmuniga mos kelishi lozim; elektron
o‘quv materiallar muammoli va ijodiy izlanishni talab etadigan topshiriqlar,
talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi tizimga
ega bo‘lishi kerak; elektron axborot ta’lim resursi o‘quv faoliyatining
axborotni izlash, yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va ishlov berish, loyihalash,
konstruksiyalash, tajriba natijalariga ishlov berish hamda nazorat
topshiriqlarni
izchil
bajarib
borishni
borasidagi
harakatlarni
avtomatlashtirishni ko‘zda tutishi shart; laboratoriya mashg‘ulotlarida
tarmoqlarni imitatsion modellashtirish, tarmoqlarni loyihalash va tuzish
jarayonlarini simulyatorlar yordamida virtuallashtirish lozim. Buning uchun
UNenLab (Unified Networking Lab), Boson NetSim, HP Network Simulator,
Huawei eNSP, Common Open Research Emulator, Line Network Emulator,
Modeler va Cisco Packet Tracer kabi simulyator dasturlaridan foydalanish
maqsadga muvofiq.
2.
Metodik talablar – o‘quv materiali fikrlashning tushunchali, obrazli
va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda taqdim
etilishi hamda tizimlashtirilgan bo‘lishi zarur; talabalar elektron axborot
ta’lim resursidan foydalanar ekan, o‘quv materialini bosqichma-bosqich
o‘zlashtirib borish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
3.
Psixologik talablar - o‘quv materialini virtual usulda namoyish
qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensor (hissiy) va
ko‘rgazmali holatlariga mos kelishi kerak; Elektron shakldagi o‘quv- axborot
resursida talabalarda obrazli va mantiqiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantirishga xizmat qilishi, simulyatorlar yordamida kompyuter
tarmoqlarini loyihalashda qurilma va jihozlarning sxematik tasvirlarini fizik
ko‘rinishiga qiyoslay olish imkoniyati mavjud bo‘lishi.
4.
Texnik talablar – tarmoq texnologiyalari modulidagi bitta ma’ruza
standart ya’ni, to‘rt-besh betdan oshmagan matndan iborat, nazorat testlari
hajmi (savol va topshiriqlar) bir ma’ruza mashg‘uloti uchun 10 tagacha
bo‘lishi lozim. Elektron axborot ta’lim resursini yaratishda imkon qadar
ssenariya va rasmlarning eskizlari kadrlarga bo‘lingan bo‘lishi zarur.
5.
Dasturiy talablar - elektron axborot ta’lim resursining dasturiy qismi
TCP/IP transport protokolidan foydalangan holda HTML – bichimida
bo‘lishi; elektron axborot ta’lim resursi bazasidagi ma’lumotga bir vaqtda
bir
nechta
foydalanuvchining
murojaat
qilish
imkoniyatining
ta’minlanganligi; tizimli WEB-serverlar imkoniyatidan foydalanish; elektron
axborot ta’lim resursi ishlaydigan muhitning Windows 7 va undan yuqori
bo‘lishi; ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun serverdan
foydalanish; multimedia vositalari (ovoz, video va shu kabilar)dan
foydalanish va xakozo.
Ma’lumki, “Tarmoq texnologiyalari” faniga doir zamonaviy eksperimental
qurilmalarning ko‘pchiligi ancha murakkab, katta hajmli va qimmat
turadigan majmualardan iborat bo‘lib, ular narxi, o‘lchamlari, ishlatilishi
shartlari bo‘yicha biroz murakkab va shuning uchun ko‘plab oliy ta’lim
muassasalarda o‘quv jarayonida ko‘pgina laboratoriya ishlari va
eksperimentlar kam o‘tkaziladi. SHuning uchun mavjud muammolarni hal
qilish usullaridan biri - bu virtual laboratoriya va imitatsion modellardan
foydalanish
mumkinligini
e’tiborga
olib,
biz
virtual
texnik
laboratoriyalarning quyidagi turlaridan foydalanishni taklif etamiz: asbob va
uskunalar, bo‘yicha virtual laboratoriyaning asosiy vazifasi - bu
eksperimentlardan foydalaniladigan asboblar va qurilmalarni o‘rganish
hamda zarur malakalarni egallash. Asbob va anjomlar amaliyotini o‘tkazish
uchun ishni haqiqiy qurilmalarda to‘liq bajarishga (taqlid qilib takrorlashga
imkon beruvchi) haqiqiy uskuna va asboblarning virtual analoglari
(o‘xshashlari) kerak bo‘ladi. Ayniqsa, bu ana shu asbob va uskunalarni
boshqarish organlari va usullariga taaluqlidir; texnik virtual laboratoriyalar -
ularning vazifasi nazariy materialni o‘zlashtirishni mustahkamlash uchun
standart tajribalar va eksperimentlarni o‘tkazish malaka va metodikasini
egallash; kognitiv virtual laboratoriyalar - ma’ruza mashg‘ulotlarini ta’lim
oluvchi uchun yangi, uning empirik tajribasiga zid bo‘lmagan mavzular
bo‘yicha tashkil etishni taqozo etadi; gnoseologik virtual laboratoriyalar -
ularning vazifasi ta’lim oluvchining odatdagi empirik bilimidan farq qiluvchi,
ko‘pincha ularga zid keluvchi yangi tushuncha va tasavvurlarni
o‘zlashtirishda yordam berish hisoblanadi; kreativ virtual laboratoriyalar
- ta’lim oluvchining ijodiy tafakkuri shakllantirishga va qobiliyatini
rivojlantirishga yo‘naltiriladi; tadqiqotchilik virtual laboratoriyalari - ilmiy-
tadqiqot ishlarini o‘tkazishga va yangi bilimlarni egallashga mo‘ljallangan.
Bunday laboratoriyalar uchun virtual laboratoriya asosiga qo‘yilgan
matematik model hisoblash imkoniyatlari muhim ahamiyatga ega[127].
SMART-texnologiyalar va “Buyumlar interneti” ni qo‘llash orqali
o‘quv jarayonida quyidagi imkoniyatlarga erishish mumkin:
1.
Butun dunyo bo‘yicha ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarni
birlashtirish: Bunda ta’lim oluvchilar bosma adabiyotlarni qisqa vaqt ichida
C-Pen Reader OCR Brauzer yoki Scanmarkerlardan foydalanib elektron
ko‘rinishga o‘tkazadilar, uy yoki auditoriyada raqamli markerlar, interaktiv
doskalardan foydalanib dunyo bo‘ylab o‘z tengdoshlari, o‘qituvchi va
murabbiylar bilan hamkorlik qila oladilar. Talabalar QR ya’ni Quick
Response - tezkor javoblarni qo‘llab topshiriqlar oladilar yoki boshqa turdagi
ta’lim resurslariga bog‘lanadilar. QR kodlarni o‘qishda o‘z mobil
smartfonlaridan (telefon) foydalanishlari mumkin.
2.
Texnologik jihatdan zamonaviy takomillashgan SMART –
universitetlar tashkil etish: “Buyumlar interneti” aqlli universitetlarni fizik va
tuzilmaviy muhitini yaxshilashga yordam beradi. Zamonaviy oliy ta’lim
muassasalarning eng muhim jihatlaridan biri uning uzluksiz tarzda faoliyat
olib boruvchi yuqori darajadagi shaxsga yo‘naltirilganligidir. OTMlardagi
kerakli ma’lumotlar va ko‘rsatmalarni uzatish va qabul qilib olishda Wi-Fi
tarmog‘idan foydalanadi.
“Buyumlar interneti”ni vazifasiga ko‘ra o‘quv muassasalar asab tizimi
desa ham bo‘ladi. Chunki, ular “aqlli” dars rejalarini tuzish, darslarni kuzatib
borish, axborotlardan
foydalanish
darajasini yaxshilash, xavfsizlikni
ta’minlash va boshqa shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda asosiy rol
o‘ynaydilar. Bugungi kunda “Buyumlar interneti” texnologiyalari auditoriya
va undagi uskunalarni boshqarishning zamonaviy usuli sifatida o‘zini
namoyon qilmoqda.
3.
Havfsiz va ishonchli ta’lim muhitini ta’minlash: O‘quv binosi va
uning atrofini himoya qilish va havfsizligini ta’minlash masalasi ham
bugungi kunning eng asosiy e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan
masalalardan biri hisoblanadi. Texnologik jihatidan yuqori darajali sensorlar,
kuzatuv
kameralari,
RFID
(ingl.
Radio
Frequency
IDentification,
radiochastotali identifikatsiya) va boshqa turdagi tarmoqqa ulangan uskunalar
binolarni monitoring qilish va kuzatish uchun xizmat qiladi[151].
4.
Mobil qurilmalar va ularga o‘rnatilgan maxsus dasturlar hamda
ilovalardan samarali foydalanish: Smartfonlardan samarali foydalanish bilim
olish va ta’lim berish usullarini asta-sekin o‘zgartiradi. Bu qurilmalar
yordamida talabalar o‘zida grafika, video va animatsiyalarni jamlagan 3D
grafika va darsliklar yaratish imkonini beradi. Bu erda IoT
–
buyumlar interneti o‘yinni o‘zgartirish vositasi sifatida qaraladi va u
foydalanuvchiga turli tuman ta’limiy o‘yinlarni taklif qiladi. Bundan tashqari
yangi o‘qitish metodlarini ham taklif etadi. IoT qurilmasi motorining
datchiklari yangi va qiziqarli narsalarni o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
5.
Innovatsion muloqot: IoT (Buyumlar interneti) talabalarga turli
usullar va qurilmalardan foydalanish orqali o‘qituvchilar bilan muloqot
qilishga yordam beradi. O‘qituvchi har bir talabani kuzatib borishi va onlayn
vositalardan samarali foydalanish orqali ularga uy vazifalari yoki boshqa
ta’lim loyihalarini topshirishi, shuningdek, ish faoliyatini natijasini ham
kuzatishi mumkin. IoT talabalarni zamonaviy va xavfsiz muhitda so‘z va
harakat erkinligini ta’minlaydi.
6.
Smartboards (Aqlli doskalar): Talabalar ma’ruzalarni oson
tushunishlari uchun Smartboards - aqlli doska kabi yangi vositalarni
ishlatishadi. Talabalar shuningdek, onlayn taqdimotlar va videolarni
tayyorlashlari ham mumkin. Vebga asoslangan uskunalar va dasturlar
talabalarga yangi materialni yaxshi o‘zlashtirishlarida bo‘r va oddiy
an’anaviy doskalardan ko‘ra ancha samarali yordam beradi. SmartBoard
interaktiv doskasi bilan SmartNotebook dasturi bir to‘plam bo‘ladi. Ushbu
dastur doskada chizilgan va yozilgan barcha ma’lumotlarni saqlash bilan
birga yaratilgan taqdimot slaydlarini shakllantirishi ham mumkin. Bunda
qo‘lyozma matnni aniqlashtirish va bosma holatiga o‘zgartirish, ya’ni
klaviatura bilan kiritgan kabiga o‘tkazish mumkin. Adobe Photoshop, Corel
Draw kabi grafik muharriri dasturlarida tayyorlangan umumiy materiallarni
SMART Notebook dasturiga o‘tkazsa (import) bo‘ladi. Vaholanki,
talabalarda butun loyiha qamrovida ishlash sharoiti tug‘iladi (grafiklar,
animatsiyalar qo‘yish)
Davomatni nazorat qilish: Ushbu tizim o‘quv muassasa administratsiyasiga
talabalar davomatini nazorat qilishga yordamlashadi.
Tizim talabaning sababli va sababsiz holda necha marotaba mashg‘ulotlarda
ishtirok qilmaganini hamda ularning talablarini o‘rganadi.
O‘quv jarayonida SMART-ta’lim texnologiyasining qo‘llanilishi
muhim pedagogik anglash, ijodiy yondashuvchi va faol fikrlovchi pedagog,
ta’lim jarayonini modellashtirish usuli va o‘z faoliyati natijalarini oldindan
bashorat qilishni talab etadi. Elektron ta’lim resurslari va o‘quv-metodik
majmualarni SMART-ta’limda qo‘llanilishi uchun loyihalash ko‘nikmasi
o‘qituvchi professionalizmining bir qismi hisoblanadi. O‘quv jarayoniga
SMART-texnologiyani tadbiq etish ta’limning barcha sub’ektlari uchun
shubhasiz ko‘pgina afzalliklar tuhfa etadi [95].
SMART-ta’limi ta’lim muassasalarini, o‘qituvchilar va talabalarni
Internetda umumiy standartlar va texnologiyalar asosida ta’lim faoliyatini
amalga oshirish uchun yagona tizimga birlashtiradi, shuningdek, ularning
akademik mobillik darajasini ko‘taradi. Shu bilan birga, o‘qitish muhiti
moslashuvchan, dolzarb, interfaol va shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lib, har bir
o‘qituvchi va talaba zamonaviy kompyuter texnologiyalariga erkin kirish
imkoniyatiga ega bo‘lishi hamda o‘quv jarayoniga yangi o‘qitish usullarini
joriy etish imkoniga ega.
SMART- ta’limining asosiy xususiyatlari [119]:
1.
Moslashuvchanlik
-
turli
xil
operatsion
tizimlar
uchun
mo‘ljallangan dasturiy ta’minotning muvofiqligini ta’minlash. U
foydalaniladigan qurilmalar turidan qat’i nazar, o‘quv jarayonining uzviyligi
va uzluksizligi hamda ta’limiy axborot makonining yaxlitligini ta’minlash
imkoniyatini nazarda tutgan holda, ta’lim berish uchun keng imkoniyatlarni
yaratadi.
2.
Makon bo‘yicha mustaqillik, mobillik (harakatchanlik), doimiylik,
uzluksizligi va ta’lim ma’lumotlariga kirishning qulayligi.
3.
Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarga ma’lumotlar bazasiga kirish
uchun mobil qurilmalaridan foydalanishi hisobiga mustaqilligi.
4.
Turli xil imitatsion modellarni yaratish.
5.
Ish beruvchilar va o‘quv muassasaning individual hamda tashkiliy
maqsadlari o‘rtasidagi munosabatlar.
6.
O‘quv jarayonining samaradorligi nafaqat bilim, ko‘nikma va
malakalar, balki ularni amalda qo‘llash qobiliyati bilan o‘lchanadi.
7.
Talabalarning
qiziqishi
va
individual
qobiliyatlariga
moslashuvchan ta’lim (talabalarning individual parametrlari bo‘yicha ta’lim
olishga moslash imkoniyati).
Smart - ta’lim quyidagi tavsiflarga ega: a) o‘qitishning individual
traektoriyasi; b) interaktiv muhitda o‘qitish; v) mumiy tartibga solingan
o‘qitish dasturlari; g) xalqaro o‘quv kontentini qo‘llagan holda ihtiyoriy
vaqtda va istalgan joyda o‘rganish imkoniyati; d) on-layn rejimda
talabalarning mustaqil ishlari bilan auditoriya mashg‘ulotlarini oqilona
mujassamlashtirish; e) mutaxassislik bilimlarni egallash bo‘yicha o‘qitish
bilan bir yo‘la ishlash imkoniyati [83].
O‘qituvchilar uchun afzalliklari: O‘quv materialini taqdim etishda
innovatsion yondashuv; talabalar bilan tezkor qaytar aloqa; birlashgan real va
virtual olamni shakllantirish; o‘quv jarayonini oson boshqarish;
multimediyaning maksimal xilma-xilligi; umumiy axborot-ta’lim muhiti;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bilan yangi pedagogik
texnologiyalarni tadbiq etish; talabalarning ehtiyoji va darajasiga qarab
layoqatini tez va oddiy holda aniqlash; bir qancha o‘quv yurtlari bilan
hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va axborot almashish uchun tarmoq yaratish
imkoniyati; ta’lim berishning jadalligi va sifatining oshishi.
Talabalar uchun afzalliklari: axborot oluvchi manbalar sonining
ko‘pligi; texnik imkoniyatlarning mavjudligi; har qanday ta’lim xizmat-
larining qo‘llab-quvvatlanishi; mustaqil alohida va guruh ishlari hajmining
ortishi; ta’limning mobilligi (harakatchanligi); ijodiy va tadqiqot loyihalari
sonining ortishi; ta’lim traektoriyasining o‘ziga xosligi tamoyili; o‘qituvchi
va boshqa talabalar bilan tezkor qaytar aloqa; ijodkorlikning taraqqiyoti va
mustaqil amalga oshirish imkoniyatlari; joylashgan xududi va vaqtiga bog‘liq
bo‘lmagan sharoitlarda zarur axborotlarni olish imkoniyati; har qanday
vaziyatda tayyorgarlik uchun o‘rganishni boshlashga izm berish imkoniyati.
Yuqorida bayon qilingan tamoyillarni inobatga olib, SMART-
texnologiyalar bilan qurollangan integratsiyalashgan o‘quv muhitida tarmoq
texnologiyalari fani bo‘yicha elektron axborot ta’lim resursi yaratish va
o‘quv jarayonida qo‘llash orqali oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak
mutahassislarni kasbga yo‘naltirish va fandan bilish faoliyatini shakllantirish
maqsadi amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |