Distillash (ammiak regeneratsiya) (5. rasm)
Distillash jarayonida ammiakni soda ishlab chiqarish suyuqliklaridan regeneratsiya qilib namakobni ammoniylashga qaytariladi. distillyatsiyaga NH4Cl ko‘rinishidagi va oz miqdorda (NH4)2SO4 bog‘lagan, NH4OH, NH4HCO3 va (NH4)2CO3 ko‘rinishidagi ammoniyni yarim bog‘lagan filtr suyuqligi, shuningdek, quritish pechlari gazlarini yuvishda hosil bo‘ladigan kuchsiz suyuqliklar va asosan erkin va yarim bog‘langan ammiak birikmalarini parchalash uchun mo‘ljallangan qizdirgichlarda, oxak suti bilan bog‘langan azotni reaktsiya qilishi aralashtirgichda va eritilgan ammiak bug‘ bilan xaydash distillerida olib boriladi.
Filtr suyuqlik
PGSP ga
NaHCO3
Yuvish uchun
Chiqindi
AB-1 ga gaz
XGDS ga gaz
Ammiakli suv
Suv
Suv
Suv
5-rasm. Distillyatsiya bo‘limi prinsipial sxemasi.
KDS – Distillyatsiya kondensatori; TDS – distillyatsiya issiqlik olmashinish apparati; DS – distellyator; SM – aralashtirgich; ISD – distellyatsiya bog‘latgich; XGDS – distellyatsiya gazini sovitgich; AB-1 – birinchi absorber; XGDSJ – suyuq eritma distellyatsiya gazi sovitgichi; DSJ – suyuq eritma distelleri; XDSJ – suyuq eritma distelleri sovitgichi; KDSJ – suyuq eritma disteller kondensatori.
Distillash jarayonida filtr suyuqligi distillash kondensatoriga keladi (KDS), u yerda distillyatsiya issiqlik almashtirgichidan kelayotgan gaz bilan qizdiriladi. Bunda ajralib chiqadigan NH3 va CO2 separatorda ajratilib gazlarning KDS dan chiqayotgan umumiy oqimga qo‘yiladi. Distillash kondensatoridan suyuqlik distillash issiqlik almashtirigchiga keladi.
Shuningdek bu yerga ishlab chiqarishdagi yo‘qotilgan ammiakni to‘ldirish uchun ammiakli suv uzatiladi. Distillash issiqlik almashtirgichiga pastki tomonidan distillerdan olinadi aralashtirgichining yuqori qismi orqali o‘tkazilgan gaz keladi.
Distillyatsiya issiqlik almashtirgichida ugleammoniy tuzlarining yakuniy parchalanishi sodir bo‘ladi.
Distillyatsiya issiqlik almashtirgichidan suyuqlik aralashtirgichiga keladi, bu yerda u oxak suti bilan qayta ishlanadi va ammiakni yakuniy xaydash uchun distillerga jo‘natiladi. Distillerning quyi bochkasiga turbina yoki bug‘ mashinalarining ishlatilgan bug‘i uzatiladi. Distillerdan suyuqlik bug‘latgichga keladi, so‘ng “Oq dengizga” tashlanadi. Bug’latgichdagi bug‘ kuchsiz eritma distilleriga keladi.
Kuchsiz suyuqlik, distillyatsiya gaz sovutgichdagi kondensat, KDS dagi kondensat kuchsiz suyuqlik distillyatsiya kondensatoriga uzatiladi. Kuchsiz suyuqlik kondensatori quvurlari aro bo‘shlig‘iga kuchsiz suyuqlik distilleridan keladi. Sovutiladigan gaz gaz sovutgichiga (XGDSK) so‘ng 1-absorberga (AB-1) yo‘naltiriladi.
Kuchsiz suyuqlik kondensatorida qizdirilgan suyuqlik kuchsiz suyuqlik distilleridan o‘tadi va sovutgichga keladi (XDSK). Sovutilgan suyuqlik soda pechlari gaz yuvgichiga va bikarbonatni yuvishga yo‘naltiriladi.
Dostları ilə paylaş: |