Sodda gap qolipi va uning turlari


Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari



Yüklə 347,61 Kb.
səhifə8/18
tarix04.07.2023
ölçüsü347,61 Kb.
#135648
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Sоddа va qo\'shma gap

Ifoda maqsadiga ko'ra gap turlari


Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.
Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. (O.Yo.)
Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. (H. O.) Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.
So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi. Masalan:
Suvdan oldin—-sel kelar,
Tuzdan keyin—siz kelar.
Suv, tuzga—siz qo'shsak,
Toping, qanday so' z bo' lar?
(Grammatik topishmoq)
So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Masalan:
Bor "yalpizda", yashinda
Ham "yaqin", ham yashilda
Undan so'ng yozilmasa,
U qaysi harf ekan-a?
Bir unli-yu bir undosh,
Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh.
(Gramatik topishmoq)
So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi:
1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha? necha? qaerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan:
Tuz qachon bo'ladi tus
Or qachon bo'ladi qor? (Grammatik topishmoq)
2. -mi, -chi, -a,-ya yuklamalar: Terma. terim, terimchi, qandayso'zlar? Topingchi?
3. So'roq ohangi: Nahotki, daryolar oqsa teskari. (G'.G'.)So'roq gaplar mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi:

  1. Sof so'roq gaplar tinglovchidan ma'lum bir javobni talabqiladi. Masalan: Qaysi so'zlar turlanadi? Sen Toshkentda bo'l-ganmisan? Nimadan xafa bo'lding?

  2. Ritorik so'roq gaplar. Bunday gaplarning so'rog'i ichidajavobi ham anglashib turadi. Uslubiy vosita sifatida nutq uchunxizmat qiladi. Masalan:

Men nechun sevaman O'zbekistonni? Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo? (A. O.) Nechun tug'ding, men baxti qaroni? Baloga mubtalo motamsaroni? Muruwat bilmagan kunlar uchunmi? Jafokash. berahm tunlar uchunmi? ("Navoiy" drammasidan)
3. So'roq buyruq gaplar so'roq mazmuni bilan birga buyruqmazmunini ham ifodalaydi. Masalan: Tez-tez yurmaysanmi ? (tez-tez yur)
So'roq gaplarning oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi. .
Buyruq gaplar. So'zlovchining biror narsaga buyirishi, undashi, iltimos qilishi,rnaslahati kabi fikrlarni ifodalaydigan gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar semantik jihatdan quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1) Sof buyruq gaplar: Kitobni oxirigacha o'qi! Bugun o'qishga ertaroq bor! Darsdan kechikma!

  1. Iltimos, yalinish ifodalanadi. Masalan: Ozgina jim o'tir. O'n to'qqizdan oshmay tur go'zal. (H. 0.)

  2. Maslahat, nasihat gaplar. Masalan: Nasihatim yod qilib olfarzandim. (0. Yb.)

  3. Istak, tilak, maqsad gaplar. Masalan: Mustaqil yurt gullashiuchun tinmay mehnat qiling. Yo siz keeling, yo men boray.

His-hayajon ifodalashiga ko'ra gap turlari. Bu jihatdan gaplar ikki turga bo'linadi:

  1. his-hayajonga ega bo'lmagan gaplar.

  2. his-hayajon yoki undov gaplar. His-hayajonga ega bo'lmagangaplarga darak gap, so'roq gap, buyruq gaplar kiradi.

His- hayajonli gaplar. Kuchli his- hayajon bilan darak, so'roq, buyruq gaplardan hosil bo'lgan gaplar his-hayajon gap deyiladi.
Masalan:
Har aytganing buyuk jangnoma.
Qayga desang qaytmay keturman.
His-hayajon gaplar qmidagi ma'nolarni ifodalaydi:
1. Darak: E, biz bunaqa imtihondan endi o'tayotganimiz yo'q!
2. So'roq: Naqadar chiroyli manzara-a?! (Sh. R.) Ona! Dunyoda bundan yoqimliroq so'z bormikan?!

  1. Buyruq: Baxtimizga mustaqillik omon bo'lsin!

  2. Shodlik. quvonch. tantana: Alisherni alla aytib uxlatgan ona!Og'ishida Bobur kamolga yetgan ona!Torobiyni ulug' jangga jo'natgan ona!Sharaf senga, obro’ senga, senga tantana!Sharaflarga muyassarsan ey, ulug' ona! (M. Sh.)S.Taajjub: Shunday erkin zamonlar ham kelar ekan-a?!

6. Qayg'u. afsus: Esiz taqdir ekan qaydan bilibmiz! ("Navoiy"drammasi).

Yüklə 347,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin