Sodda gap qolipi va uning turlari


Bir tarkibli sodda gaplarda kesim tarkibida III shaxs birlik son ma’nosiga ishora bo‘lsa ham, gapning egasini tiklash mumkin emas



Yüklə 347,61 Kb.
səhifə11/18
tarix04.07.2023
ölçüsü347,61 Kb.
#135648
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Sоddа va qo\'shma gap

Bir tarkibli sodda gaplarda kesim tarkibida III shaxs birlik son ma’nosiga ishora bo‘lsa ham, gapning egasini tiklash mumkin emas. Chunonchi, "Yuvildi", "O‘qisa bo‘ladi", "Aytish mumkin", "Bahor edi" va h.
Eganing gapda ifodalangan va ifodalanmaganligiga ko‘ra ikki tarkibli sodda gaplarning o‘zi yana ikki turli bo‘ladi:
a) ikki tarkibli egali sodda gaplar;
b) ikki tarkibli egasiz sodda gaplar.
Egasi ifodalangan gap. Bunday gaplar egadan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar bilan ham kengayishi mumkin. Shu jihatdan ular ikki turga bo‘linadi:
1.Egali yig‘iq sodda gaplar: Aybi katta. Uni shunday qoldirib bo‘lmaydi.
2.Egali yoyiq sodda gaplar: Uning aybi katta.
Gapda eganing o‘rni, xususiyati, ifodalanishi va boshqa tomonlari G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Safoyev, M.Shoazizov, A.G‘ulomov va boshqa tilshunos olimlar tomonidan chuqur va atroflicha o‘rganilganligi tufayli biz bu boradi to‘xtalib o‘tirmadik.
Egasi ifodalanmagan gap. O‘zbek tilshunosligida gapning bu turlari “shaxsi aniq”, “shaxsi noaniq”, “shaxsi umumlashgan” bir tarkibli gaplar atamasi ostida anchagina mufassal o‘rganilgan va bu bizning ishimizni ancha yengillashtiradi. Chunki bu turdagi gaplar tavsifi maktab darsligidan boshlab, akademik grammatika-yu A.Muxtorov, I.Rasulov, A.Safoyev, A.Sulaymonov, B.O‘rinboyev, A.Hazratqulovlarning monografiyalari va o‘nlab maqolalarida muhokama mavzui bo‘lgan.
1.–Qisqasi, baxtiyorsizlar.
2. Saida samanni darrov mindi. Jo‘nashdi.
Demak, aytish mumkinki, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi asosan [WPm] shaklida bo‘lsa, Hind-Yevropa tillarida gapning minimal qolipi asosan [E-WP] ko‘rinishida. Bu esa bu tillar orasidagi asosiy tipologik va milliy farqlardan hisoblanadi.
O‘zbek tilida sodda yig‘iq gap uch xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1) egasi ifodalanmagan sodda yig‘iq gap. Bu gapning qolipi [WPm ] ko‘rinishida berildi: O‘qituvchiman.
2) egasi ifodalanishi lozim bo‘lgan sodda yig‘iq gap. Bu gap [E-WP] qolipi hosilasi: Men - shoir. Ukam - talaba.
3) So‘z-gapdan iborat yig‘iq gap ([WP]): Xo‘p. Rahmat. Balli kabi.
Aytilganlar asosida biz quyidagi xulosalarga kela olamiz:
1.Nutqimizdagi grammatik shakllangan sodda gaplarning rang-barang nutqiy ko‘rinishlari umumiy [WPm] qolipining leksik-grammatik-fonetik to‘ldirilgan holda voqelanishidir.
2.Nutqdan lisonga ko‘tarilganda nutqiy hodisalarda nosintaktik holatlarning tajallilarini, in’ikoslarini chetlashtirish, ularning har birini o‘zlari mansub kategoriyalarga nisbat berib, gapning lisoniy qurilish mohiyatini soddalashtirish asosida o‘ta ixcham, sodda va serimkoniyat [WPm] qolipiga ko‘tarilish mumkin.
3.Nutqiy voqelanishda bu sodda, ixcham qolip gapning nutqda yashashi uchun zaruriy bo‘lgan, lekin mohiyatan nosintaktik bo‘lgan kategoriyalarning zarralari bilan bosqichma-bosqich boyitilib, nutqimizda o‘nlab sintaktik, morfologik, leksik, stilistik, fonetik kategoriyalarning birliklari, zarralari bilan murakkablashtirilgan, bezatilgan shaklda yuzaga chiqadi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday umumiy xulosaga kelish mumkinki, bugungi zamonaviy tilshunoslikda lingvistik hodisalar tadqiq etilar ekan, bunda shubhasiz til va nutq farqlanishi (dixotomiyasi)ga asoslanilgan.


Yüklə 347,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin