Sodda gap qolipi va uning turlari



Yüklə 347,61 Kb.
səhifə2/18
tarix04.07.2023
ölçüsü347,61 Kb.
#135648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Sоddа va qo\'shma gap

Kurs ishining obyektini “Sodda gap qolipi va uning turlari” modulini o‘qitish tashkil etadi.
Kurs ishi predmeti: ixtisoslik fani bo‘yicha SG mavzularini o‘qitishda qo‘llaniladigan ilg‘or pedagogik texnologiya (grafik organayzer)larni qo‘llash.
Kurs ishi maqsadi: ta’lim jarayonini sifatli va samarali tashkil etish barobarida “Sodda gap qolipi va uning turlari” modulini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish yo‘llarini yoritishdan iborat.

Kurs ishi vazifalari:
– “Hozirgi o‘zbek tili” fani bilan daxldor sodda gapning nazariy masalalarini yoritish;
– fanni o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish;
– fan mavzusining o‘quv moduli ishlanmasini yaratish;
mavzu yuzasidan keyslar, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar, nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar ishlab chiqish;
–“Sodda gap qolipi va uning turlari” modulini o‘qitishda grafik organayzerlardan foydalanish bo‘yicha taqdimotlar tayyorlash.
Kurs ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili. Har bir fan va ilmiy yo‘nalishning falsafiy–gnoseologik-metodologik asoslarini obdon uqish, fanni falsafiy kategoriyalar bilan bog‘lab o‘rganish mustaqil milliy taraqqiyot yo‘liga o‘tgan o‘zbek ilmi oldida turgan muhim vazifalardandir. Tarix va falsafa munosabati haqida bayon etilgan: “Aslida tarix va falsafa mantiqiy ravishda bir-birini taqozo etadigan, kerak bo‘lsa, to‘ldiradigan, taraqqiyot jarayonlari haqida yaxlit tasavvur beradigan, oq-qorani farqlashga asos bo‘ladigan fanlardir”2, degan metodologik yo‘llanma va dasturulamal ko‘rsatmalar barcha soha olimlari, jumladan, tilshunoslarga ham taalluqlidir. Falsafiy tahlillarda muhim kategoriyalar sifatida ajratiluvchi til va tafakkur ayniyatini hisobga olsak, tilni tadqiq etishda falsafiy kategoriyalarga tayanib ish ko‘rish qanchalik ulkan ahamiyatga ega ekanligini anglash qiyin emas. Xususan, substansial (formal-funktsional) tilshunoslikda. Vaholanki, substansial tilshunoslik mohiyatan jahonda keng tarqalgan funksional lingvistikaning asosiy tushuncha hamda tahlil usullarini o‘zbek tilshunosligida onglilik va izchillik bilan tatbiq etiladigan dialektik kategoriyalar bilan to‘ldirish zaminida shakllandi va rivojlanmoqda. XX asrning 90-yillarida o‘zbek tilshunosligi fanida o‘ziga xos formal-funksional (“substansial” deb atalgan) yo‘nalish shakllandi va bu haqdagi qat`iy xulosalar tilshunos M. Qurbonovaning "O‘zbek tilshunosligida formal-funksional yo‘nalish va sodda gap qurilishining talqini" nomli tadqiqotida bayon etilgan(T., 2001.-51 b.).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son «Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentyabrdagi 278-son «Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur kurs ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 347,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin