Bir tarkibli sodda gaplarda kesim tarkibida III shaxs birlik son ma’nosiga ishora bo‘lsa ham, gapning egasini tiklash mumkin emas. Chunonchi, "Yuvildi", "O‘qisa bo‘ladi", "Aytish mumkin", "Bahor edi" va h.
Eganing gapda ifodalangan va ifodalanmaganligiga ko‘ra ikki tarkibli sodda gaplarning o‘zi yana ikki turli bo‘ladi:
a) ikki tarkibli egali sodda gaplar;
b) ikki tarkibli egasiz sodda gaplar.
Egasi ifodalangan gap. Bunday gaplar egadan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar bilan ham kengayishi mumkin. Shu jihatdan ular ikki turga bo‘linadi:
1.Egali yig‘iq sodda gaplar: Aybi katta. Uni shunday qoldirib bo‘lmaydi. 2.Egali yoyiq sodda gaplar: Uning aybi katta. Gapda eganing o‘rni, xususiyati, ifodalanishi va boshqa tomonlari G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Safoyev, M.Shoazizov, A.G‘ulomov va boshqa tilshunos olimlar tomonidan chuqur va atroflicha o‘rganilganligi tufayli biz bu boradi to‘xtalib o‘tirmadik.
Egasi ifodalanmagan gap.O‘zbek tilshunosligida gapning bu turlari “shaxsi aniq”, “shaxsi noaniq”, “shaxsi umumlashgan” bir tarkibli gaplar atamasi ostida anchagina mufassal o‘rganilgan va bu bizning ishimizni ancha yengillashtiradi. Chunki bu turdagi gaplar tavsifi maktab darsligidan boshlab, akademik grammatika-yu A.Muxtorov, I.Rasulov, A.Safoyev, A.Sulaymonov, B.O‘rinboyev, A.Hazratqulovlarning monografiyalari va o‘nlab maqolalarida muhokama mavzui bo‘lgan.
1.–Qisqasi, baxtiyorsizlar. 2. Saida samanni darrov mindi. Jo‘nashdi. Demak, aytish mumkinki, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi asosan [WPm] shaklida bo‘lsa, Hind-Yevropa tillarida gapning minimal qolipi asosan [E-WP] ko‘rinishida. Bu esa bu tillar orasidagi asosiy tipologik va milliy farqlardan hisoblanadi.
O‘zbek tilida sodda yig‘iq gap uch xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
1) egasi ifodalanmagan sodda yig‘iq gap. Bu gapning qolipi [WPm ] ko‘rinishida berildi: O‘qituvchiman. 2) egasi ifodalanishi lozim bo‘lgan sodda yig‘iq gap. Bu gap [E-WP] qolipi hosilasi: Men - shoir. Ukam - talaba. 3) So‘z-gapdan iborat yig‘iq gap ([WP]): Xo‘p. Rahmat. Balli kabi.
Aytilganlar asosida biz quyidagi xulosalarga kela olamiz:
1.Nutqimizdagi grammatik shakllangan sodda gaplarning rang-barang nutqiy ko‘rinishlari umumiy [WPm] qolipining leksik-grammatik-fonetik to‘ldirilgan holda voqelanishidir.
2.Nutqdan lisonga ko‘tarilganda nutqiy hodisalarda nosintaktik holatlarning tajallilarini, in’ikoslarini chetlashtirish, ularning har birini o‘zlari mansub kategoriyalarga nisbat berib, gapning lisoniy qurilish mohiyatini soddalashtirish asosida o‘ta ixcham, sodda va serimkoniyat [WPm] qolipiga ko‘tarilish mumkin.
3.Nutqiy voqelanishda bu sodda, ixcham qolip gapning nutqda yashashi uchun zaruriy bo‘lgan, lekin mohiyatan nosintaktik bo‘lgan kategoriyalarning zarralari bilan bosqichma-bosqich boyitilib, nutqimizda o‘nlab sintaktik, morfologik, leksik, stilistik, fonetik kategoriyalarning birliklari, zarralari bilan murakkablashtirilgan, bezatilgan shaklda yuzaga chiqadi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday umumiy xulosaga kelish mumkinki, bugungi zamonaviy tilshunoslikda lingvistik hodisalar tadqiq etilar ekan, bunda shubhasiz til va nutq farqlanishi (dixotomiyasi)ga asoslanilgan.
Gap va hukm, nutqiy bosqichdagi gap ta’riflari, lisoniy bosqichda gap, zohiriy va lisoniy qoliplar, shakllangan kesim, atov birligi, kesimlik qo‘shimchalari, gap lisoniy sintaktik qolipining shakliy va mazmun tomoni, gap va ohang, gap kengaytiruvchilari (ega, hol), so‘z kengaytiruvchilari (to‘ldiruvchi, aniqlovchi), grammatik asos, qo‘shma gap va uning turlari (qoliplari), qo‘shma gap va uyushiq kesimli sodda gaplar, qo‘shma gap va uyushgan gaplar.
Nutq faoliyati uchun eng asosiy birlik gapdir. Chunki ijtimoiy hayotda so‘zlovchining fikr ifodalashi, axborot uzatishi, tinglovchining axborot qabul qilishi, ya’ni kishilarning o‘zaro fikr almashuvi so‘z yoki so‘z birikmasi orqali emas, balki gap orqali amalga oshadi. «Til ~ nutq ~ nutq qobiliyati»dan asosiy maqsad gap tuza olish va uni bayon etishdan iborat. Inson tilida nimaiki bo‘lsa, barcha-barchasi gapni turfa shakl va mazmunda qurish uchun xizmat qiladi. Zeroki, gap ma’lum fikrni, hukmni ifodalaydi. Fikrning manbai esa real borliq yoki tuyg‘u-hissiyotlardir. Masalan, Daraxt gulladi gapini olaylik. Ushbu gap bizning ongimizda ikki tasavvur – predmet (daraxt haqidagi tasavvur) va uning holati (gullamoq haqidagi tasavvur)ni jonlantiradi va o‘zaro yaqin ikki tasavvurning qo‘shilishidan hukm (fikr) yuzaga keladi. Hukm esa gap orqali ifodalanadi. Tildan maqsad – gap qura olish, gapdan maqsad esa fikr ifodalashdir. Shu o‘rinda til bilan tafakkurning chambarchas bog‘liqligini eslashning o‘zi kifoya.
Gap har bir til sistemasida kommunikativ mohiyatga molik bo‘lgan eng asosiy birlik bo‘lib, o‘ziga xos tuzilishga ega. Til o‘zining kommunikativ funksiyasi (jamiyatda aloqa vositasi vazifasi)ni faqat gap orqaligina bajaradi. Tilning asosiy vazifalaridan yana biri psixik (ruhiy) funksiyasi bo‘lib, fikrni shakllantirishga xizmat qiladi va bu vazifa ham gap orqali yuzaga chiqadi. Demak, gapda ham ijtimoiy, ham ruhiy maqsad bo‘ladi. Shuning uchun tilning barcha sathlari – fonologiya, fonetika, leksika, semantika, morfologiya, sintaksis, stilistika – bitta maqsadga gapni shakllantirishga va aloqani amalga oshirishga xizmat qiladi.
Gapning tabiati, mohiyati, uning konstruktiv-grammatik belgilari, gapning so‘z, so‘z birikmasi va turg‘un birikmalardan farqi kabi masalalar har bir tilning grammatikasida o‘rganilishi bilan birga jahon umumiy tilshunosligi uchun ham g‘oyat muhim masalalardandir. Tilshunoslik tarixida bu masalalar turlicha talqin etilgan bo‘lib, hozirgacha gapga uch yuzdan ortiqroq ta’rif berilgan. Chunonchi:
Voqelikni va unga bo'lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan, ohang va mazmun jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so'z yoki so'zlar bog'lanmasi gap deyiladi.
Ma'lumki, kishilar o'zaro fikr almashadilar, aloqa qiladilar, bunday aloqa aralashuv faqat gap orqali yuzaga keladi. Shuning uchun gap fikrni ifoda etuvchi nutq birligidir.
Gapning asosiy belgilari quyidagilar:
1. Gap asosan so'zlarning ma'lum grammatik qoidalari asosidabirikuvidan hosil bo'ladi. Masalan: Dars boshlandi.
2. Gapning yana muhim belgilaridan biri hukm(predikativlik)dir. Bunda so'zlovchining aytilayotgan fikrigabo'lgan munosabati ifoda qilinadi. Hukm (predikativlik moddalik, zamon, shaxs-son kategoriyalarini o'z ichiga oladi. Hukmso'zlarning predikativ munosabatiga kirishuvi bilan (ega va kesimaloqasi) ifodalanadi. Masalan:
Yoshlar mustaqil vatanga sodiq bo'ling!
3. Gap ohang (intonatsiya) tugalligiga ega. Ohang, birtomondan, bir qancha so'zlar bir gapni tashkil etganligini ko’rsatsa. ikkinchidan, gapning tugallanganligini ko'rsatadi. bu esa yozuvda turli tinish belgilari orqali ifodaetiladi. Masalan: Ular butun vujudi bilan ishga sho'ng'ib ketishgandi-yu, ammo texnika yetishmasdi. (Ch.A.)
Oltinsoy tongi naqadar go'zal! (Sh.R.) Yuragimni hech sezasanmi men sevaman, sen sevasanmi? (qo'shiq). Birinchi gapda xabar ohangi bo'lgani uchun (.), ikkinchi gapda his-hayajon ohangi bo'lgani uchun (!), uchinchi gapda so'roq ohangi bo'lgani sababli (?) belgilari qo'yilgan.
4. Gap fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Bu esa ma'lumsharoit bilan bog'liq. Ba'zan bir so'z ham gap bo'lishi mumkin. Masalan: Kuz oltin fasl. Pishiqchilik. To'kin-sochinlik.