Sodda gap qolipi va uning turlari


“Sodda gap qolipi va uning turlari” modulini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar



Yüklə 347,61 Kb.
səhifə12/18
tarix04.07.2023
ölçüsü347,61 Kb.
#135648
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Sоddа va qo\'shma gap

1.2. “Sodda gap qolipi va uning turlari” modulini o‘qitishdagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar
“Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq.
“Hozirgi o‘zbek tili” fanini o‘qitishdan maqsad Davlat Ta’lim Standartlari asosida bo‘lg‘usi filologlarga o‘zbek tilining fonetik qurilishi, fonetik qonuniyatlari, lug‘at tarkibi, leksik-semantik guruhlari, lug‘atchilik masalasi, morfemik qurilishi, so‘z yasalishi tizimi, so‘z turkumlari, sintaktik qurilishi, ya’ni o‘zbek tilining sintaktik tizimi, so‘z birikmasi, sodda gap sintaksisi, qo‘shma gap sintaksisi yuzasidan izchil ilmiy-nazariy ma’lumot berishdan, immanent imkoniyat sifatida ularning ongida joylashgan ifoda vositalarini yetkazishdan iborat.
Talabalar yuqoridagi bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishlari uchun fanni ilg‘or innovatsiyalar, xorijiy ta’lim tajribalariga tayangan holda taqdim etish pedagogdan innovatsion va axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirganlikni va pedagogik mahoratni talab etadi.
Modul – bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materialidir.
Professor N.Egamberdiyevaning fikricha “Modulli o’qitishga o’tish uchun, eng avvalo, maqsadga erishishni ta’minlaydigan kompleksli didaktik maqsad va modullar yig’indisidan iborat modulli dastur ishlab chiqish kerak. Buning uchun o’qituvchi asosiy ilmiy g’oyalarini ajratib olishi zarur”3. Modul amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o’rganiladigan yangi material bilan to’ldirilishi kerak.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda talabalarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
“Sodda gap qolipi va uning turlari” modulini o‘qitishda grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagremmasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqa chizmalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi.
Quyida mana shunday metodlarning bir nechtasi bilan tanishib o‘tamiz.

Yüklə 347,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin