Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha. Nafas olish a‘zolari kasalliklari. Reja



Yüklə 21,52 Kb.
səhifə2/8
tarix08.05.2023
ölçüsü21,52 Kb.
#109463
1   2   3   4   5   6   7   8
SOG‘LIQ VA KASALLIK HAQIDA TUSHUNCHA.

4.Kasallik asoratlari. Kasallikka o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yib davolash tadbirlarini talab darajasida olib borilmasa kasallikning kechishi qiyinlashadi, murakkablashadi, uning asosiy belgilaridan tashqari yuzaga kelgan asoratning belgilari ham namoyon bo‘ladi. Masalan, gripp kasalligini ayrim odamlar nazar-pisand qilmay, 4-5 kun yotib davolanmasdan oyoqda yurib o‘tkazmoqchi bo‘ladilar. Buning natijasida gripp virusi va uning toksinlari o‘pka to‘qimasini yallig‘lantirib pnevmoniya, yurak muskulini zararlab miokardit, miya pardasini zararlab meningit, miya to‘qimasini zararlab ensefalit, buyrakni zararlab nefrit kabi og‘ir kasalliklarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, arterial gipertoniya kasalligini o‘z vaqtida aniqlab muntazam ravishda davolash tadbirlarini o‘tkazmaslik, sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik (spirtli ichimliklar iste’mol qilish, chekish, jismoniy va ruhiy zo‘riqish kabilar), ushbu kasallikning asorati sifatida gipertonik kriz, miya insulti, miokard infarkti kabi og‘ir holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
5.Nafas olish a‘zolari kasalliklari.
Rinit (tumovlamish)- burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi. Sovuq havoning ta‘siri, mikrob va viruslarning, ayniqsa, gripp virusi yuqishi.
Belgilari. Burundan suv kelishi, aksirish, burunning bitishi tufayli nafas olishning qiyinlashuvi.
Tibbiy yordam. Sovuq kunlari burunni yumshoq mato bilan issiq o‘rash, protorgol -1-2%, nazivin burunga 2-3 tomchidan kuniga 3 mahal tomizish. Bu dorilar bo‘lmaganda piyoz yoki sarimsoq suviga baravar qaynagan iliq suv qo‘shib burunga tomizish, yotish oldidan sodali ingalyatsiya, oyoqqa issiq gorchitsali vanna kabilar. Grippda-interferon 2-3 tomchi burunga kuniga 2-3 mahal (flakonda kukun holda bo‘ladi: 2 ml qaynagan iliq suv qo‘shib eritiladi).
Faringit tomoq (halqum) shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi: shamollash, sovuq taomlar va ichimliklar iste’mol qilish, gripp virusi kabilar.

Yüklə 21,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin