Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha. Nafas olish a‘zolari kasalliklari. Reja


Belgilari: yutinganda tomoqda og‘riq. Tibbiy yordam



Yüklə 21,52 Kb.
səhifə3/8
tarix08.05.2023
ölçüsü21,52 Kb.
#109463
1   2   3   4   5   6   7   8
SOG‘LIQ VA KASALLIK HAQIDA TUSHUNCHA.

Belgilari: yutinganda tomoqda og‘riq.
Tibbiy yordam: 1.Tomoqni ichimlik sodasining 1-2 % eritmasi bilan chayqash;
2.Furatsilinning 1:1000 eritmasi bilan chayqash;
3.Lyugol eritmasi tayyorlab tomoqni artish. (Lyugol eritmasi tayyorlash uchun 5 ml spirtga 5 tomchi yod qo‘shiladi).
4.Bo‘yin oldi sohasiga isituvchi kompress qo‘yish.
5.Bemorning harorati ko‘tarilsa aspirin, panadol, paratsetamol tabletkalaridan birontasi qabul qilinadi, yoki analgin, dimedrol, novokain bilan qo`shib muskul orasiga yuboriladi. Shuningdek, bemor badaniga spirt (aroq) surtiladi.
6.Bemor ichimlik va taomlarni issiq holda qabul qilishi lozim.
Laringit – hiqildoq shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi: shamollash, gripp virusi, baqirib gapirish, sovuq taomlar va ichimliklar iste’mol qilish.
Belgilari: ovozning xirillashi, qattiq do‘rillab yo‘talish, kasallik og‘ir kechganda ovozning butunlay chiqmay qolishi, nafas olishning qiyinlashuvi.
Tibbiy yordam: 1.Issiq sodali ingalyatsiya.
2.Oyoqlarga issiq gorchitsali vanna.
3.Bo‘yinning oldingi sohasiga isituvchi kompress.
4.Tana harorati ko‘tarilganda badaniga iliq spirt yoki aroq surtish, aspirin, panadol, paratsetamol 1 tabletka ichishga.
5.Harorat 39 daraja va undan oshganda analgin 1-2 ml, dimedrol 1ml, novokain 0,5 %-2 ml bitta shpritsga olinib muskul orasiga yuborish (bolalarga buning uchdan biri yoki yarmi).
6.Katta choynakdagi qaynoq suvga 1 osh qoshiq ichimlik sodasi solib, bemor og`zi va burnini choynak og`ziga yaqin tutib eritma bug`idan nafas olib, nafas chiqariladi.
7.Antibiotiklar: ampitsillin, oksatsillin, ampioks kattalarga 2 tabletkadan ichishga yoki 0,5-1 gr, kuniga 4 mahal muskul orasiga, gentamitsin 80 mg kuniga 2 mahal (bolalarga buning uchdan biri yoki yarmi), yoki sefazolin kattalarga 1 gr 2 mahal muskul orasiga (bolalarga yarmi).
8.Sulfanilamidlar (sulfadimetoksin, sulfamonometoksin)dan birortasi kuniga 2 mahal 1-2 tabletkadan ichiriladi.

Yüklə 21,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin