O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagilarda: birinchidan, ushbu hujjatda huquqiy va siyosiy ongning eng yuksak yutuqlarini, xozirgi zamon, konstitutsiyaviylik ilmini o‘ziga jalb etgani, o‘zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanilganligi;
ikkinchidan,bu hujjat, O‘zbekiston Respublikasidagi avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tizimni amalda boshqa tizimga aylanganligini, tubdan o‘zgarish ro‘y berganini Konstitutsiyaviy mustahkamlaganligini ko‘rish mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan yangi siyosiy hujjatdir. Unda ijtimoiy-siyosiy xususiyat, uni rivojlantirishning asosiy g‘oyalari, respublika ichki va tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlari belgilab berildi. Asosiy qonun dunyo siyosiy xaritasida yangi suveren davlat - O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganligini mustahkamlab qo‘ydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni. 2016 yil 15 sentabr Xalq so‘zi gazetasi.
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. 2016 yil 9 sentabr
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi Qonuni. 2017 yil 4 yanvar Xalq so‘zi gazetasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni.