xurmatli Shavkat Abdullaevichning ilm-fan, ta’lim va jamoat ishlaridagi ko‘p yillik
bemisl samarali mehnatlarining e’tirofi bo‘lsa, ikkinchi tomondan xurmatli
Prezidentimizning matematika faniga va matematika ta’limiga va butun
mamlakatimiz matematiklariga bo‘lgan alohida e’tiborlari va cheksiz ishonchlari desam
mubolag‘a bo‘lmaydi.
2. Matematika darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatida integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi. Ta’limning barcha bosqichlarida matematika fanini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish, pedagoglarning samarali mehnatini qo’llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining ko’lamini kengaytirish va amaliy ahamiyatini oshirish, xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida bir qancha vazifalar belgilab berildi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturida matematikani o’qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan biri o’quvchilarda “... izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aqlzakovot rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini to’a olishlariga ko’maklashish” ekanligi qayd etilgan. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda matematik jumlalar (ta’rif, aksioma, teorema) ni kiritish va mustahkamlash uslubi katta ahamiyatga egadir, chunki matematika darslarida o’rganilayotgan o’quv materialining hajmi, mazmuni, o’quvchilarning rivojlanish darajasi va boshqa holatlarga bog’liq holda matematik jumlalarni kiritishning quyidagi uchta usulidan biri qo’llaniladi.