Sohasidagi tadqiqot metodlari



Yüklə 21,27 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü21,27 Kb.
#158882
  1   2
2-mavzu


2-MAVZU. GEOGRAFIYANI O‘QITISH METODIKASI
SOHASIDAGI TADQIQOT METODLARI
Tayanch tushunchalar: moddiy, sanitar-gigiena, anatomiya, kuzatish,
didaktika, metodika.
2.1.Geografiyani o‘qitish metodikasining pedagogika o‘quv predmeti
sifatida ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari, ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati
Geografiya metodikasi pedagogikada qo‘llanadigan tadqiqot metodlaridan
foydalanadi. Tadqiqotchi-metodist maktabda geografiyani o‘qitish jarayonini
kuzatadi. Kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o‘rtasidagi
qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to‘g’riligini
amalda tekshiradi endi buning natijasida geografiyani o‘qitish tamoyillarini
belgilaydi.
Kuzatish va tajriba geografiyani o‘qitish metodikasi sohasidagi eng zarur
metod. Shuningdek geografiyani o‘qitish metodikasi didaktika bilan bog’langan fan.
Uning uchun ta’lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi va vazifalariga
asoslangandagina maktab geografiya kursini to‘g’ri tuzish, boshlng’ich va ulardan
keyingi sinflar o‘quv predmetlari sistemasida uning o‘rni va rolini aniqlaydi. O‘quv
materialini tanlash va uni sinflar bo‘yicha taqsimlash didaktik prinsiplar bilan
izohlanadi. Endi ular xususiy metodik masalalarni hal qilishda, o‘qitish metodlar
tanlashda, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etadilar.
Geografiya metodikasi o‘quvchilarni amaliy faoliiyatga tayyorlash bilan bog’liq
bo‘lgan masalalarni pedagogikaning politexnika ta’lim muommalarini ishlab
chiquvchi bo‘limiga tayanadi. Geografiyani o‘qitishning tarbiyalovchilik xarakteri
to‘g’risidagi masalani metodika tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va
kompleks tarbiya nazariyasiga asoslanib ishlab chiqadi.
Geografiyani o‘qitish metodikasi fiziologiya, anatomiya, gigiena, botanika,
zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya bilan
chambarchas bog’liqdir. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim
ishlarini, munosabatini, xarakterini o‘z ichiga olgani faoliyat jarayonida boradi. Bu
faoliyat turning o‘qish, mehnat, o‘yin, muloqotlarining dalillari alohida ahamiyatga
egadir. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Uni
o‘qituvchi hisobga olmasa, tabiat to‘grisidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirib
yuboradi. Tabiat bilan to‘g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab
o‘quvchilarida go‘zallikni his etishni boyitadii va chuqurlshtiradi, ularda o‘z
harakatini va ishini o‘zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi. Tabiat bilan muloqot
jarayonida o‘rtoqlariga hurmat va mehr-muhabbat vujudga keladi.
Geografiya o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Geografiya o‘qitish metodikasi jonsiz tabiat, botanika, hayvonot olami va odam
anatomiyasi «Odam uni salomatligini saqlash», «psixologiya», «pedagogika»,
«ekalogiya» kabi fanlar bilan chambarchas bog‘liq.
Geografiya kursini o‘qitish o‘qituvchidan geografiya fanlari sohasida bilimdon
bo‘lishni talab etadi. Nazariy jihatdan tabiat hodisalarini ilmiy tushuntirish uchun
ham, amaliy jihatdan esa tabiatdagi o‘simlik va hayvonlarni bilish, ularni aniqlash,
parvarish qilish, o‘stirish ustida tajribalar olib borish uchun zarur.
Geografiya fanida kuzatish tajriba o‘tqazish va to‘plangan faktlarni nazariy
jihatdan umumlashtirish, tadqiq qilishning asosiy metodlari hisoblanadi.
Boshlang’ich maktab geografiyani o‘qitish metodikasi o‘quvchilami o‘qitishda
ularga tabiat haqidagi tushunchalarni sodda qilib, ularning ongiga yetib borishi
uchun ko‘proq ko‘rgazma materialiarni yoki obyektlarni yaqqol ko‘rsatish orqali
tushuncha hosil qildirish, yuqori sinf o‘quvchilariga fan yerishgan fakt va
qonuniyatlar to‘g‘risida aniq misollar keltirish orqali ulardagi tushunchalarni
mustahkam egallashlarida (korreksion) to‘g‘irlash ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
maqsad qilib qo‘yiladi.
Geografiyani o'qitish metodikasi, bakalavr talabalar oldiga o‘quvchilarga tabiat
haqidagi bilimlami berishda oddiydan murakkabga qarab borish; boshlang‘ich sinf
o'quvchilariga geografiya darslari orqali tabiat haqidagi bilimlarni oddiy
tushunchalar berilishi, 4-sinfdan jonsiz tabiat haqidagi bilimlar oddiy tushunchalar
kundalik hayotida ko‘p uchraydi.
Boshlang’ich maktab o‘quvchilari darsda bilimlarni tezda o‘zlashtira olmaydi.
bolalar tafakkuri rivojlanmasligi natijasida ham bilish faoliyatlari turli xilda
rivojlangan bolalar maktabda ta’lim-tarbiya oladilar. Bunday har xil kontinentga ega
bo‘lgan bolalar uchun ta’lim jarayonini boshqarish geografiya o‘qituvchisi irodali
o‘z kasbini mohir ustasi bo‘lishi kerak. Shunga qarab o‘qituvchi dars berishni turli
usullarini qollashi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa materiyani birlamchiligi ongning
ikkilamchiligi haqidagi dialektik materializm qonuniyatlarini o‘qituvchi oddiy
so‘zlar bilan tushuntirishi va tabiat muzeylariga ekskursiyalar uyushtirib ko‘rsatib
tushuntirishlari lozim.
Hozirgi zamon geografiya o'qitish metodikasi ta’lim- tarbiyaning yagona
qismi, shakl va metodlarning yaxlit sistemasi sifatida qaraydi.
O‘qituvchi va o‘quvchilaming butun o‘quv ishi doimo rejali ravishda rivojlanib
boradi. Har bir mavzularni o'qiganlarida yildan yilga ularning dunyoqarashi,
tafakkuri, ko‘nikma va malakalari rivojlanadi. Ta’lim va tarbiya metodlari asta-sekin
murakkablashdi.
Dialektik materializm qonuniyatlarini bilishi, o‘qituvchiga tarbiyalovchi ta’lim
jarayonining bir butunligi va qarama - qarshiliklarini (metodlarning,
ko‘rgazmalilikni qo‘llanishi miqdori, sifatini) tushunishga yordam beradi.
O‘qituvchi geografiya kursining barcha mavzulari o‘zaro bog‘liqligini, har bir
keyingi mavzu oldingisi asosida tuzilganligini hamisha e’tiborga olishi kerak.
Shuningdek, o‘quvchilarning tabiat mavzusini o‘rganishi ma’lum bir ma’noda
boshqa dars va boshqa fanlarga ham o‘tadi. Demak, boshlang'ich sinflarda
geografiyaning butun kursi integratsion va fanlararo aloqalar hisobidan tuzilgan
(integratsiya — ilm-fanning aloqa va yaqinlashish jarayoni). Integratsiyalashgan
aloqalar shunday aloqaki, «O‘zbekiston — globus va xaritada» degan juda keng
mavzuga kiradigan kichik mavzuchalar o‘zaro chambarchas bog‘liq, asosan muhim
geografiyaga oid tushunchalar bir mavzudan ikkinchi mavzuga o'tadi, shu tariqa
yanada chuqurlashtiriladi.
O‘qituvchi o‘z ishini shunday tuzishi kerakki, o'quvchilarda shakllangan
tushunchalar keyinchalik rivojlanib, aniqlashtirilsin. Ba’zi darslarda integratsiya
aloqalari tabiatni ona tili darsida, o‘qish darsida, g‘o‘za, boshqa o‘simliklar,
hayvonlar haqidagi misollar bilan matematika darsida, shuningdek, mehnat darsida
ham ko'rinadi. Fanlararo aloqalar o‘qituvchiga geografiyaga oid tushunchalarni
shakllantirish ishlarini nafaqat geografiya darslarida, balki boshqa fan darslarida
ham o‘tkazilishini taqozo etadi: fanlararo aloqalar o'quv jarayonini kengaytirib
beradi. Geografiya qishloq xo‘jaligi mehnati bilan bogliqdir. O‘z o‘lkasining
madaniy va yovvoyi o‘simliklari, hayvonlari, tuprog‘ining tuzilishi va qayta
ishlanishini o‘rganish kabi geografiyaga oid bilimlar qishloq xo‘jaligi mehnatining
nazariy negizi sifatida zarurdir. O‘z navbatida o‘quvchilarning o‘quv-tajriba
maydonchasida, qishloq xo'jaligi korxonalariga uyushtirilgan sayohatlardan olgan
amaliy bilimlari, ko‘nikma va malakalari geografiya darslarida keng qo‘llanilishi
kerak. Tabiat hodisalarini kuzatish ona tili darslarida og‘zaki va yozma nutqni
rivojlantirish uchun keng material bo‘la oladi. Tasavvurlar tabiat (qonuniyatlarini
o‘rganishni kuchaytiribgina qolmay nutqning rivojlanishiga ham yordam beradi.
Badiiy so‘z tabiatning go‘zalligi va mukammalligini kuchliroq sezishga imkon
yaratadi (masalan, tabiat haqida she’r o‘qish). Tabiat haqidagi she’rlar nafaqat
mazmunan qulay, balki tabiat timisollarini ta’riflovchi musiqiy va ohangdor bo‘lishi
ham kerak. Tabiatni she’riy o‘zlashtirish jarayoni o‘qituvchi rahbarligida bo‘lishi
kerak, u o‘quvchilarning taassurotlarini aniqlaydi va sistemaga soladi, estetik
hissiyotlami ko‘rsatishda chiroyli aniqlovchilar topishga undaydi. Geografiya
darslarida she’riy asarlar, badiiy rassomchilik asarlaridan foydalanish
o'quvchilarning tabiatni jo‘shqin qabul qilishini kuchaytiradi, shuningdek, ijodiy
tasviriy faoliyatga qiziqishini orttiradi. Badiiy asarlar ko‘rgazmasini borib ko‘rish
tabiat go‘zalliklariga qiziqishni kuchaytiradi. Tabiat hodisalarini o‘rganishda,
geografiya bo‘yicha daftarlarga ob’yektning aslidan va tabiat hodisalari haqida
hikoyalar, rasm va jadvallar tuzib to‘ldiradilar. Sayohat davrida, amaliy
mashg'ulotlarda, o‘quv-tajriba maydonchasida va joylarda yig'ilgan barcha tabiat
materiallari rasm darslari uchun ajoyib manba bo‘ladi. O‘quvchi o'rganayotgan
o‘simlik yoki boshqa tabiat ob’yektini chiza turib, unga diqqat bilan qaraydi, undan
oldin e’tibor bermagan xususiyatlarini topadi, muhim belgilami umumiylashtirishni
o‘rganadi. Rasm chizish taassurotni oshiradi, tasavvurni kuchaytiradi, ya’ni fikrlash
qobiliyatini faollashtiradi. Musiqa darsida bolalar tabiat, o'simliklar haqida
kuylaydilar. Geografiya bo‘yicha kuzatuvlar va amaliy ishlar matematika darsi bilan
ham bog‘liqdir. Matematika darsida olingan bilimlar, ko‘nikma va malakalar
geografiyadagi amaliy ishlarda foydalaniladi: yer yuzasining shaklini, sinf planini,
maktab maydonchasini, sayohat yo‘lini chizishda va h.k. Geografiya kursining
jismoniy madaniyat va sport bilan aloqasi katta ahamiyatga ega. Birinchi sinfdan
boshlab o‘quvchilarga sogliqlari haqida ma’lumot beriladi, sog‘liqni saqlashda
jismoniy madaniyat va sportning ahamiyati haqida bilim oladilar. O‘quvchilarga
gavdani to‘g‘ri tutishning ahamiyati, toza havoda o‘yinlarning zarurligi, sport bilan
shug’ullanishning foydaliligi tushuntiriladi
Pedagogika ta’lim va tarbiyaga tarbiyalovchi deb uning ikki tomonini
ko‘rsatib beradi. Ta’limning tarbiyalovchilik xarakteri uning mazmuni bilan
belgilanadi. Boshlang’ich maktabda geografiya fanining ta’limiy va tarbiyaviy
vazifalari o‘qitish jarayonida birgalikda echiladi. Geografiya o‘zining mazmuni va
metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz
imkoniyatlarga ega. Uning asosiy maqsadi bilimlar yigindisini faqat esda qoldirish
bo‘lib qolmasdan, ularni ishonchga aylantirish. Ishonch insonlarga, atrof olamga
bo‘lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulk-atvorda namoyon bo`ladi. Bunda
birinchi geografiyaning turmush bilan aloqasi ko‘rsatiladi. O‘quvchilarni hayotining
bir me’yerda borishini halq-xo‘jalik rejalari, davlat qarorlari tushunarli shaklda
tanishtirib boriladi.
Geografiya bo‘yicha mashg’ulotlarda o‘qituvchi o‘quvchilarni atrof olam bilan
tanishtiradi, tabiatdagi jarayonlarning moddiyligini ochib beradi, inson tabiat
to‘g’risidagi bilimlar bilan qurollanib, undan qanday foydalanayotganlarini
ko‘rsatadi. Hikoya qilib ahamiyati to‘g’risida xulosa chiqarib, tabiatni muhofaza
qilish tadbirlari ustida to‘xtab, mamlakatimizdagi tabiat boyliklariga alohida
munosabatda bo‘lishni aytadi va tabiat muhofazasi davlat darajasidagi vazifa
tushuntiradi.
Ta’lim bilan birgalikda har tomonlama tarbiyalash ham vujudga keladi. Har
tomonlama tarbiyalashning vazifalariga: maktab o‘quvchilariga mehnat
madaniyatini singdirish, odamlar mehnatiga hurmat uyg’otish, turli kasblar bilan
tanishtirish va boshqalar kiradi.
Geografiya bo‘yicha barcha mavzular kompleks tarbiya masalalarini aks
ettiradi. Sanitar-gigienik tarbiya maktabda 1-sinfdan boshlanadi. “Bizning uy”
mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi bolalarni kun tartibi, shaxsiy gigiena qoidalari,
ovqatlanish tartibi, uy va xona tozaligi haqida suhbat olib boradi. 2-sinfda bu
bilimlar kengayib, chuqurlashadi. 3-sinfda o‘quvchilar tana qismlarini va
sog’liqni saqlash bilan tanishadilar. 4-sinfda bolalar sog’liqni muhofaza qilish
bilan “Odam va tabiat”, “Tabiatni turli xilligi” mavzular orqali tanishadilar.
Geografiyani o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini
shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik, munosabatini, vatanparvarlikni va

Yüklə 21,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin