To‘xtasin Jalilov
(1896–1966)
To‘xtasin Jalilov
1
o‘zbek musiqa san’ati
rivoji ulkan hissa qo‘shgan g‘ijjakchi sozanda
va mashhur bastakordir. U o‘zbek musiqa
ijodiyotining barcha janrlarida o‘ziga xos
asarlar yaratishga muyassar bo‘lgan. Xalq
yo‘lida qo‘shiq, kuy va ashulalar, ayniqsa,
30 ga yaqin musiqali dramalarning muallifidir.
XX asrning 20-yillaridan boshlab o‘zbek
san’at namoyandalariga boshchilik qilgan va juda ko‘p shogirdlar
tarbiyalagan. San’atkorlar orasida ustozlar ustozi nomini olishga
muvaffaq bo‘lgan.
To‘xtasin Jalilov 1896-yili Andijon viloyatining Soyguzar
dahasida, oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan. Otasidan yosh yetim
qolgan va qarindoshlari tarbiyasida, kosiblik ishi bilan kun
1
I. Akbarov. To‘xtasin Jalilov. – T., 1978. 48-b.
46
kechirgan. Yoshligidan musiqani ko‘p tinglagan va musiqa
san’ati shaydosi bo‘lgan. U shu davrning mashhur san’atkorlari
Dehqonboy, Ashurali hofiz, Hayit Oxun tanburchi, Maqsud
hofiz, Boltaboy hofiz, Mamatbobo, Usta Ro‘zimatxon, Mulla
To‘ychi hofiz, Madumar hofiz, Hamroqul qori kabi ustozlarning
ijrolarini qunt bilan o‘rgangan. Ularni ko‘p tinglab, shularga
ergashib san’atkor bo‘lishni orzu qilgan edi. Yoshligidan ushbu
san’atkorlarining repertuarlarini o‘zlashtirgan. Zero uning keyingi
hayotida bu saboqlar eng asosiy ijodiy omil sifatida xizmat qiladi.
To‘xtasin Jalilov faoliyatining boshlaridanoq mumtoz musiqaga
ahamiyat berganligining ham sababi shundan bo‘lgan bo‘lsa, ajab
emas.
U 1918-yildan boshlab Andijonda san’atkorlar jamoasi qatorida
faoliyat ko‘rsata boshlaydilar. Jamoada davrning mashhur san’atkorlari
Orif garmon Toshmatov, Berkinboy va Dehqonboy hofizlar, Hayit
Oxun, Rustam mehtar kabi bir qator sozanda va xonandalar faoliyat
yuritishgan. 1923-yildan boshlab ansamblga rahbarlik qilish uning
zimmasiga yuklatiladi. Sababi uning «quvvayi hofizasi» kuchli va
milliy musiqa merosini juda yaxshi o‘zlashtirganligi hamda har
qanday asarning to‘g‘ri va noto‘g‘ri ekanligini ayta olganligida edi.
Shundan so‘ng umrining qolgan qismini musiqachilarga yetakchilik,
ustozlik va rahbarlik qilib o‘tkazdi.
30-yillardan uning faol sozandalik va san’atkorlarga rahnamolik
faoliyati boshlanadi. Xususan, 1934–1936-yillarda Toshkent o‘zbek
davlat musiqali teatrida dirijor va musiqa rahbari, 1937-yilda
O‘zbek davlat filarmoniyasida Milliy ashula va raqs ansamblining
badiiy rahbari, 1941-yildan umrining oxirigacha Muqimiy nomidagi
musiqali drama va komediya teatrida faoliyat olib bordi. Teatrda badiiy
rahbar, so‘ngra teatrni bir necha yillar davomida direktor lavozimida
boshqaradi. To‘xtasin Jalilovning ish faoliyati ijodga maskanidek,
doimo qizg‘in, ijod chanqoqligi va zamon talabi doirasida faoliyat
47
olib borishlikni talab etganligi uning ijodiy faoliyatidan ko‘rinib
turadi. Zero, bu jarayon u uchun ijodiy laboratoriya bo‘lib xizmat
qilgan. Har nafasda yangi asar, yangicha munosabat talab etuvchi
o‘zbek san’atining rivojlanish yo‘li bastakorni turli janrlarda va faol
tarzda ijod etishga undab keldi.
Aslida Andijon bastakorlik maktabida tarbiyalanib yetishgan
To‘xtasin Jalilov o‘z ijodida 100 dan ortiq asarlar yaratishga
muvaffaq bo‘lgan. Uning asarlarida haqiqiy o‘zbekona shiddat,
joziba, dard, hayajon, sharqona sir, yangilikka intilish kabi unsurlar
mujassam topgan. Bunga «Otmagay tong», «O‘ynasin», «Parvona
bo‘libman», «Bahor ayyomida», «Yolg‘iz», «Ishq seli», «Qora
ko‘z», «Gulistonim mening», «Kuylasam» kabi asarlarini misol
qilish mumkin. Har bir asar o‘zining shakl va dramaturgik tarkibi
nuqtayi nazaridan mukammalligi bilan alohida ajralib turadi va qayd
etish joizki, bastakorning aksariyat ashulalari musiqiy dramalar
uchun ishlangan. Shu bilan birga, uning asarlarida bastakorlikda
endigina rasm bo‘layotgan Yevropa musiqasining shakliy an’analari
ham o‘zbekona ohanglar va jozibalar asosida ko‘rina boshlaganini
qayd etish mumkin. Jumladan, uning ilk asarlar va ijodida alohida
urg‘u bilan amaliyotga kirib kelgan «Signal» asarini misol qilish
o‘rinli.
«Signal», birinchidan, o‘zbekona ohanglardagi sho‘x, jo‘shqin,
erkin asar. Ikkinchidan, marsh uslubida yaratilgan. Uchinchidan,
o‘zbek va rus ohanglarining o‘ziga xos uyg‘unligida yaratilganligi
bilan yangi asar sifatida gavdalangan. Marsh usuli davrning
jo‘shqinlikka chorlovchi xarakterdagi asari sifatida keyingi
bastakorlar ijodida keng ommalashib borgan. To‘xtasin Jalilovning
«Signal»
1
asari ham bunga yorqin misoldir. 5-misol:
1
I. Akbarov. To‘xtasin Jalilov. – T., 1978. 48-b.
48
«Signal» asari birinchi variantda kuy shaklida yaratilgan. Marsh
uslubi o‘zbekona ohangda yaratilganligi va sinkopali ritmik (2 va
4-taktlar) tuzilmadagi ohanglar qo‘llanilganligi kuyga o‘ziga xos
joziba baxsh etgan. Asar ijro amaliyotida, ayniqsa, damli cholg‘ular
orkestri ijrosida keng ommalashdi. Bu esa kuyning qo‘shiqqa
aylanishi uchun zamin yaratdi va unga munosib so‘z qo‘yildi.
Amaliyotda «Signal» asarining cholg‘u va ashula variantlari
hozirgacha o‘z mavqeyini saqlab kelmoqda.
Bastakorning uslubida xalq musiqalaridan foydalanish omili
juda ustalik va mahoratli qo‘llanilganligini e’tirof etish lozim.
To‘xtasin Jalilov har qanday jozibali asarning yangicha variantini
yaratishga eng mohir va usta bastakorlardan hisoblangan.
49
Jumladan, uning «Dovruq» ashulasi o‘zbek musiqa ohanglari va
usullari asosida yaratilgan. «Gulistonim mening» ashulasiga esa
«Talqini Bayot»ning bosh mavzusi asos qilib olingan. Bu jarayon
bastakorning spektakllarga musiqa yaratish jarayonida juda keng
qo‘llanilganligini alohida qayd etish lozimdir. Masalan, «Muqimiy»
spektaklidagi bosh qahramon Obidaxonning «Oshkor» ashulasi xalq
qo‘shig‘i bo‘lgan «Galdir» asosida ishlangan.
Bastakor ijodida nafaqat ohang yoki kuylar mavzulariga
asoslangan asarlar, balki maqom shakllari va yo‘llarini keng
qo‘llaganligini ham kuzatish mumkin. Jumladan, «Tohir va Zuhra»
musiqali dramasidagi bosh qahramon Tohirning «Ayirmish»
ariyasidir. 6-misol:
Ariya o‘zbek mumtoz musiqasi, ya’ni maqomlarning ikkinchi
guruh sho‘balarining talqin usuliga asoslangan bo‘lib, uning
tarkibiga, ohangiga va usuliga xos holda yaratilgan.
Mazkur spektakldagi Xorazm shohining qizi Mohimning
«Izlaring» ashulasi uyg‘ur xalq musiqasi ohanglari asosidan
yaratilgan. 7-misol:
50
Har bir asar o‘zining shakl va dramaturgik tarkibi nuqtayi
nazaridan mukammalligi bilan alohida ajralib turadi. T.Jalilov
30 ga yaqin musiqali dramalar (G.Mushen, A.Kazlovskiy, G.Sobitov,
B.Nadejdin hamkorligida) va «Tohir va Zuhra» operasi (B. Brovsin
bilan hamkorlikda) muallifidir.
To‘xtasin Jalilov ijodi o‘zining buyukligi bilan ahamiyatlidir.
Bastakor haqida musiqashunos olimlar I. Akbarov, K. Alimbayeva
va M. Ahmedov, A. Jabborovlar o‘zlarining monografiya va
tazkiralarida atroflicha ma’lumotlar berganlar. Bu adabiyotlar
bastakor haqida to‘la tushunchaga ega bo‘lishda asosiy adabiyot
sifatida xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |