Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

Tayach tushunchalar va iboralar
Xufyonalik mulkchilik huquqlarining xufyona tizimi «qonunga bo`ysunish
narxi» xufyona iqtisodiyotning turli unsurlari: norasmiy, sohta va kriminal
iqtisodiyot. Xufyona iqtisodiyot o`lchamlarini baholash yondashuvlari: monetar
usul, xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, bandlikni tahlil qilish usuli,
texnologik koeffitsiyentlar usuli, uy xo`jaliklari va korxonalar rahbarlari o`rtasida
so`rov o`tkazish usuli, sotsiologik usul. Xufyonalik narxining unsurlari: huquqiy


60
sanksiyalardan bosh tortish bilan bog`liq xarajatlar, daromadlar transferti bilan
bog`liq xarajatlar, soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan
bog`liq xarajatlar, qonuniy qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligi
bilan bog`liq xarajatlar, shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan
bog`liq xarajatlar, xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan
bog`liq xarajatlar, nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish
xarajatlari. «Mafiya» atamasi, «sha’n odami», hamkorlikning «o`ziniki» va
«begona» toifasi.
Takrorlash uchun savollar
1. Faqat iqtisodiyotning xufyona sektori sub’ektlariga nisbatan repressiya
choralarini qat’iylashtirish yordamida ushbu sektorning o`lchamlarini
qisqartirishga erishish mumkinmi?
2. Xufyona sektor yalpi ichki mahsulotida yuqori ulushga bilan
tavsiflanadigan mamlakatda bozor islohotlarining dastlabki bosqichlari qanday
bo`lishi kerak?
3. Bozor islohotlari siyosatining standart dasturiga qanday tuzatishlar
kiritilishi lozim?
4. Xufyona iqtisodiyotning qanday unsurlari mavjud?
5. Xufyona iqtisodiyot o`lchamlarini baholash yondashuvlarini izohlang.
6. Xufyonalik narxining unsurlari nimalardan iborat?
7. «Mafiya» atamasining kelib chiqishini sharhlang.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin