Soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/100
tarix31.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91937
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1 (1)

Yollash to`g`risidagi shartnoma – xatarga betaraf bo`lgan
shaxs va xatarga qarshi shaxs o`rtasidagi kelajakda shartnomaning
bajarilishi jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan vazifalar
doirasini belgilab beruvchi kelishuv. Bunda xatarga qarshi shaxs
xatarga betaraf bo`lgan shaxsga o`z harakatlari ustidan nazorat qilish
huquqini topshiradi.
Sotish to`g`risidagi shartnoma – bir xil darajada xatarga
betaraf bo`lgan shaxslar o`rtasidagi kelajakda shartnomaning
bajarilishi jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar doirasini belgilab
beruvchi kelishuv.


64
resurslarni tasarruf etish huquqini topshirish kabi shaxs o`z harakatlari ustidan
nazorat qilish huquqini ham topshirishi mumkin.
Shunday qilib, shaxs, agar u boshqa shaxs tomonidan nazorat qilingan
taqdirda katta foyda va (yoki) nazorat qilish huquqi topshirilayotgan shaxsdan
kompensatsiya olishiga ishonsa, o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining
topshirilishidan manfaatdor hisoblanadi.
Shaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi o`z
harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida
yotadi. Hukumronlik munosabatlari bir necha xilda bo`ladi:
-
oddiy, uning doirasida nazorat aynan unga nazorat qilish huquqi
topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi;
-
murakkab, bunda unga nazorat qilish huquqi topshiriladigan shaxs bir
vaqtning o`zida ushbu huquqni uchinchi shaxslarga topshirish huquqini ham qo`lga
kiritadi;
-
pesonafikatsiyalangan,
unda nazorat qilish muayyan shaxsga
topshiriladi;
-
 pozitsion, u nazoratning muayyan shaxsga emas, balki jamiyatning
institutsional tarkibida (davlat apparatida, firmaning ichki tuzilishida va h.k.)
muayyan mavqega ega bo`lgan shaxsga topshirilishini nazarda tutadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin