Soliq axborot tizimlari Reja: Soliq tizimida axborot texnologiyalarini qo’llashning zaruriyati va dolzarbligi.
Davlat soliq xizmati organlarida axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi.
Soliq idoralarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasi.
Soliq tizimida axborot texnologiyalarini qo’llashning zaruriyati va dolzarbligi
Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qo’llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim-yunoncha so’z bo’lib, tashkil etuvchilardan iborat butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo’lishi mumkin (mavhum - inson ongi mahsuloti). Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to’plamidan tashkil topadi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar egallaydi. Bunday tizimlarning xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi va insonlar bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Iqtisodiy tizimda soliq tizimi alohida o’rin egallaydi. Soliq tizimi – mamlakat doirasida (hududida) to’lovchilardan (yuridik va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig`imlar va boshqa to’lovlar hamda ularning tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig`indisi. Soliq sohasida mavhum tizimlar inson ongining mahsuloti bo’lib, turli nazariyalar, bilimlar, hozirgi kunda soliqlar sohasida olib borilayotgan islohotlaridan iborat.
Soliq xizmati organlari axborot tizimi ham moddiy tizim unsurlarini, ham nomoddiy tizim unsurlarini o’z ichiga oladi. Soliq xizmati organlari axborot tizimlari – soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni to’liq va o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida soliqqa oid axborotlar, ularni yig`ish, qayta ishlash va soliq, moliya hamda boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan texnik, texnologik va telekommunikatsiya vositalarining o’zaro bog`langan majmuasidan iborot.
Soliq xizmati organlari axborot tizimi 3 bosqichdan iborat bo’lib, ular:
Soliq idoralari ma’lumotlarini ishlashning yagona kompyuter tizimi soliq to’lovchilar tarkibini tahlil qilish, soliq tushumlari va boshqa to’lovlarni bashoratlash, tushgan soliq to’lovlarining o’z vaqtidaligi va to’liqligini tahlil qilish, tushgan soliq to’lovlari bo’yicha hisobot hujjatlarini shakllantirish, me’yoriyma’lumotnoma axboroti ma’lumotlari bazasini yuritish, xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish, soliq tizimida boshqaruvni amalga oshirish kabi masalalarni yechishga mo’ljallangan.
Ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi axborot tizimining bosqichlariga qarab vertikaliga 3 tizim osti bo’lagiga bo’linadi, ular:
Respublika miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter
tizimi; hudud miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi; tuman miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimidan iborat.
Har bir tizim osti bo’lagida unga muvofiq amaliy dasturiy ta’minot qo’llaniladi. Uchta vertikal tizim osti bo’lagining bog`lovchi bo’g`ini bo’lib - DSQ axborot texnologiyalarining telekommunikatsiya tizimi hisoblanadi. Gorizontaliga har bir tizim osti bo’lagi dasturiy – texnik majmualardan tashkil topgan.