Davlat soliq xizmati organlarida axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining qo’llanilishi
Soliq tizimi axborot texnologiyasi – soliq to’lovchi obyekt va subyektlar, soliqlar va to’lovlarning yig`ilishi, soliq qonunchiligini bajarilishi va soliq sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar bo’yicha yangi ma’lumot olish maqsadida soliqqa oid ma’lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullar majmuasidan foydalanish jarayonidir ya’ni, axborotlarga ishlov berish jarayonidir.
Soliq tizimida axborot texnologiyasi soliq xizmati organlari oldiga qo’yilgan masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida joriy etilib, ular to’langan soliqlar va yig`imlar tushumi haqida ma’lumotlar statistikasini olib borish va tegishli organlarga uzatish, tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini yechishga mo’ljallangan.
Soliq xizmati organlari axborot tizimlari va texnologiyalari axborotli texnologiyalarni yaratishning umumiy tamoyillariga asoslangan holda yaratilgan. Jumladan, umumtuzilmaviy tamoyil: hujjatlar mazmunini va shaklini standartlashtirish va unifikatsiyalashtirish; axborotlarni klassifikatsiyalashtirish va kodlashtirish; bo’g`inlar va tizimning bosqichlari o’rtasida axborotni uzatish; avtomatlashtirilgan tizim hamda u bilan bog`liq bo’lgan axborot tizimlar o’rtasida axborotlar almashish; dasturiy – texnik majmua va tizimli dasturiy ta’minotni unifikatsiyalash.
Texnik jihatdan amalga oshirish tamoyili: turli texnik platforma va muvofiq operatsion tizimga o’tkazish imkoniyati; foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasi turiga bog`liq bo’lmaslik; tizimga telekommunikatsion kirish, tizim bo’yicha ma’lumotlarni taqsimlash, arxiv va qidiruv tizimini yuritish, ma’muriy va boshqaruvlarni o’z ichiga olgan texnik yechimning kompleksliligi; tizimning himoyalanganligi, ma’lumotlarni va tizimni himoya qilish bo’yicha tashkiliy va texnik tomonlarining ishlab chiqilganligidan iborat.
Soliq tizimini boshqarishni takomillashtirish masalasi axborot texnologiyalari, iqtisodiy- matematik usullarni keng joriy etish va ulardan foydalanish, soliq ma’muriyatchiligi jarayonida axborot- kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish, barcha joylarda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini (ABT) rivojlantirish bilan ma’lum darajada hal qilinishi mumkin. Bu butun tizimni boshqarish samaradorligini keskin oshirish, rejalashtirishni ilmiy asosda tashkil etish, ichki imkoniyatlaridan to`laroq foydalanish imkonini beradi.
Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari Davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari turkumiga kirib, uning asosiy vazifasi mamlakat miqyosida soliqqa oid umumlashtiruvchi axborotlarni saqlash, unga ishlov berish va qidirish hamda kompyuterlarda axborotlarni to’plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog`liq amallarni bajarishdan iborat.
Soliq tizimida axborot texnologiyalarining vazifasi soliq xizmati organlari oldiga qo’yilgan masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida to’langan soliqlar va yig`imlar tushumi haqida ma’lumotlar statistikasini olib borish va tegishli organlarga uzatish, tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini yechishni ta’minlashdan iborat.
Soliq xizmati organlarida axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etishning maqsad va vazifalari soliq xizmati organlari bajaradigan funksiyalar, vazifalar, bir xildagi operatsiyalarni yangi dasturlar bilan imkoni boricha kengroq qamrab olishni ta’minlashdir, zero bu dasturlar soliq ma’lumotlariga ishlov berish jarayonini jadallashtirish, soliq inspektorlari ishining samaradorligini oshirish, ularning ishidagi bir tusdagi hisob-kitob va oxiri yo’q yozuvlar bilan ishlash yukini kompyuter statistikasining zamonaviy vositalaridan foydalangan holda ijodiy tahlil qilish sohasiga chiqish imkonini beradi.
Xodimlar ishini avtomatlashtirishning asosiy jihati soliq xizmatining asosi - soliq inspektorlari faoliyatini avtomatlashtirish, bunda soliq to’lovchilar va ularning soliq majburiyatlari bo’yicha ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan banklarini barpo etish, ya’ni hududiy organlar va markaziy apparatning o’zini axborot bilan ta’minlashni avtomatlashtirish hisoblanadi. Bugungi kunda Davlat soliq idoralarida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilmoqda.
Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan ma’lumotlarni uzatish korpotariv tarmog’ining har bir bo’g`inida belgilangan talablar bo’yicha asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: soliq to’lovchilarning yagona ma’lumotlar bazasiniyaratish; soliq to’lovchilar tarkibini tahlil qilish; tushgan soliq to’lovlarining o’z vaqtidaligi va to’liqligini tahlil qilish; tushgan soliq to’lovlari bo’yicha hisobot hujjatlarini shakllantirish; soliq tushumlari va boshqa to’lovlarni bashoratlash; me’yoriy-ma’lumotnoma axboroti ma’lumotlari bazasini yuritish; DSQ va uning bo’g`inlari bilan ularga aloqador tashkilot va muassasalar uchun talab etilgan tartibda axborot va ma’lumotlar tayyorlashdan iborat. Davlat soliq xizmati organlari axborot texnologiyalarining oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi masalalar hal etilgan: Barcha hujjatlar mazmuni va shakli standartlashtirilgan va unifikatsiyalashtirilgan; axborotlar klassifikatsiyalashtirilgan va kodlashtirilgan; bo’g`inlar va tizimning bosqichlari o’rtasida axborotni uzatish tizimi joriy etilgan; avtomatlashtirilgan tizim, hamda u bilan bog`liq bo’lgan axborotlashgan tizim o’rtasida axborotlar almashish yo’lga qo’yilgan; dasturiy – texnik majmua va tizimli Davlat soliq xizmati organlaridagi ma’lumotlarni uzatish korpotariv tarmog’ini joriy etishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: soliqlar yig`ilishini nazorat qilish bo’yicha soliq inspektorlarining ish faoliyatini DSQning hamma bosqichlarida yanada samarali bo’lishini ta’minlash; har bir soliq to’lovchi tomonidan to’langan soliqlar bo’yicha aniq ma’lumotlarni ko’rsatish; turli foydalanuvchilarning haqiqiy va to’la ma’lumotlari bilan DSQda hamda undan tashqarida ta’minlash; soliq to’lovchilar ma’lumotlarining daxlsizligini kafolatlash; ma’lumotlardan kelajakda foydalanish uchun, ularni himoya qilish.
Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qo’llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim-yunoncha so’z bo’lib, tashkil etuvchilardan iborat butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo’lishi mumkin (mavhum - inson ongi mahsuloti). Moddiy tizimlar, asosan moddiy obyektlar to’plamidan tashkil topadi. Moddiy tizimlarda asosiy o’rinni ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar egallaydi. Bunday tizimlarning xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi va insonlar bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.
Iqtisodiy tizimda soliq tizimi alohida o’rin egallaydi. Soliq tizimi – mamlakat doirasida (hududida) to’lovchilardan (yuridik va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig`imlar va boshqa to’lovlar hamda ularning tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig`indisi. Soliq sohasida mavhum tizimlar inson ongining mahsuloti bo’lib, turli nazariyalar, bilimlar, hozirgi kunda soliqlar sohasida olib borilayotgan islohotlaridan iborat.
Soliq xizmati organlari axborot tizimi ham moddiy tizim unsurlarini, ham nomoddiy tizim unsurlarini o’z ichiga oladi. Soliq xizmati organlari axborot tizimlari – soliq organlariga yuklatilgan vazifalarni to’liq va o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida soliqqa oid axborotlar, ularni yig`ish, qayta ishlash va soliq, moliya hamda boshqaruv organlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan texnik, texnologik va telekommunikatsiya vositalarining o’zaro bog`langan majmuasidan iborot.
Soliq idoralari ma’lumotlarini ishlashning yagona kompyuter tizimi soliq to’lovchilar tarkibini tahlil qilish, soliq tushumlari va boshqa to’lovlarni bashoratlash, tushgan soliq to’lovlarining o’z vaqtidaligi va to’liqligini tahlil qilish, tushgan soliq to’lovlari bo’yicha hisobot hujjatlarini shakllantirish, me’yoriyma’lumotnoma axboroti ma’lumotlari bazasini yuritish, xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish, soliq tizimida boshqaruvni amalga oshirish kabi masalalarni yechishga mo’ljallangan.
Ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi axborot tizimining bosqichlariga qarab vertikaliga 3 tizim osti bo’lagiga bo’linadi, ular:
Respublika miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter
tizimi; hudud miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimi; tuman miqyosidagi ma’lumotlarni ishlashning yagona kompyuter tizimidan iborat.
Har bir tizim osti bo’lagida unga muvofiq amaliy dasturiy ta’minot qo’llaniladi. Uchta vertikal tizim osti bo’lagining bog`lovchi bo’g`ini bo’lib - DSQ axborot texnologiyalarining telekommunikatsiya tizimi hisoblanadi. Gorizontaliga har bir tizim osti bo’lagi dasturiy – texnik majmualardan tashkil topgan.