97
Soliq yukini hisoblashning ommaviy bo‘lgan
usullarini tadqiq
qilish natijasida ularning yutuq va kamchiliklari aniqlanadi.
Ayrim tadqiqotchilar soliq yukini hisoblash usuli ishlab chiqarish
tarmog‘iga tatbiq etish maqsadga muvo
fi
q emas deb hisoblaydilar.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida soliq
yukini hisoblash uchun
quyidagi formuladan foydalanish tavsiya etiladi:
QSYu= TSY / TMM
(1),
bu yerda QSYu – qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida soliq yuki;
TSY – tarmoqqa to‘g‘ri keluvchi jami soliq va yig‘im sum-
masi;
TMM – tarmoq mahsuloti miqdori.
Iqtisodiy subyektlarga to‘g‘ri keluvchi soliq yukiga qator misollar
va ko‘rstakichlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan,
davlat budjetidan
olinuvchi dootatsiya va kompensatsiyalar, soliqlar bo‘yicha beri-
luv chi imtiyozlar,
olinuvchi budjet ssudalari, investitsion soliq
kre ditlari, soliq kreditlari, soliq to‘lovi
muddatini uzaytirish, soliq
elementlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiluvchi,
Davlatning budjet,
soliq va investitsiya siyosatidagi o‘zgarishlar va hokazolar.
Soliq yuki ko‘rsatkichlaridan foydalanishning ikki yo‘nalishi
mavjud: makro darajada va mikro darajada.
Soliq imtiyozlari korxona va tashkilotlarga tushuvchi soliq
yukini kamayishiga olib keladi. Natijada soliq imtiyozlari imtiyoz
berilgan tarmoq korxonalarining moliyaviy
faoliyati yaxshilanishiga
olib keladi.
Soliq stavkalarining oshishi, soliq turlarining ko‘payishi, soliq
bazasining kengayishi soliq yukini ortishiga olib keladi. Me’yordan
ortiq miqdorda soliq yukining ortishi
iqtisodiy subyektlarning
tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: