83
4.
Avtotransport vositalarini
vaqtinchalik saqlash xizmati uchun
qat’iy belgilangan soliq
Egallagan
maydon
(1 metr. kv.)
5.
Bolalar o‘yin avtomatlari xizmati
uchun belgilanadigan qat’iy soliq
O‘rnatilgan joylar (dona)
Respublika soliq tizimida ayrim soliq turlari bo‘yicha soliq sum-
masi minimal ish haqi o‘lchovida belgilanadi. Bunday soliq turlari
ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun o‘r na tilgan.
So liq to‘lovchining faoliyat turiga qarab minimal ish haqida so liq
bazasini aniqlash usuli asosida imzoli bonus, tovarlarning ay rim
turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xiz mat lar ko‘rsatish
huquqi uchun yig‘im, qat’iy
belgilangan soliq, av totransport vo-
sitalarini vaqtinchalik saqlash xizmati uchun qat’iy belgilangan
soliq, bolalar o‘yin avtomatlari xizmati uchun belgilanadigan qat’iy
soliq turlari bo‘yicha soliq bazalari aniq lanadi.
Imzoli bonus yer qa’ridan foydalanuvchining tegishli litsenziya
asosida foydali qazilmalarni aniqlash va qidirish bo‘yicha faoliyatni
amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qat’iy belgilangan
to‘lovdir. Shu sababli, soliqning ushbu turi bo‘yicha
soliq bazasi
sifatida yer qa’ridan foydalanuvchining faoliyatni amalga oshirishga
ruxsat beruvchi litsenziyasini belgilashimiz mumkin. Xuddi
shunday, tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va
ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning soliq
bazasi bo‘lib, soliq to‘lovchi tomonidan mazkur faoliyat bilan
shug‘ullanish uchun olgan huquqi hisoblanadi.
Qat’iy belgilangan soliq tadbirkorlik faoliyatining turi va soliq
to‘lovchining faoliyatni amalga oshirish
joyiga qarab belgilangan
stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.
Avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmati uchun
qat’iy belgilangan soliq summasi soliq to‘lovchining mazkur
faoliyat bilan shug‘ullanish uchun egallagan maydon (1 metr.
kv.) asosida hisoblanadi. Bolalar o‘yin avtomatlari xizmati uchun
84
belgilanadigan qat’iy soliq summasi esa - o‘yin avtomatlari o‘r-
natilgan joylar (dona) asosida hisoblanadi.
Soliq to‘lovchining faoliyat turiga qarab minimal ish haqida aniq-
lanadigan soliq bazasini oshirish uchun yakka tartibda tadbirkorlik
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar sonini oshirish talab
qilinadi. Avtotransport vositalarini vaqtinchalik
saqlash xizmati
uchun qat’iy belgilangan soliq bazasi miqdori soliq to‘lovchining
egallagan maydoniga(1 metr. kv.), bolalar o‘yin avtomatlari xizmati
uchun belgilanadigan qat’iy soliq bazasi miqdori esa o‘rnatilgan
joylar soniga bog‘liq. Tadbirkorlik uchun egallagan maydon va
o‘rnatilgan o‘yin joylar sonining ko‘payishi soliq bazasini oshishiga
olib keladi.
Har qanday holatda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning sonini o‘sishi barcha soliq turlari
bo‘yicha soliq bazasini ortishiga olib keladi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlarining tarkibidagi sifat o‘zgarishlari – moliyaviy barqaror
kor xona va
tashkilotlar sonining ortishi, ishlab chiqariluvchi mah-
sulot hajmining oshishi, bajariluvchi ish va ko‘rsatiluvchi xizmatlar
hajmining ortishi belgilangan soliqlar bazasini kengayishiga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: