Soliq statistikasi indd


Soliq to‘lovchi yuridik shaxslarni faoliyat turiga hamda



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

3.3.Soliq to‘lovchi yuridik shaxslarni faoliyat turiga hamda 
tashkiliy huquqiy shakliga ko‘ra guruhlash va
soliq tushumlarini tahlil qilish
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har qanday yuridik 
shaxs soliq to‘lovchi bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksining 39-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi 
soliq kodeksining 16- moddalariga asosan, o‘z mulkida, xo‘jalik 
yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega 
bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk 
bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy 
huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, 


85
majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la 
oladigan tashkilot, chet davlatning qonun hujjatlariga muvo
fi

tashkil etilgan chet el tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasining, chet 
davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvo
fi

tashkil etilgan xalqaro tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi. Barcha 
yuridik shaxslar mustaqil balansga yoki smetaga ega bo‘lishadilar.
Yuridik shaxslarning ayrim turlari o‘z oldiga foyda olishni 
maq sad qilib qo‘yadi. Bunday yuridik shaxslar tijorat tashkilotlari 
deb ataladi. Asosiy maqsadi foyda olish bo‘lmagan yuridik tash-
kilotlar notijorat tashkilotlari deb hisoblanadi. Shu sababli, yuridik 
shaxslarning asosiy maqsadiga qarab ular tijorat tashkilotlari va 
notijorat tashkilotlariga bo‘linadi. 
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining17-moddasida noti-
jo rat tashkilotlariga quyidagicha ta’rif berilgan:
– Notijorat tashkilotlari deganda foyda olish faoliyatining 
aso 
siy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni o‘z 
qat 
nash 
chilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan yuridik 
shaxslar tu shu niladi.
– Notijorat tashkilotlariga budjet tashkilotlari, shu jumladan 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tash-
kilotlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘y xa-
tidan o‘tgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va qonun hujjatlariga 
muvo
fi
q boshqa tashkilotlar kiradi. 
Tijorat tashkilotlari xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish 
kooperativi, unitar korxona va boshqa shakllarda tuziladi.
Notijorat tashkilotlari jamoat birlashmasi, ijtimoiy fond va 
mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan muassasa 
shakllarida tashkil etiladi.
Yuridik shaxslar uyushmalar (ittifoqlar)ga va boshqa bir lash-
malarga birlashish huquqiga ega. 
Barcha yuridik shaxslar o‘zlarining vakolatxonalariga va 
fi
-
liallariga ega bo‘lishlari mumkin.


86
Yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik 
shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan 
alohida bo‘linmasi vakolatxona deb ataladi.
Yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda 
uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu 
jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasi 
fi
lial deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxs o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun 
mol-mulk bilan javob beradi.
Ulushlarga yoki muassislarning aksiyalariga bo‘lingan ustav 
fondiga ega bo‘lgan tijoratchi tashkilotlar xo‘jalik shirkatlari va 
jamiyatlari deb e’tirof etiladi. 
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari quyidagi tashkiliy huquqiy 
shakllarga ega: to‘liq shirkat, kommandit shirkat, mas’uliyati chek-
langan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlar jamiyati.
To‘liq shirkat tuzish uchun ishtirokchilari o‘rtasida shartnoma 
tuziladi. Tuzilgan shartnomaga muvo
fi
q shirkat nomidan tadbir-
korlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan ishtirokchilar to‘liq shirkat 
majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan 
javob beradilar.
Shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan 
his salari doirasida javobgar beradigan javobgarlik taqsimoti kom-
mondat shirkat deb ataladi. Komondant shirkatda tadbirkorlik fao-
liyatini amalga oshirishda qatnashmaydigan bir yoki bir necha ish-
tirokchi (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘ladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat bir yoki bir necha shaxs to-
monidan ta’sis etiladi. Uning ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan 
belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘linadi. Ish tirok-
chilar mas’uliyati cheklangan jamiyatning majburiyatlari bo‘ yicha 
javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun 
o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘la dilar.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat bir yoki bir necha shaxs 
tomonidan ta’sis etiladi. Uning ustav fondi ham ta’sis hujjatlarida 


87
belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘linadi. Qo‘shimcha mas’-
uliyatli jamiyat ishtirokchilari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha 
o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma 
uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan 
karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. 
Aksiyadorlar jamiyatida uning ustav fondi muayyan aksiyalar 
soniga bo‘linadi. Jamiyat ishtirokchilari (aksiyadorlar) jamiyatning 
majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan 
bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida 
javobgar bo‘ladilar.
Ochiq aksiyadorlar jamiyati ishtirokchilari o‘zlariga qarashli 
aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz o‘zga shaxslarga 
berishlari mumkin. Tadbirkorlik subyektlarining bunday shakllari 
o‘zlari chiqaradigan aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazishga va ularni 
erkin sotishga ruxsat beriladi.
Ochiq aksiyadorlar jamiyatidan farqli ravishada, yopiq ak-
siyadorlar jamiyatida aksiyalar faqat o‘zining muassislari orasida 
yoki oldindan belgilab qo‘yiladigan boshqa shaxslar doirasida taq-
simlanadi. 
Yuridik shaxalarning sho‘ba xo‘jalik jamiyati ko‘rinishi ham 
ommaviy tashkiliy huquqiy shakllardan biri hisoblanadi. Sho‘ ba 
xo‘jalik jamiyatiga bir qancha talablar qo‘yilgan. Ular quyi da gi-
lardan iborat:
– bir xo‘jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo‘jalik jamiyatining 
ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo‘lgan holda ishtirok 
etishi;
– yoki ular o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan xo‘jalik ja-
miyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish im-
koniga ega bo‘lsa.
Sho‘ba xo‘jalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi va u o‘zining 
asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari bo‘yicha javob bermaydi.
Xo‘jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning 
yigirma foizidan ko‘prog‘i xo‘jalik jamiyatida ishtirok etuvchi 


88
boshqa jamiyatga tegishli bo‘lsa, bunday xo‘jalik jamiyati tasischi 
jamiyatga qaram jamiyat deb hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarish koperativlarini tashkil 
qilish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.
Ishlab chiqarish koperativlarida fuqarolar shaxsan ishtirok 
etadilar, hamda ishtirokchilarning mulk bilan qo‘shiladigan pay 
badallari birlashtiriladi. 
Respublikamiz milliy iqtisodiyotida unitar korxonalar ham 
fao liyat yuritib kelmoqda. Unitar korxonalarda biriktirilgan mol-
mulkka nisbatan mulk huquqi mavjud bo‘lmaydi.
Unitar korxonaning mol-mulki bo‘linmas bo‘lib, mol-mulki un-
ga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish uchun berilgan hisob-
lanadi.
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlarga matlubot kooperativi, ja-
moat birlashmalari, jamoat fondlari, muassasalar, yuridik shaxslar 
birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ki-
radi.
Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida fuqarolarning o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish 
yo‘li bilan amalga oshiriladigan a’zolikka asoslangan ixtiyoriy 
birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanadi. 
Ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish maq-
sadida, a’zolar manfaatlarining mushtarakligi asosida birlashgan 
fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari jamoat birlashmalari hisob-
lanadi.
Fuqarolar, yuridik shaxslar ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish 
asosida jamoat fondlarini tashkil etadilar. Jamoa fondlari xayriya, 
ijtimoiy, madaniy, ma’ri
fi
y yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni 
ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti sifa-
tida tashkil qilinadi.
Muassasalar boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki ti-
joratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshira-
dilar. 


89
Tijorat tashkilotlari o‘zlarining mushtarak mulkiy manfaatlarini 
himoya qilish, tadbirkorlik faoliyatlarini muvo
fi
qlashtirish maq-
sadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) 
va o‘zga birlashmalariga birlashishlari mumkin. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs 
huquqiy maqomiga ega hisoblanadi. Ular tomonidan yaratgan yoki 
sotib olgan mol-mulk o‘zlariga tegishli mulk hisoblanadi.
Yuridik shaxslarni faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha guruh-
larga ajratishimiz mumkin:
– ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar;
– ish bajaruvchi korxonalar;
– xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar.
Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni soliq rejimi-
ga qarab quyidagilarga bo‘lishimiz mumkin:
– soliq solishning umumiy belgilangan tartibidagi ishlab chiqa-
ruvchi korxonalar;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar;
– Chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxo na lari.
Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni soliqqa tortish rejimiga 
muvo
fi
q quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin: 
– soliqqa tortishning umumiy belgilangan tartibidagi xizmat 
ko‘r satuvchi korxonalar;
– bank tashkilotlari;
– sug‘urta kompaniyalari;
– advokatlar kontoralari; 
kredit muassasalari;
– savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;
– va boshqalar.
Ishchilar soniga qarab yuridik shaxslarni quyidagi guruhlarga 
ajratamiz mumkin:
– kichik korxonalar va mikro
fi
rmalar;
– kichik korxonalar va mikro
fi
rmalardan tashqari boshqa korxo-
na lar.


90
3–6-jadvalda 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bud-
jetining soliqlar hisobidan shakllantirilgan daromadlari rejasining 
vertikal tahlili keltirilgan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin