108
har qaysi bo‘g‘inida unga tegishli bo‘lgan daromad manbalari
mavjud, soliq tushumlari
qonuniy biriktirilgan, Davlat hokimiyati
idoralari va mahalliy hokimiyat idoralari tegishli budjetlar xa-
rajatlarini mustaqil belgilashi mumkin.
Budjetning balansliligi prinsipiga amal qilinishi natijasida
budjetda yuzaga keluvchi taqchillik muammosiga yo‘l qo‘yilmayidi.
Xullas, Davlat budjeti xarajatlari, daromadlar va taqchillikni mo-
liyalashtirish manbalari bo‘yicha tushum miqdorlarida balans-
lashtirilishi lozim. Budjetning balanslilik
prinsipiga amal qilinishi
natijasida 2013-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublika-
sining Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz
miqdorida pro
fi
tsit bilan ijro etildi
11
.
Budjetning oshkoralik prinsipi – biz huquqiy, demokratik
jamiyat qurar ekanmiz o‘ta muhim hisoblanadi. Har yili Davlat
bud jetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ko‘rib chi-
qish hamda qabul qilish jarayonlari jamiyat va ommaviy axborot
vositalari uchun ochiq hisoblanadi. Tasdiqlangan
Davlat budjeti va
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari to‘g‘risidagi axborotning
ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Budjet mablag‘larini maqsadli va manzilli xarakterga egaligi
tamoyili balanslilik tamoyili bilan uzviy bog‘liq. Budjet mablag‘lari
budjet mablag‘larining oluvchilariga aniq maqsadlar uchun ajratiladi
va yo‘naltiriladi.
Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi asosida
budjet jarayonining har bir ishtirokchisiga budjet jarayonining har
bir bosqichida o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lish mas’uliyatini
yuklaydi.
11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mamlakatimizni 2013-
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014- yilga mo‘ljallangan
iqtisodiy
dasturlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasi, Xalq so‘zi gazetasi, 2014-yil 19-yanvar soni.
109
Budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan foydalanishning nati-
ja dorligi prinsipi budjet jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi bud-
jetlarini tuzish va ijro etishda o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida
budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag‘laridan
foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqishini
anglatadi.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarini
prognoz qilish va xara-
jatlarini rejalashtirish prinsipi davlat budjeti parametralarini bel-
gilashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu prinsipga asosan budjet
ti zimi budjetlarini tuzishda budjet tasni
fi
ga muvo
fi
q, daromadlar
ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa
yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 18-moddasida
budjet tasni
fi
ga sharh berilgan.
Budjet tasni
fi
asosida budjet tizimi
budjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek, Davlat bud-
jeti taqchilligini qoplash manbalari guruhlanadi.
Budjet tasni
fi
budjet tizimi budjetlari daromadlari, xarajatlari,
Davlat budjeti taqchilligini qoplash manbalari bo‘yicha
amalga
oshiriladi. Budjet tizimi budjetlari daromadlari tasni
fi
4–1-jadvalda
keltirilgan.
4–1-jadval
12
Dostları ilə paylaş: